O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
BOB. “KOMPYUTER GRAFIKASI VA DIZAYN” FANINING
Download 3.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi va dizayn
1 BOB. “KOMPYUTER GRAFIKASI VA DIZAYN” FANINING
PREDMETI VA MAZMUNI 1.1. “Kompyuter grafikasi va dizayn” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Kompyuter grafikasi va dizaynining tez sur‘atlar bilan rivojlanishi va uning ham texnik ham dasturiy vositalarni yangilanib turishi sababli, kursni muttasil rivojlantirib turish, bu sohadagi yangi yo‗nalishlarni o‗rganish ehtiyoji tug‗iladi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta siljishlar amalga oshirildi. Keyingi yillarda 16 million xil rang jilolarini aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi skanerlar, grafik ishchi stansiyalar paydo bo‗ldi. Natijada, dasturiy vositalar sohasida real voqelikni kompyuterda tasvirlay oladigan dasturlar yuzaga keldi. Personal kompyuterlarda amalga oshirilgan zamonaviy grafik tizimli iqtisodiy izlanishlarda va berilganlarni tahlil qilishda, olingan natijalarni yanada yaqqolroq tasvirlashda, prezentatsiyalar uchun materiallar tayyorlashda keng qo‗llaniladi. Kompyuter grafikasi va dizaynini qurishning nazariy-uslubiy asoslarini o‗rganish, shuningdek, amaliy ko‗nikmalarga ega bo‗lish kompyuter grafikasi kursining asosini tashkil etadi. Fanni o‗qitishdan maqsad – talabalarga kompyuter grafikasining nazariya asoslarini ko‗rsatish, talabalarni zamonaviy kompyuter grafikasining operatsion tizimlari bilan tanishtirish va zamonaviy grafik tahrirlagichlarda ishlashni o‗rgatish, zamonaviy amaliy paketlardan grafik imkoniyatlarni o‗zlashtirish, yangi axborotlarni va ishlab chiqarilgan buyumlarni prezentatsiyasini yaratish va uni o‗tkazishni tashkillashtirish, yaratilgan grafiklarga jilo berish, shaklini ko‗rgazmaviy tarzda ifodalashni o‗rgatish va talabalarning hozirgi zamon kompyuter grafikasi va dizayn vositalarini va ularning ishlatilishini o‗zlashtirishi bo‗yicha mos bilim, ko‗nikma va malaka shakllantirishdan iboratdir. Fanning vazifasi – talabalarga kompyuterda mavjud bo‗lgan turli xil grafik va tasvirlarni yaratish; kompyuterda hosil qilingan tasvirni kerakli joyga o‗rnata bilish; tayyor bo‗lgan grafikni mohirona jihozlash; hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarida 12 grafikaning texnologik tuzilishini o‗rganish; kompyuter grafikasi va dizaynining texnikaviy vositalari va zamonaviy programmalari bilan doimiy ishlash; kompyuter grafikasi va dizayn rivojining o‗rni va hozirgi zamon holatini bilish; grafik bo‗yicha yaxshi tasavvur hosil qilish uchun ma‘lum burchak va ko‗rinishda ifodalash va aylantirib ko‗rsatish; almashtirish, proyeksiyalash, obyektni tasvirlash, rastr algoritmlari, ko‗rinmas chiziq va sirtlarni olib tashlash, rang va yorug‗lik bilan ishlash algoritmlari; talabalarning hozirgi zamon kompyuter grafikasi va dizayn vositalarini va ularning ishlatilishini o‗zlashtirish; yangi algoritmlardan foydalangan holda harakat qilishni o‗rgatishdan iborat. Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling