O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Xosting xizmati va axborotlarni joylashtirish


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Xosting xizmati va axborotlarni joylashtirish. Foydalanuvchi veb-


124 
sahifalarini internet provayderi (xosting provayderi) serverida joylashtirish va joriy 
qilish amali xosting deb ataladi. Xosting so‗zi to‗la qonli ikki tomonlama aloqa 
bilan ta‘minlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost so‗zidan olingan. 
Xosting xizmati pulli va tekin hamda oddiy va mukammallashgan bo‗lishi 
mumkin. Xosting xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishi zarur: 
1. Axborot makoni; 
2. Internet kanalining o‗tkazish qobiliyati (kengligi); 
3. Fayllarni boshqarish usullari; 
4. Standart skriptlar to‗plami; 
5. Server tomonida dasturlash mumkinligi; 
6. Serverda ma‘lumotlar bazalaridan foydalanish; 
7. Bir yoki bir necha pochta qutilarini tashkil etish; 
8. Uzluksiz elektr energiyasi bilan ta‘minlash. 
Proksi xizmati, anonim proksilar va ularning vazifalari, ijobiy va salbiy 
tomonlari. Proksi kompyuter tarmog‗i xizmatidir. Bunda proksi xizmati orqali 
kompyuter tarmoqlari mijozlariga boshqa tarmoq xizmatlaridan bevosita 
foydalanish imkoni beriladi. Mijoz avval proksi serverga ulanadi va u orqali 
boshqa serverda joylashgan biron bir resursga murojaat qiladi. Bunga misol 
tariqasida shuni keltirish mumkinki, ko‗pgina hollarda kompyuter tarmoqlaridagi 
bir guruh foydalanuvchilar yagona internetga ulangan kompyuter orqali kompyuter 
xizmatlaridan foydalanishadi. 
Ba‘zi hollarda mijoz so‗rovi yoki server javobi proksi server tomonidan 
muayyan maqsadlarda o‗zgartirilishi yoki to‗xtatilishi mumkin. Proksi server 
shuningdek mijoz kompyuterini ba‘zi tarmoq hujumlaridan himoyalashga imkon 
beradi. 
Anonim proksi serverlar (Anonymous Proxy Servers). Anonim proksi 
serverlar ba‘zi manzillarni berkitish yoki biror hujjatlarni olishda o‗zini oshkor 
qilmaslik imkonini beradi. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling