O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Brouzer 
tushunchasi 
va 
ularning 
vazifasi. 
Internet tarmog‗ida 
foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish 
uchun WEB serverlar quriladi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan 
axborotning katta qismi jamlanadi. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish 
tezligi bunday serverlarni qanday qurishga bog‗liq.
WEB-texnologiyasining hozirgi kunda brouzerlar deb ataladigan axborotni 
ko‗rish uchun mo‗ljallangan o‗ndan ortiq turli vositalari mavjud. Brouzer web-
sahifalarni ko‗rish dasturi hisoblanadi. Bunda brouzerga yuklangan veb sahifadagi 
Giperbog‗lanishga sichqoncha ko‗rsatkichi bilan bosilsa, avtomatik ravishda ushbu 
bog‗lanishda ko‗rsatilgan sahifa brouzerga yuklanadi. Bunday hollarda hech 
qanday sahifaning manzilini kiritish shart emas, chunki giperbog‗lanish barcha 
kerakli ma‘lumotga ega hisoblanadi. Brouzer web-sahifada HTML teglarini topib, 
ular talabi bo‗yicha ma‘lumotni ekranga chiqaradi. Teglarning o‗zi esa ekranda aks 
ettirilmaydi. 
Bugungi kunda brouzerlarning juda ko‗plab turlari mavjud. Eng mashhurlari: 


123 
Internet Explorer (Windows operatsion tizim tarkibidagi dastur), Opera, Mozilla 
FireFox, Google Chrome va boshqalar. 
2.3.8-rasm. Brauzer dasturlarning belgilari 
Internet radio va televidenie. WWW tarmog‗idagi ma‘lumotlardan 
foydalanish uchun faqatgina brouzerlarning xizmati kamlik qiladi. Ya‘ni audio 
hamda video hujjatlarni aks ettiruvchi tezkor dasturlar ham mavjuddir. Bu 
dasturlar serverlarda joylashgan yoki to‗g‗ridan-to‗g‗ri uzatilayotgan audio hamda 
video hujjatlardan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Real rlayer, Quck rlayer, 
Cosmo rlayer, Media rlayer dasturlari shu kabi vazifalarni bajaradi. 
Hozirgi kunda O‗zbekistonda ham Internet texnologiyalarini rivojlanishi 
natijasida ko‗pgina radioeshittirishlarni internet orqali tinglash mumkin. Avvaliga 
brouzer yordamida kerakli radiokanalning veb sahifasi topiladi va shundan so‗ng 
eshittirish to‗g‗ridan-to‗g‗ri internet tarmog‗iga uzatilayotgan kanalga bog‗lanadi. 
SHunda operatsion tizimda mavjud bo‗lgan namoyish dasturlaridan biri ishga 
tushishi natijasida foydalanuvchi ushbu radiokanalni tinglash imkoniyatiga ega 
bo‗ladi. 
Bundan tashqari Internet tarmog‗i orqali televizion ko‗rsatuvlarni ham 
tomosha qilish mumkin. Ushbu holatda ham radioeshittirishlar kabi ma‘lum veb 
saytlarga bog‗lanish va ular orqali ko‗rsatuvlarni tomosha qilish imkoni mavjud. 
Bunday veb saytlarga mtrk.uz, oriat.uz saytlarini misol keltirish mumkin. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling