122
Internet tarmog‗i xizmatlari va ulardan foydalanish. Internet tarmog‗i
abonentlariga amaliy protokollar tomonidan
taqdim etiluvchi funksional
imkoniyatlar quyidagilar: veb-hujjatlarni o‗qish, elektron pochta, fayllarni uzatish
va qabul qilish, muloqotda bo‗lish, tarmoqda hujjatlarni
saqlash va ular bilan
ishlash. Foydalanuvchilar uchun quyidagi xizmatlar mavjud: tarmoqdan
foydalanish, internet resurslarini yaratish, tashkiliy va axborot ta‘minoti, tarmoqda
reklamani joylashtirish.
Katta hajmdagi ma‘lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga
uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTR (fayllarni uzatish protokoli)
xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTR serverda yangi papka yaratish, unga
ma‘lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko‗chirib olish mumkin. WWW
xizmatida masofadan suhbatlashish imkoniyatini
yaratuvchi chat dasturlari,
uzoq masofadagi do‗stlar bilan suhbatlashishda telefon aloqasi o‗rnini
bosmoqda. Buning uchun internetga bog‗langan kompyuterda tovush karnaylari
hamda mikrofonlar bo‗lishi kifoya.
Do'stlaringiz bilan baham: