Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


bankda kredit berish to‘g‘risida aniq ko‘rsatmalar bo‘lishi kerak (kimlarga kredit berilishi va qancha muddatga berilishi)


Download 0.61 Mb.
bet58/151
Sana04.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1745292
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   151
Bog'liq
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

bankda kredit berish to‘g‘risida aniq ko‘rsatmalar bo‘lishi kerak (kimlarga kredit berilishi va qancha muddatga berilishi);


  • kredit berish uchun aniq vakolatlar belgilanishi kerak, bank xodimining darajasi qanchalik baland bo‘lsa, u imzolaydigan kredit miqdori shunchalik ko‘p bo‘lishi kerak;


  • kreditni ta’minlashning turli xil usullari mavjud, masalan, mijoz garov sifatida biron narsani beradi va agar u qarzni qaytarmasa, bank garov egasiga aylanadi;


  • katta miqdordagi va tahlikali kreditlarni berishda bir nechta banklar birlashadi va birgalikda ushbu kreditni beradi;


  • kredit qaytarilmasligini sug‘urtalaydigan sug‘urta kompaniya-lari mavjud (lekin kreditni qaytarmaslik sug‘urta qilinmaydi – bu bankning riski deb hisoblaydigan nuqtayi nazarlar mavjud);


  • kreditlarni berish bo‘yicha tashqi cheklovlar mavjud (masalan, Markaziy bank tomonidan belgilangan); aytaylik, bitta mijozga juda katta miqdorda kredit berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Kreditlarning qaytarilmasligi bilan bog‘liq zararlar har qanday bank faoliyatining muqarrar mahsulidir. Ular butunlay yo‘q qilinishi mumkin emas, lekin ularni kamaytirish mumkin. Amerika tijorat banklarida muammoli kreditlarning sabablarini aniqlashga yordam beradigan tizim mavjud bo‘lib, ularning paydo bo‘lishini oldindan aytish mumkin. Ushbu tizimga ko‘ra, bankka bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan omillar shubhali kreditlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Birinchisi, kredit jarayoniga bog‘liq barcha jihatlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni, kredit arizalariga munosib yondashish, kredit hujjatlari va boshqalar. Mustaqil omillar – qarzdorning o‘ziga xos nomaqbul iqtisodiy sharoitda qolishi, tabiiy ofatlar.
    71

    Amerika tijorat banklari tomonidan muammoli kreditlarni tahlil qilish, kredit arizalarini tahlil qilish va uning bajarilish bos-qichlarining o‘zida istiqbolini belgilashga katta e’tibor qaratilmoqda.



    Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   151




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling