Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 0.61 Mb.
|
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org
maksimal yutuq; yutuq va risk miqdorining optimal nisbati; natijaning optimal ehtimolligi. Maksimal yutuq risk mavjud qarorlarning ehtimoliy variantlaridan tadbirkor uchun minimal va maqbul riskda maksimal 199 natijani (daromad, foyda va boshqalar) ta’minlaydigan variant tanlanishini anglatadi. Amaliyotda ko‘proq foyda keltiradigan variantlar ko‘proq riskli bo‘lgani uchun, tadbirkor uchun maqbul riskni ta’minlaydigan barcha yechim variantlari orasidan daromad va yo‘qotishlar (zarar) nisbati eng yaxshisi tanlab olinadi, bu esa yutuq va risk kattaligining optimal nisbati qoidasining mohiyati sanaladi. Natijaning optimal ehtimolligi qoidasining mohiyati shundan iboratki, tadbirkor uchun qoniqarli ijobiy natija olish ehtimolini ta’minlab beruvchi barcha variantlardan yutuq maksimal bo‘lgan variant tanlab olinadi. Risklarni boshqarish asosida riskni kamaytirish, noaniq xo‘jalik vaziyatida daromad olish va uni oshirishga yo‘naltirilgan ishlarni izlash va tashkil etish yotadi. Risklarni boshqarishning yakuniy maqsadi tadbirkor uchun maqbul foyda-risk darajasida eng katta foyda olishdir, bu esa tadbirkorlikning maqsadli funksiyasiga mos keladi. Riskning oldini olish va yumshatishning keng tarqalgan va samarali usullari quyida-gilardir: diversifikatsiyalash, sug‘urta qilish, hejirlash, cheklash, mablag‘larni zaxiralash, tanlov va natijalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olish. Risklarni boshqarishning to‘rt usuli orasida riskning bir qismini yoki barchasini boshqalarga o‘tkazish moliya tizimi eng katta rol o‘ynaydigan risklardan biridir. Riskni o‘tka-zishning eng muhim usuli – bu uning manbasini ifodalovchi aktivlarni sotishdir. Masalan, uy egasi kamida uch turdagi riskka duchor bo‘ladi: yong‘in, tabiiy ofatlar va mulk narxining pasayishi. Uyni sotganidan so‘ng, uning egasi shu uch turdagi riskdan qutuladi. Lekin faraz qilaylik, hech kim riskli aktivlarni sotishni xohlamayapti yoki bunday qilolmaydi. Shunday hollarda ham bu turdagi risklarni boshqarish mumkin, faqat boshqa usullar bilan. Masalan, agar uy egasi yong‘in va tabiiy ofatlardan sug‘urtalangan bo‘lsa, unda u faqat ko‘chmas mulk narxining pasayishiga oid riskni o‘z zimmasiga oladi. Risk o‘tkazishning uch sxemasi deb ataladigan uchta risk o‘tkazish metodi mavjud: sug‘urtalash, diversifikatsiyalash, hejirlash. 10.3. Moliyaviy risklarni diversifikatsiyalash Diversifikatsiya deganda risk darajasini va daromaddan yo‘qo-tishlarni kamaytirish maqsadida bir-biriga bevosita bog‘liq bo‘lma-gan turli kapital qo‘yilmalar obyektlari o‘rtasida investitsiya mab-lag‘larini taqsimlash jarayoni tushuniladi. 200 Diversifikatsiya mohiyatida barcha kapital qo‘yilmalarini riskli aktivlarning faqatgina bittasida jamlash o‘rniga ko‘plab shunday aktivlarga egalik qilish yotadi. Shuning uchun diversifikatsiya bitta-yagona turdagi aktivlar bilan bog‘liq riskka moyilligimizni cheklaydi. Misol tariqasida, biznes sohasidagi risklarni diversifikatsiya-lashni ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, biotexnologiyalarga 100 ming sh.b. sarmoya kiritishga moyilmiz, chunki yangi, gen injenerligiga asoslangan dori preparatlarining paydo bo‘lishi kelgusi bir necha yil ichida katta daromad olish imkonini beradi deb hisoblaymiz. Agar biz yangi dori ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan faqat bittasiga 100000 sh.b. hajmida sarmoya kiritsak, u holda biotexnologiyaga investitsiyalarimiz diversifikatsiyalanmaydi, shunchaki konsent-ratsiyalanadi, xolos. Qo‘yilmalar diversifikatsiyasi individual investor tomonidan fond bozorida (mustaqil yoki moliyaviy vositachi yordamida) ham, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalash yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. O‘z investitsiyalarimizni biotexnologiyada biz quyidagicha diversifikatsiyalay olamiz: Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling