6 – mavzu: xalqaro amaliyotda auditorlik dalillari va ularni olish uslublari


Download 499.31 Kb.
bet1/5
Sana24.06.2023
Hajmi499.31 Kb.
#1653992
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6 – MAVZU XALQARO AMALIYOTDA AUDITORLIK DALILLARI VA ULARNI OLISH (1)

6 – MAVZU: XALQARO AMALIYOTDA AUDITORLIK DALILLARI VA ULARNI OLISH USLUBLARI

«Audit» kafedrasi

Xamidova Zarifa

REJA:

6.1. Auditorlik dalillar

6.2. Hisoblab chiqilgan baholar, haqqoniy qiymat bo‘yicha hisoblab chiqilgan baholar va ular bilan bog‘liq ochib beriladigan ma’lumotlar auditi

AXS 500 «Auditorlik dalillar».


500-AXSda auditorlik dalillarining «o‘rinliligi» va «etarliligi» tushunchalari ham izohlangan. Demak, standart qoidalariga muvofiq auditor muayyan topshiriq doirasida auditorlik dalillarini olish uchun o‘rinli auditorlik amallarini bajarishi lozim.
Milliy standartlar tizimida ushbu AXSga mos keladigan 50 «Auditorlik dalillar» nomli AFMS mavjud.
Moliyaviy hisobot auditida zarur bo‘ladigan auditorlik dalillarining miqdori va sifati bo‘yicha uslubiy tavsiyalar 500-«Auditorlik dalillar» nomli AXSda bayon qilingan. Xususan, moliyaviy hisobot auditida auditorlik dalili deb nima e’tirof etilishi, auditorlik xulosalarini shakllantirish uchun yetarli auditorlik dalillarini to‘plash maqsadida auditorlik amallarini ishlab chiqish va bajarish bo‘yicha talablar keltirilgan. Shuningdek, standart maqsadlari uchun qo‘llaniladigan atamalarning izohlari yoritilgan.

Auditorlik dalillari quyidagi shartlarga javob berishi lozim:


- o‘rinlilik, ya’ni auditorlik dalillari moliyaviy hisobot ishonchliligi to‘g‘risida xulosa shakllantirish uchun asos bo‘ladigan fikrlarning o‘rinli va ishonchliligini tavsiflaydi;
- yetarlilik, ya’ni auditorlik dalillarini miqdori (soni) bo‘yicha baholash. Bunda auditorlik dalillarining yetarliligi moliyaviy hisobotdagi jiddiy buzib ko‘rsatishlar riskini baholashga bog‘liq. Agar moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining buzilish riski qancha yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p auditorlik dalillari talab qilinadi. Auditorlik dalillarining sifati qancha yuqori bo‘lsa, ular miqdori (soni) shuncha kam talab qilinadi. Auditorlik dalillar miqdorining ko‘pligi ularning sifatini kafolatlamaydi.

Download 499.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling