O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Iqtisodiy obyekt tizim sifatida ko‘rib chikadigan
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
Iqtisodiy obyekt tizim sifatida ko‘rib chikadigan bo‘lsak boshqarish
tizimining faoliyatini ta‘minlovchi jarayonlar shartli ravishda quyidagi bloklardan iborat: 132 axborotlarni tashqi yoki ichki manbalardan kiritish; kiritilgan axborotlarni qayta ishlash va qulay ko‗rinishda tasvirlash; axborotlarni iste‘molchilarga chiqarish yoki boshqa ATlarga uzatish; teskari aloqa – mazkur tashkilot personali tomonidan qayta ishlanib yana kiritiladigan axborot. Iqtisodiy komplekslarda axborot tizimlari quyidagi xususiyatlarga egalar: har qanday AT tizimni yaratishning umumiy tamoyillariga binoan tahlil qilinishi, qurilishi va boshqarilishi mumkin; AT o‗zgaruvchan va taraqqiy etuvchidir; AT ni yaratishda tizimli yondashishga amal qilinadi; AT ning mahsuloti bo‗lmish axborotga asoslangan holda qarorlar qabul qilinishi mumkin; AT ni axborotlarni qayta ishlashning inson- kompyuter tizimi sifatida qarash mumkin. Ishlab chiqarish va iqtisodiy obyektlarning mavjudligi jamiyatning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan belgilanadi. Har bir bunday obyekt o‗zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa obyektlar) bilan muayyan munosabatlarda bo‗ladi va o‗zaro ta‘sirning mavjudligini hamda o‗z vazifasining bajarilishini ta‘minlaydigan ko‗plab turli elementlardan tashkil topadi. Bundan keyin, hajm, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy maqomidan qat‘iy nazar, istalgan obyekt tashkilot deb yuritiladi. Tashkilot — bu yon-atrofdan zahiralar oladigan va ularni o‗z faoliyati mahsulotlariga aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilmadir. Barcha tashkilotlarda bir qator umumiy xususiyatlar, shuningdek ko‗plab individual o‗ziga xosliklar mavjud. Tashkilotning muhit bilan o‗zaro ta‘siri natijasida turli xil o‗zgarishlar yuz beradi. Bu o‗zgarishlar bir-biriga o‗ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo‗lishi mumkin. Bular: degradatsiya (tashkilotning murakkablashuvi, axborotning jamlanishi), ya‘ni tashkilotning yemirilishi hamda rivojlanishi. Bundan tashqari, tashkilot va muhit o‗rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo‗lishi mumkin, shu 133 tufayli tashkilot bir qancha muddat o‗zgarmay qoladi yoki faqat teskari o‗zgarishlarga uchraydi. Tashkilotda bu o‗zgarishlar boshqarish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga yo‗naltirilgan ta‘sir ko‗rsatadi. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling