Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


risklarining bir necha turlari mavjud (4.1.1-rasm). Jumladan, valuta riskini uch turga ajratish mumkin


Download 0.61 Mb.
bet67/151
Sana04.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1745292
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   151
Bog'liq
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

82

risklarining bir necha turlari mavjud (4.1.1-rasm). Jumladan, valuta riskini uch turga ajratish mumkin:


Valuta riski



                      Operatsion valuta
                      riski


                      Translatsion valuta
                      riski


                      Iqtisodiy valuta
                      riski



                      4.1.1-rasm. Valuta riskini tasniflanishi19


                      Operatsion valuta riski. Operatsion risk asosan savdo oper-atsiyalari, shuningdek, dividend to‘lovlari va moliyaviy investitsiya-lash bo‘yicha pulli shartnomalar bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Operatsion risk pul mablag‘lari harakatida yuzaga kelgan holda foyda darajasiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


                      Bu riskni pul mablag‘larining kutilayotgan oqimiga almashinuv kursi o‘zgarishining bevosita ta’siri natijasida yuqori foydaga erish-maslik yoki zararning yuzaga kelishi holati sifatida ta’riflash mumkin.


                      Sotilgan mahsulotga xorijiy valuta olishi lozim bo‘lgan eksport qiluvchi milliy valutaga nisbatan xorijiy valuta kursining pasayishi natijasida zarar ko‘radi. Xorijiy valutada to‘lovni amalga oshirishi lozim bo‘lgan import qiluvchi esa, milliy valutaga nisbatan xorijiy valuta kursining oshishidan zarar ko‘radi.


                      Valutalar almashinuvini taqozo qiluvchi bitimlar bilan bog‘liq risk narxlar siyosati yordamida boshqarilishi mumkin. Shuningdek, riskka pulni to‘lash va olish muddatlari ham birmuncha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar valuta tushumi va valuta xarajatlari o‘zaro bir-biriga muvofiq bo‘lsa operatsion riskni kamaytirish mumkin.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling