Valutaviy risklarda asosan biror-bir davlatda turib chet el valutasiga nisbatan narxlarning o‘zgarishidagi bo‘ladigan zararlar tushuniladi.
Foiz risk. Bunday risklar fond bozorda kreditning foizi stavkasi tushib ketishi natijasida vujudga keladi. Bankdagi depozitlarning foiz stavkalari ko‘tarilsa, fond bozoridagi aksiyalar bahosi tushib ketadi. Agarda bankdagi depozit xizmatlari birdaniga katta darajaga oshib ketsa, fond bozoridagi aksiyalarning narxi juda tez narxi tushib ketishi mumkin, buning natijasida qimmatli qog‘ozlarni chiqargan kompaniya imtiyozli aksiyalari egasi qaytarib sotib olishi uchun olib kelishlari mumkin (agarda shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘lsa) qaytarib olishi mumkin.
2.2. Bozorlarda faoliyat yuritish bilan bog‘liq risklarni hisobga olish va baholashning ahamiyati
Bozor riskini aniqlash ishlarini olib borishdagi izchillik bos-qichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, ular quyida-gilarni o‘z ichiga oladi:
muammolarning qo‘yilishi;
kerakli ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish;
baholash usullarini tanlash va ularni qo‘llash;
bozor riski haqida belgilangan shaklda hisobot tuzish.
Bozor riskini baholash jarayonini tashkil etuvchi bu bo‘g‘inlarni har tomonlama ko‘rib chiqamiz.
Bozor riski qiymatning kerakli darajasi va uni baholash maqsa-dini muvofiqlashtirishi zarur bo‘lgan umumiy qoidadan istisno
37
holatlari ham mavjud. Bu tugatish qiymatlarini belgilashga taalluqli. Ushbu holatlarda buyurtmachi tugatish qiymatining muayyan turini aniqlashni talab qilishi mumkin va baholovchi uning talabini bajarishga majbur.
Do'stlaringiz bilan baham: |