124
sahifalarini internet provayderi (xosting provayderi) serverida joylashtirish va joriy
qilish amali xosting deb ataladi. Xosting so‗zi to‗la
qonli ikki tomonlama aloqa
bilan ta‘minlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost so‗zidan olingan.
Xosting xizmati pulli va tekin hamda oddiy va mukammallashgan bo‗lishi
mumkin. Xosting xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishi zarur:
1. Axborot makoni;
2. Internet kanalining o‗tkazish qobiliyati (kengligi);
3. Fayllarni boshqarish usullari;
4. Standart skriptlar to‗plami;
5. Server tomonida dasturlash mumkinligi;
6. Serverda ma‘lumotlar bazalaridan foydalanish;
7. Bir yoki bir necha pochta qutilarini tashkil etish;
8. Uzluksiz elektr energiyasi bilan ta‘minlash.
Proksi xizmati, anonim proksilar va ularning vazifalari, ijobiy va salbiy
tomonlari. Proksi kompyuter tarmog‗i xizmatidir. Bunda proksi xizmati orqali
kompyuter tarmoqlari mijozlariga boshqa tarmoq
xizmatlaridan bevosita
foydalanish imkoni beriladi. Mijoz avval proksi serverga ulanadi va u orqali
boshqa serverda joylashgan biron bir resursga murojaat qiladi.
Bunga misol
tariqasida shuni keltirish mumkinki, ko‗pgina hollarda
kompyuter tarmoqlaridagi
bir guruh foydalanuvchilar yagona internetga ulangan kompyuter orqali kompyuter
xizmatlaridan foydalanishadi.
Ba‘zi hollarda mijoz so‗rovi yoki server javobi proksi server tomonidan
muayyan maqsadlarda o‗zgartirilishi yoki to‗xtatilishi mumkin.
Proksi server
shuningdek mijoz kompyuterini ba‘zi tarmoq hujumlaridan himoyalashga imkon
beradi.
Anonim proksi serverlar (Anonymous Proxy Servers).
Anonim proksi
serverlar ba‘zi manzillarni berkitish yoki biror hujjatlarni olishda o‗zini oshkor
qilmaslik imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: