O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi


 Xalqaro standartdan foydalanish asosida auditorlik xulosasi va


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/42
Sana04.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1747575
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Bog'liq
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi

3.2. Xalqaro standartdan foydalanish asosida auditorlik xulosasi va 
hisobotini tuzishni takomillashtirish masalalari 
Xalqaro audit amaliyotiga ko`ra auditorlik faoliyatida muhim masalalardan 
biri auditorlik tekshiruvlarini o`zida aks ettirgan auditorlik hisobotlari va xulosalari 
asosida audit natijalarini rasmiylashtirish orqali mijozlarga zarur axborotlarni 
yetkazib berish hisoblanadi va ularni amaliy yechimlarini topish muhimdir.
Bundan ko`zlangan asosiy maqsad xo`jalik subyektlari daromadligi, 
likvidligi va to`lov qobiliyatiga jiddiy e'tibor qaratish natijasida auditor tomonidan 
beriladigan audit natijalariga bog`liq bơladi. Biroq, natijalarni ifodalashni tartibga 
soluvchi mahalliy va xalqaro me`yorlarning orasidagi tafovutlar audit natijalariga 
nafaqat baho berish, balki anglab yetishni murakkablashtiradi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24 apreldagi PF-4720-son 
61
www.sciencedirect.com. M.Robuloan, B.Robu. The Influence of the Audit Report on the Relevance of Accounting Information 
Reported by Listed Romanian Companies. Procedia Economics and Finance.2015. Pages 562-570-.


76 
«Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy 
etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni, 2015 yil 28 apreldagi «Iqtisodiyotda 
xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 
PQ-2340-sonli qarori, 2007 yil 4-apreldagi «Auditorlik tashkilotlari faoliyatini 
yanada takomillashtirish hamda ular ko`rsatayotgan xizmatlar sifati uchun 
javobgarlikni oshirish to`g`risida»gi PQ-615-sonli qarori hamda auditorlik 
faoliyatiga tegishli bo`lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan 
vazifalarni amalga oshirishda auditning xalqaro standartlari va milliy standartlarni 
yaxlit ko`rinishga keltirish va ham mahalliy ham xorijiy foydalanuvchilarga birdek 
tushunarli bo`lgan auditorlik hisoboti va xulosalarining yagona namunasini ishlab 
chiqish talab etiladi. 
Audit faoliyatidagi auditorlik hisoboti va xulosalarni tuzish va taqdim 
etishdagi standartlardagi muammolarni bartaraf etish hamda takomillashtirish 
yo`llarini ishlab chiqish uchun avvalo ulardagi tafovutlarni ko`rib chiqish lozim. 
Standartlar o`rtasidagi eng birinchi tafovut bu auditorlik hisoboti va 
xulosalari bilan bog`liq masalalarni tartibga soluvchi standartlarning soni hamda 
ko`lamida seziladi.
Ushbu farqlarni tahlil qilish uchun ularni rasm ko`rinishiga keltirish 
maqsadga muvofiq bo`ladi. 
Ushbu tahlilni amalga oshirishda auditorlik faoliyatining milliy standartlari 
auditning xalqaro standartlari bilan taqqoslangan hamda umumiy auditorlik 
hisoboti va xulosasi bo`yicha standartlar tafovutlari yaqqol ko`rsatib berilgan.
Quyida xalqaro va milliy standartlar soni orasidagi farq rasmda keltirilgan 
(3.4-rasm). 
Rasmdan ko`rinib turibdiki, xalqaro va mahalliy amaliyotda auditorlik 
hisoboti va xulosasi uchun belgilangan me`yorlar ko`lami har xil. Milliy 
amaliyotda auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish va taqdim etish uchun birgina 
70-standart qo`llanilsa, xalqaro faoliyatda 6 ta standart, maxus masalalarni 
tekshirish bo`yicha auditorlik hisoboti va xulosasi masalalarini tartibga solish 
uchun esa milliy amaliyotda 1 ta(xulosa masalasi yoritilmagan) xalqaro auditda 2 


77 
ta standartga amal qilinadi.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling