O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 3.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/90
Sana03.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1743254
TuriУчебное пособие
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90
Bog'liq
Kompyuter grafikasi va dizayn

 
2.2. Videoadapterlar 
Monitorlarni va ularning ekraniga ma‘lumotlarni chiqarishni bevosita 
boshqaradigan ichki tizim qurilmasi videoadapter deb ataladi. Videoadapter o‗z 
ichiga quyidagilarni oladi: elektron nur trubkasini boshqarish sxemasi, rastrli xotira 
(ekranda bo‗lib o‗tadigan ma‘lumotlarni saqlovchi va AXda videobufer maydonini 
ishlatadigan xotira), DEKning almashadigan mikrosxemalari (belgilar matritsalari), 
kiritish-chiqarish portlari. 
Videoadapterning asosiy tavsiflari: ish rejimlari (matnli va grafikli), 
ranglarning amalga oshirilishi (monoxromli va rangli), ranglar soni yoki nim ranglar 
soni (monoxromlida), o‗tkazish qobiliyati (monitor ekranida gorizontal va vertikal 
bo‗yicha adreslanadigan piksellar soni), buferli xotiradagi sahifalarning sig‗imi va 
soni (sahifalar soni – bu eslab qolinadigan matnli ekranlarning soni bo‗lib, ularning 
istalgan biri bevosita adreslash yo‗li bilan monitorda aks ettirishga chiqarilishi 
mumkin), belgi matritsasining o‗lchami (monitor ekranida belgini shakllantiradigan, 
matritsaning satr va ustunidagi piksellar miqdori), tizimli shina bilan qiymatlar 
almashish tezligini belgilovchi qiymatlar shinasining razryadliligi va boshqalar. 


28 
Videoxotira sig‗imi – muhim tavsifdir, u xotirada saqlanayotgan piksellarning 
miqdorini va ularning atributlarini aniqlaydi. Piksel atributining razryadliligi, o‗z 
navbatida, xususan, pikselni aks ettirishda hisobga olinadigan nimranglarning yoki 
rangli tuslarning mumkin bo‗lgan maksimal sonini aniqlaydi (masalan, 65000 rangli 
tusni (High Color standarti) aks ettirish uchun xar bir atribut ikki baytli xususiyatta, 
16,7 mln ta rangli tusni aks ettirish uchun esa (True Color standarti) – uch baytli 
xususiyatga ega bo‗lishi kerak). Videoxotiraning kerakli sig‗imini atribut baytlari 
miqdorini ekran piksellari miqdoriga ko‗paytirib taxminan hisoblab chiqish mumkin. 
Masalan, monitorning o‗tkazish qobiliyati 800x600 piksellar bo‗lganda va True 
Color standartida videoxotira sig‗imi 1440000 baytdan kam bo‗lmasligi kerak, 
o‗tkazish qobiliyati High Color standartida 1280 x 1024 bo‗lganda esa 4 Mbayt 
atrofida bo‗lishi lozim. 
Umum qabul qilingan standart quyidagi videoadapterlarni shakllantiradi: 
Hercules 
monoxromli grafikli adapter; 
MDA 
monoxromli displeyli adapter 
(Monochrome Display Adapter); 
MGA 
monoxromli grafikli adapter 
(Monochrome Graphics Adapter); 
SGA 
Rangli grafikli adapter 
(Color Graphics Adapter); 
EGA 
yaxshilangan grafikli adapter 
(Enhanced Graphics Adapter); 
VGA 
videografikli adapter 
(Video Graphics Adapter), yoki 
videografikli matritsa 
(Video Graphics Array); 
SVGA 
yaxshilangan videografikli adapter 
(Super VGA); 
PGA 
professional grafikli adapter 
(Proffeccional GA). 


29 

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling