O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Tizimning bo‗linishi — bu uning maqsadlar va vazifalarga javob beruvchi 
ma‘lum belgilar bo‗yicha ajratilgan elementlar yoki bir qator kenja tizimlardan 
tuzilganligini anglatadi. Kenja tizimlar bunday ajratilishning asosini tashkil etib, 
bunda elementlar o‗rtasidagi aloqalar ko‗proq, kenja tizimlar o‗rtasida esa 
kamroq bo‗ladi. 
Tizim tushunchasi shu ma‘noda nisbiyki, tizim elementining o‗zi ham 


129 
murakkab tizim bo‗lishi mumkin. Biror belgi bo‗yicha ajratilgan tizim o‗ziga 
nisbatan yuqori darajadagi tizim elementi bo‗lishi mumkin. 
Tashqi muhit. «Tizim» tushunchasi tizimga kiruvchi bir qator elementlarni 
cheklaydi: shartli ravishda cheklangan chegara o‗rnatadi, undan tashqaridagi 
elementlar esa ushbu tizimga kirmay qoladi. Bundan anglashiladiki, tizim o‗z-
o‗zidan emas, balki boshqa ko‗plab elementlar qurshovida mavjud bo‗ladi. Ayrim 
masalalarni hal etishda bizni bu tashqi muhitning barcha elementlari emas, balki 
ushbu masala nuqtai-nazaridan tashqi muhitni tashkil etuvchi, ko‗rib 
chiqilayotgan tizimga biror-bir aloqasi bo‗lgan elementlargina qiziqtiradi. Tashqi 
muhit — bu ko‗rilayotgan tizimga ta‘sir ko‗rsatuvchi yoki ko‗rilayotgan masala 
sharoitida uning ta‘siri ostida bo‗lgan, tizimdan tashqaridagi har qanday tabiat 
elementlaridir. Chunki, real sharoitlarda tizimlarning har biri alohida emas, balki 
boshqalari yonida, bir- biriga bog‗liq holda ishlaydi. Tizimlarni tahlil va sintez 
qilish chog‗ida aloqalarning ikki xil turi ajralib turadi: ichki va tashqi aloqa. 
Tashqi aloqaga ega tizimlar ochiq deb, unga ega emaslari esa yopiq aloqa deb 
ataladi. 
Tizimlar tasnifi. Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga 
o‗xshashlari va farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi. 
Tasniflash — bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar, ya‘ni, kirish va 
chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi, 
boshqaruvning resurslari bilan ta‘minlanganligi va hokazo bo‗yicha amalga 
oshirish mumkin. Bizni tizimning kelib chiqishi bo‗yicha tasniflash qiziqtiradi. 
Sun‘iy tizimlar — bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir. 
Tabiiy tizimlar bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan 
tizimlar. 
Aralash tizimlar tabiiy va sun‘iy tizimlarni o‗z ichiga oladi. 
Ergonomik tizimlar — bu, «mashina — inson — operator» majmui. 
Biotexnik tizimlar — tirik organizmlar va texnik qurilmalar kiradigan 
tizimlardir. 
Tashkiliy tizimlar — bu, zaruriy vositalar bilan jihozlangan kishilar 


130 
jamoasidan tashkil topgan tizimlar sanaladi. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling