4. Auditorlik dalillarni olish usullari. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari


Download 274.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana04.04.2023
Hajmi274.55 Kb.
#1325267
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-Mavzu



10-mаvzu. Аuditоrlik dаlillаr 
Reja: 
1.Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari 
2.Auditorlik dalillarni olish manbalari 
3.Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash 
4.Auditorlik dalillarni olish usullari. 
 
1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari 
 
Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko’rsatkichlariga, shuningdek ularni 
olish maqsadida bajariladigan amallarga nisbatan qo’yiladigan talablar № 50 – 
«Auditorlik dalillari» nomli AFMSda belgilangan. Ushbu standart talablarini 
barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish chog’ida 
qo’llashi majburiydir. 
Auditor moliyaviy hisobotning haqqoniyligini asoslashi uchun quyidagi 
amallarni bajarish natijasida etarli auditorlik dalillarini to’plashi lozim: 
 schyotlar bo’yicha oborotlar va qoldiqlarning moliyaviy hisobotda to’g’ri aks 
ettirilishini batafsil tekshirish: 
 tahliliy amallar: 
 ichki nazorat vositalarini tekshirish; 
Auditorlik dalillarni to’plash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari va 
ularning hajmi audit dasturida ko’rsatiladi. 
Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar 
vaqtida to’plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir. 
Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan 
mijoz – korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil 
qilish natijalari bo’lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to’g’risida auditorlik 
xulosasi tuzish imkonini beradi.
Ushbu ta’rif va tavsiflardagi tayanch tushunchalarni batafsil ko’rib chiqamiz.
Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor 
qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr 
shakllantirishga imkon beradigan, ma’lum fakt to’g’risida ma’lumotlar olish 
jarayoni tushuniladi.

Download 274.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling