O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 BOB. “KOMPYUTER GRAFIKASI VA DIZAYN” FANINING


Download 3.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/90
Sana03.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1743254
TuriУчебное пособие
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90
Bog'liq
Kompyuter grafikasi va dizayn

1 BOB. “KOMPYUTER GRAFIKASI VA DIZAYN” FANINING 
PREDMETI VA MAZMUNI 
1.1. “Kompyuter grafikasi va dizayn” fanining predmeti,
maqsadi va vazifalari 
Kompyuter grafikasi va dizaynining tez sur‘atlar bilan rivojlanishi va uning 
ham texnik ham dasturiy vositalarni yangilanib turishi sababli, kursni muttasil 
rivojlantirib turish, bu sohadagi yangi yo‗nalishlarni o‗rganish ehtiyoji tug‗iladi. 
Oxirgi yillarda bu sohada juda katta siljishlar amalga oshirildi. Keyingi yillarda 
16 million xil rang jilolarini aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni 
kirituvchi skanerlar, grafik ishchi stansiyalar paydo bo‗ldi. Natijada, dasturiy 
vositalar sohasida real voqelikni kompyuterda tasvirlay oladigan dasturlar yuzaga 
keldi. 
Personal kompyuterlarda amalga oshirilgan zamonaviy grafik tizimli iqtisodiy 
izlanishlarda va berilganlarni tahlil qilishda, olingan natijalarni yanada yaqqolroq 
tasvirlashda, prezentatsiyalar uchun materiallar tayyorlashda keng qo‗llaniladi. 
Kompyuter grafikasi va dizaynini qurishning nazariy-uslubiy asoslarini 
o‗rganish, shuningdek, amaliy ko‗nikmalarga ega bo‗lish kompyuter grafikasi 
kursining asosini tashkil etadi. 
Fanni o‗qitishdan maqsad – talabalarga kompyuter grafikasining nazariya 
asoslarini ko‗rsatish, talabalarni zamonaviy kompyuter grafikasining operatsion 
tizimlari bilan tanishtirish va zamonaviy grafik tahrirlagichlarda ishlashni o‗rgatish,
zamonaviy amaliy paketlardan grafik imkoniyatlarni o‗zlashtirish, yangi axborotlarni 
va ishlab chiqarilgan buyumlarni prezentatsiyasini yaratish va uni o‗tkazishni 
tashkillashtirish, yaratilgan grafiklarga jilo berish, shaklini ko‗rgazmaviy tarzda 
ifodalashni o‗rgatish va talabalarning hozirgi zamon kompyuter grafikasi va dizayn 
vositalarini va ularning ishlatilishini o‗zlashtirishi bo‗yicha mos bilim, ko‗nikma va 
malaka shakllantirishdan iboratdir. 
Fanning vazifasi – talabalarga kompyuterda mavjud bo‗lgan turli xil grafik va 
tasvirlarni yaratish; kompyuterda hosil qilingan tasvirni kerakli joyga o‗rnata bilish; 
tayyor bo‗lgan grafikni mohirona jihozlash; hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarida 


12 
grafikaning texnologik tuzilishini o‗rganish; kompyuter grafikasi va dizaynining 
texnikaviy vositalari va zamonaviy programmalari bilan doimiy ishlash; kompyuter 
grafikasi va dizayn rivojining o‗rni va hozirgi zamon holatini bilish; grafik bo‗yicha 
yaxshi tasavvur hosil qilish uchun ma‘lum burchak va ko‗rinishda ifodalash va 
aylantirib ko‗rsatish; almashtirish, proyeksiyalash, obyektni tasvirlash, rastr 
algoritmlari, ko‗rinmas chiziq va sirtlarni olib tashlash, rang va yorug‗lik bilan 
ishlash algoritmlari; talabalarning hozirgi zamon kompyuter grafikasi va dizayn 
vositalarini va ularning ishlatilishini o‗zlashtirish; yangi algoritmlardan foydalangan 
holda harakat qilishni o‗rgatishdan iborat. 

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling