O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
M.V.Lomonosov nomidagi
Moskva Davlat Universiteti Akademik A. Akayev 12 K I R I SH Mamlakatimizda jismoniy sog‗lom, ma‘naviy etuk, har tomonlama uyg‗un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun masuliyatni o‗z zimmasiga olishga qodir bo‗lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish bugun har bir pedagog oldidagi ulkan masuliyatli vazifadir. XXI asr chin ma‘noda axborot asri bo‗lib kelmoqda. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida axborot hal qiluvchi kuch vazifasini o‗tamoqda. ―Kimki haqiqiy axborotga ega bo‗lsa, u dunyoga hukmronlik qiladi‖ degan naql bugungi kunda o‗z tasdig‗ini topmoqda. Mamlakatimizda ham kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‗g‗risida bir qancha qaror va farmoyishlar e‘lon qilindi. Bunga misol qilib 30.05.2002-yildagi PF-3080, O‗zbekiston Respublikasining jamoat ta‘lim axborot tarmog‗ini tashkil etish to‗g‗risidagi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risidagi PQ-1730 21.03.2012-yil, O‗zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risidagi PQ-1989 26.03.2013-yil, O‗zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‗g‗risidagi PF-4702 04.02.2015-yil, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 dekabrdagi ―2016-2018 yillarda O‗zbekiston tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 353-son kabi qaror va farmonlarni keltirish mumkin, shu bilan birgalikda bu kabilar sohaga katta e‘tibor berilayotganligidan dalolat berib turibdi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida turli xil mulk shaklidagi xo‗jalik sub‘ektlarining yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish yo‗lidagi faoliyatlari bozorda iste‘molchilar va ishlab chiqaruvchilar manfaatlari tengligi asosida iste‘mol bozorining aholi ehtiyojlarini qondirish va shu orqali ularning turmush sharoitlarini yaxshilash hamda farovonligini yanada oshirishni nazarda 13 tutadi. Bunday ulkan vazifalarni amalga oshirishda mulk shaklidan qat‘iy nazar, barcha xo‗jalik sub‘ektlarining informatsion texnologiyalardan keng miqyosda foydalanishi muhim ahamiyatga ega. Bizning mamlakatimizda, 2017-2021 yillarga mo‗ljallangan Harakatlar strategiyasida ham ustuvor yo‗nalishlaridan biri qilib ―Kichik biznes va tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta‘minlash belgilangagligi‖, bu sohada axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada tizimli qo‗llash kerakligini davlatning asosiy vazifasi sifatida e‘tibor berishi muhim ahamiyatga egaligi qayd etilgan. Bu vazifani amalga oshirishda tadbirkorlik va biznesda yangi zamonaviy dasturiy vositalar hamda avtomatlashtirilgan tizimlarni keng miqyosda qo‗llash va ularni mamlakatimiz hisob siyosati orqali barcha jabhalarga tadbiq etish iqtisodiy samarani ancha oshirishga imkon beradi. Boshqaruv faoliyatidagi avtomatlashtrilgan axborot texnologiyalarining dolzarbligi oliy ta‘limning Davlat standartlariga ―Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari‖ fanining kiritilishi bilan izohlanadi. Hozirgi zamonda iqtisodiy oliy ta‘lim axbotor- kommunikatsiya texnologiyalari fanlarining keng qo‗llanishini talab qiladi. Oliy ta‘lim Davlat standartiga ko‗ra ―Iqtisod‖ va ―Pedagogika‖ ta‘lim sohalari bo‗yicha axborot- kommunikatsiya texnologiyalari bir nechta o‗zaro bog‗liq bo‗lgan va iqtisodiyotda tatbiq etiladigan bo‗limlardan iborat. ―Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari‖ fani iqtisodiyotda zarur bo‗lgan axborot kommunikatsiya texnologiyalarining: zamonaviy axborot komplekslari va texnologiyalari, axborot komplekslarida tarmoq axborot texnologiyalari, iqtisodiyotning kasbiy faoliyatida qo‗llaniladigan axborot komplekslari va texnologiyalari, elektron hukumat asoslari, elektron biznes texnologiyalari nazariyalarining boshlang‗ich tushunchalarini o‗z ichiga olgan bo‗limlar va ularning iqtisodiy tatbiqlaridan tashkil topgan. ―Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari‖ fanining maqsadi ―Moliya yo‘nalishi‖ bo‘yicha ta‘lim olayotgan talabalarga sohaga oid dasturiy ta‘minot komlpekslarida va avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari muhitida masalalar echish usullari haqida bilim berishdir. 14 Darslik Toshkent Moliya instituti ―Ekonometrika va raqamli iqtisodiyot‖ kafedrasi pedagog xodimlari hamda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti akademigi hammuallifligida tayyorlandi. Mualliflar materiallarning mazmuni va yozilish usuli bo‘yicha o‘z taklif- mulohazalarini bildirgan kitobxonlarga o‗z minatdorchilini bildiradilar. Taklif va mulohazalar mualliflarning keyingi amaliy ishlarida hisobga olinadi va darslik qayta nashrini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling