6 – mavzu: xalqaro amaliyotda auditorlik dalillari va ularni olish uslublari


Joriy aktivlari va majburiyatlari


Download 499.31 Kb.
bet5/5
Sana24.06.2023
Hajmi499.31 Kb.
#1653992
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 – MAVZU XALQARO AMALIYOTDA AUDITORLIK DALILLARI VA ULARNI OLISH (1)

Joriy aktivlari va majburiyatlari


Xo‘jalik yurituvchi subyektning joriy aktivlari va majburiyatlari bo‘yicha ayrim auditorlik dalillari joriy davrda moliya-xo‘jalik operatsiyalari va hujjatlari bo‘yicha auditorlik amallarini bajarish chog‘ida olinishi mukin.
Masalan, hisobot davrining boshiga mavjud bo‘lgan debitorlik yoki kreditorlik qarzlarini hisobot davri davomida so‘ndirish natijasida hisobot davri boshiga mavjudlik, huquq va majburiyatlar, to‘liqlik va qiymat bo‘yicha auditorlik dalillari paydo bo‘ladi.

520 - «Tahliliy amallar»


AXS moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining qiymatidagi g‘ayri-oddiy farqlarning paydo bo‘lishini auditor tomonidan o‘rganish masalalari, tahliliy amallarning mohiyati, vazifalari va o‘tkazish vaqti bayon qilingan. O‘zbekistonda ushbu AXSga asosan 13 - «Tahliliy amallar» nomli AFMS ishlab chiqilgan.
Ma’lumki, auditorlik faoliyatida tanlab tekshirishlar amalga oshiriladi. Bunda auditorlik dalillarin to‘plash maqsadida tekshirish uchun tekshiriladigan to‘plamlardan ma’lum elementlar tanlab olinadi. Xalqaro amaliyotda tekshirish uchun elementlarni tanlab tanlashda 530 «Auditorlik tanlash» nomli AXS qo‘llaniladi.
530 -«Auditorlik tanlash» nomli AXSda «ruxsat etiladigan xato» tushunchasi ta’riflangan. Auditorlik tanlashni shakllantirishda auditor tomonidan hisobga olinishi lozim bo‘lgan omillarning mazmuni va tavsifi ochib berilgan. Shuningdek, tanlash risklarini baholash, stratifikatsiyalash va tanlash usullaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taklif etilgan. O‘zbekistonda ushbu AXSga mos 14-«Auditorlik tanlash» nomli AFMS mavjud.

Etiboringiz uchun rahmat!


Download 499.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling