Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
Yechish. Jamg‘arma to‘lovlari bo‘yicha foizlar yiliga 8 % yoki 4
Download 0.61 Mb.
|
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- (3.4.5) bu yerda, Kt = 100000 sh.b., i = 0,04; n = 10 – to‘lov soni, shunda 0,04 = (0 + 0,04)
- 8329,1 + 6000 = 14329,1 sh.b. 74
- Uchinchi yilning oxirida =
- Ma’lumki, keltirilayotgan qarzni qaytarish usuli – jamg’armani yaratish –qarzdor uchun foiz stavkasi qarz uchun to‘lovlarning foizidan katta bo‘lganda foydalidir.
- Buni tekshirish uchun, rasmiy va amaliy nuqtayi nazardan amalga oshiriladigan asosiy o‘xshashlikni ko‘rib chiqamiz. + ℎ = = ℎ 75
Yechish. Jamg‘arma to‘lovlari bo‘yicha foizlar yiliga 8 % yoki 4
yarim yillik miqdorida hisoblanadi, bunda beshinchi yilning oxirida 100000 sh.b. miqdorida mablag‘ qolishi uchun to‘lovlar
bu yerda, Kt = 100000 sh.b., i = 0,04; n = 10 – to‘lov soni, shunda 0,04 = (0 + 0,04) − 1 ∗ 100000 = 8329,1 ℎ. Har yarim yilning oxirida qarzga bo‘lgan foiz 100000 sh.b.dan 6%, ya’ni, 6000 sh.b. qarz bo‘yicha jami yillik xarajatlar: 8329,1 + 6000 = 14329,1 sh.b. 74
Ma’lumki, keltirilayotgan qarzni qaytarish usuli – jamg’armani yaratish –qarzdor uchun foiz stavkasi qarz uchun to‘lovlarning foizidan katta bo‘lganda foydalidir. 3.5. Kredit kafolatlari Kredit risklarini kafolatlash mexanizmining faoliyat yuritishi moliyaviy tizimning barcha elementlariga taalluqli bo‘lib, korporativ va davlat moliyasida muhim o‘rin tutadi. Asosiy kompaniyalar, odatda, sho‘ba bo‘linmalarining qarz majburiyatlarini kafolatlaydi. Tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalari an’anaviy akkreditivlardan boshlab va foiz stavkalari va valuta svoplari bilan yakunlangan turli xil moliyaviy instrumentlar uchun pullik kafolatlarni taklif etadilar. Yirik kafolatli muassasalar sifatida, qoidaga ko‘ra, hukumat va davlat tuzilmalari amal qiladi. Hatto AQShda xususiy sektorga cheklangan davlat aralashuvi falsafasi hukmronlik qiladigan bo‘lsa ham, federal va mahalliy hukumatlar keng moliyaviy kafolatlar taqdim etadi. Ular orasida iqtisodiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham eng muhimi bank depozitlarini sug‘urtalash hisoblanadi. Biroq, boshqa holatlarda ham kafolatlar keng qo‘llaniladi. Korxona sektorida hukumat kichik biznes subyektlarining qarzlarini kafolatlaydi, ayrim hollarda bu juda katta korxonalar uchun ham amalga oshiriladi. Shu bilan birga, kafolatlar mexanizmi aniq kafolatlarning bunday ro‘yxatida qabul qilinishidan-da keng tarqalgan. Har bir kredit operatsiyasi tuzilganida, uning ishtirokchilari ushbu bitimning yopiq kafolatini taqdim etadi. Buni tekshirish uchun, rasmiy va amaliy nuqtayi nazardan amalga oshiriladigan asosiy o‘xshashlikni ko‘rib chiqamiz. + ℎ = = ℎ 75 = = ℎ − ℎ Shunday qilib, Amerikada kreditlar (AQSh dollari) AQSh hukumatidan boshqasiga beriladigan bo‘lsa, kreditorlar ko‘rinmas tarzda ushbu kreditlarning kafolatlarini ham sotishadi. Buning asosida kredit operatsiyalarini amalga oshirish turli funksional munosabatlardan tashkil topgan ikkita bitimdan iborat: tavakkalsiz kreditni taqdim etish va kreditor tomonidan unga qaytarilmaslik riskini qabul qilish. Ushbu masalani batafsil ko‘rib chiqish uchun kredit faoliyatini ikki bosqichga ajratish maqsadga muvofiqdir: (1) kafolat olish va (2) qarz olish. Faraz qilaylik, kafolatchi va kreditorni ikki xil shaxs deb hisoblang. Birinchi bosqichda qarz oluvchi kafolatchidan 10 sh.b. ga kreditni qaytarish kafolatini sotib oladi. Ikkinchi bosqichda qarz oluvchi ushbu kafolatni kreditorga taqdim etadi va 100 sh.b. miqdorida yiliga 10% tavakkalsiz foiz stavkasi bo‘yicha kredit oladi. Qarz oluvchi natijada bir yildan keyin 110 sh.b. qilib qaytarib berish majburiyati evaziga sof 100 sh.b. - 10 sh.b. = 90 sh.b.ni oladi. Shak-shubhasiz, ko‘pincha qarz beruvchi va kafolatchi sifatida bitta shaxs, masalan, tijorat banki chiqadi va qarzdor oddiygina 90 sh.b. ni 110 sh.b. qilib qaytarib berish majburiyati bilan bankdan oladi. Bunday holdagi zayom bo‘yicha berilgan foiz stavkasi 22,22 % ni tashkil etadi va quyidagicha aniqlanadi: (110 sh.b. - 90 sh.b.) / 90 sh.b. Ushbu taklif qilingan stavka o‘zida ham tavakkalsiz foiz stavkasini, ham kafolat uchun to‘lovni aks ettiradi. Ikki xil harakatlar mavjudligiga ishonch hosil qilish uchun, tavakkalli qarz egasi uchinchi tomondan 10 sh.b. ga kafolat sotib olishi mumkinligiga e’tibor qarating. Bu holda qarz beruvchining jami sarmoyasi 90 sh.b. + 10 sh.b. = 100 sh.b. ga teng., kafolatlangan to‘lov esa 110 sh.b. ga teng bo‘ladi. Shunday qilib, aslida, har qanday kreditni sotib olish tavakkalsiz kredit olish va ayni paytda ushbu kreditni qaytarib berish kafolatini taqdim etish bilan tengdir. Aslida, kreditor tavakkalsiz kredit ajratib, shu bilan bir qatorda uning hajmini qarzni qaytarib berishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kafolatlar miqdoriga kamaytiradi. Kafolat va tavakkalsiz kreditning nisbati sezilarli darajada farq qilishi mumkin. 76 Kafolatlar nafaqat zayomlar, balki boshqa moliyaviy bitimlar tuzishda ham mavjud. Masalan, svop shartnomalari tuzilganda tomonlarning majburiyatlarini bajarish kafolati ko‘pincha moliyaviy vositachi sifatida faoliyat yurituvchi uchinchi taraf tomonidan ta’minlanadi. Agar bunday kafolatlar berilmasa, har bir tomon majburiyatlarning bajarilishi uchun haqiqiy kafolatni ta’minlaydi. Moliyaviy faoliyatga ixtisoslashmagan firmalar bunday shartno-malarni tobora kengaytirmoqdalar, ularning ish boshqaruvchilari ular bilan bog‘liq bo‘lgan bevosita va yopiq kafolatlarni samarali boshqarish usullarini yaxshiroq tushunishlari kerak bo‘ladi. Bunday kafolatlarning boshqaruvini tahlil qilish uchun, optsion narxlash nazariyasidan foydalanish mumkin. Kafolatlar «put» optsioniga o‘xshash. Kafolat beruvchi (kafil) agar uning emitenti buni bajara olmasa, moliyaviy instrumentda nazarda tutilgan mo-liyaviy to‘lovni amalga oshirishi kerak. Kafilga yetkazilgan zarar kafolatlangan shartnoma majburiyatlari va qarzning ta’minoti yoki garovi sifatida qo‘yilgan aktivlarini sotishdan olingan daromadlar o‘rtasidagi farqqa tengdir. Bu farq taqchillik (defitsit) deb ataladi. Odatda qarzdorning to‘lovga layoqatsizligini musbat taqchillik ko‘rsatib turadi. Misol uchun, qaysidir alohida kafolatlar berishdan olingan daromadni ko‘rib chiqamiz. Agar V aktivlarini qamrab olgan garov qiymati nazarda tutilgan kafolatlangan majburiyatlar bo‘yicha E to‘lovlardan yuqori bo‘lsa, kafil bu farqni o‘zida qoldiradi va o‘zining mablag‘idan hech narsa to‘lamaydi. Biroq, agar aktivlar qiymati majburiyat yuzasidan to‘lanadigan to‘lovlardan kam bo‘lsa, kafil E - V orasidagi farqni to‘lab berishi lozim. Kafil tomonidan olinadigan maksimal daromad zararni to‘lagunga qadar yoki kafolat muddatining oxiriga qadar olinadigan qo‘yilgan mukofot qo‘shuv mukofotga hisoblangan foizlarga teng. Ushbu maksimal daromad kredit oluvchining to‘lovga layoqatsizligi oqibatidagi taqchillik yoki yo‘qotish tufayli kamayadi. Kafolatchining maksimal yo‘qotishi majburiyatlari bo‘yicha to‘lovning qiymatiga teng bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, kafil daromadini aniqlaydigan funksiya R - max (0, E Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling