151
Nazorat savollari
1. Corel draw dasturining vazifasi nimadan iborat.
2. Corel draw dasturi qanday ishga tushiriladi va tugallanadi.
3. Corel draw dasturi necha menyudan iborat va vazifalarini ayting.
4. Corel draw dasturida qanday qurollar paneli mavjud,
ularning vazifalarini
ayting.
5. Dasturga matn qanday kiritiladiqi.
6. Turli obyektlar ustida amallar bajarishni ayting.
7. Ranglar bilan ishlash uchun nechta asbob ajratilgan,
ularning vazifasini
ayting.
152
11 -bob. ADOBE FLASH ANIMATSIYA DASTURI
11.1. Kompyuter animatsiyasi. Flash dasturi haqida umumiy ma‟lumot
Power Point dasturi kabi Macromedia Flash dasturi yordamida ham
animatsiya va taqdimot fayllarni yaratishimiz mumkin.
Ammo Power Point ga
qaraganda Macromedia Flash dasturida yaratilgan animatsiya fayllari to‗liq
foydalanuvchi tomonidan yaratiladi va animatsiyalashtiriladi. Shu bilan birgalikda bu
dasturda aktiv elementlar bilan ishlash va dasturlash imkoniyatlari mavjud. Asosan,
Macromedia Flash dasturida kichik animatsiya fayllari (kliplar), internet sahifalar,
elektron qo‗llanmalar va ... Flash dasturda yaratilgan fayllar o‗zining original, ishlash
soddaligi,
yaratilish murakkabligi, tezkorligi, mul‘timediya
jihozlanganligi va hajm
bo‗yicha kichikligi bilan ko‗zga tashlanadi.
Dasturni ishga tushirish uchun pusk tugmasining programmi bo‗limidan
Macromedia guruhi ichidagi Macromedia Flash buyrug‗ini tanlaymiz. Natijada,
ekranda quyidagi dastur oynasi hosil bo‗ladi.
Flash dasturida ishlash uchun biz bir nechta
yangi tushunchalar bilan
tanishishimiz zarur. Bular: Flash belgisi, grafik tasvir (simvol), animatsion klip, aktiv
tugma, stsena, kadr, boshqaruv kadr, vaqt-chizg‗ichi va qatlam.
Do'stlaringiz bilan baham: