O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Mutaxassislar axborot tizimlari ma‘lumotlar bilan ishlovchi mutaxassislar, 
loyihachilar, muhandislar mehnat unumdorligini oshirishda yordam beradilar. Ularning 
vazifasi qog‗ozli axborotlarni qayta ishlashni osonlashtirish va yangi ma‘lumotlarni tashkilot 
bazasida integratsiyalashdan iboratdir
Jamiyat va ishlab chiqarish taraqqiyoti, iqtisodiyotning o‗sishi kelajakda 
mana shunday axborot tizimlarining keng ko‗lamda joriy etilishiga bog‗liq. 


143 
Bunday tizimlarda 
ikki guruhni alohida ajratib o‗tish o‗rinlidir: 
ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari; 
bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari. 
Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari o‗zining soddaligi va keng 
qamrovligi tufayli ixtiyoriy tashkiliy bo‗g‗in xodimlari tomonidan faol 
ishlatiladilar. Ko‗pincha ulardan o‗rta maxsus ma‘lumotga ega bo‗lgan kichik 
mutaxassislar, buxgalterlar, kotibalar va hattoki yuqori malakaga ega bo‗lgan 
mutaxassislar foydalanadilar. Asosiy maqsad – ma‘lumotlarni qayta ishlash, ish 
yuritish samaradorligini oshirish va axborotlarni qayd qilish, ularni izlash, 
so‗rovlar bo‗yicha muayyan shakllar yoki jadval ko‗rinishidagi hisobotlarni 
tayyorlashni tezlashtirishdir. 
Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari axborot xizmati ko‗rsatish sohalari 
xodimlarini xaridorlar, buyurtmachilar, iste‘molchilar bilan aloqani o‗rnatish 
imkonini yaratadi. Ularning faoliyati asosan hujjatlar yuritish, kommunikatsiyani 
boshqarish, reja-jadvallar ishlab chiqishni qamrab oladi. Bunday tizimlar 
quyidagi funksiyalarni bajaradilar: 
turli matn protsessorlari asosida kompyuterda matnlarni qayta ishlash; 
yuqori sifatli bosma mahsulotlarni ishlab chiqish; 
hujjatlarni arxivlash; 
elektron kalendarlar va ish yuritishga doir ma‘lumotlarni elektron yozuv 
daftarchasida saqlash; 
elektron va audiopochta; 
video- va telekonferensiyalar. 
Bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari, shu jumladan, ekspert tizimlar 
muhandislar, huquqshunoslar, olimlar uchun yangi mahsulot yaratishda 
foydalaniladigan zarur bilimlarni qamrab oladilar. Ularning vazifasi yangi 
axborot va yangi bilimlarni yaratishdir. Masalan, muhandislik va ilmiy 
loyihalashning ixtisoslashtirilgan ishchi stansiyasi yuqori darajadagi sifat 
talablariga javob beradigan texnik ishlanmalarni yaratish uchun imkoniyat 


144 
yaratadi. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling