4. Auditorlik dalillarni olish usullari. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari


Axborot – xo’jalik faoliyatidagi faktlar to’g’risidagi xabarlar to’plamidir. Mijoz korxona


Download 274.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana04.04.2023
Hajmi274.55 Kb.
#1325267
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-Mavzu

Axborot – xo’jalik faoliyatidagi faktlar to’g’risidagi xabarlar to’plamidir.
Mijoz korxona – auditorlik xizmati ko’rsatilayotgan xo’jalik yurituvchi 
subekt.
Uchinchi shaxslar – auditor yoki mijoz korxona bilan u yoki bu tarzda 
aloqador bo’lgan va bu aloqadorlik auditor fikriga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan 
yuridik yoki jismoniy shaxslardir.
Tahlil qilish – bu mijoz korxona buxgalteriya hisobotida faktlarning auditor 
tomonidan mushohada qilinishi va o’z fikrini shakllantirishi.
Auditorlik tekshiruvlarining asosiy maqsadi xo’jalik yurituvchi subektlar 
buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligi to’g’risida auditorning mustaqil 


bildirilgan fikridan iborat. Buning uchun auditor hisobotning ishonchliligi yoki 
uning ishonchliligini rad etish to’g’risidagi asosli fikr bildirishga imkon beradigan 
dalillarni to’plashi zarur.
Ishonchlilik – moliyaviy hisobot ma’lumotlarining ulardan malakali 
foydalanuvchilarga xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining natijalari to’g’risida 
to’g’ri xulosalar qilishga va ushbu xulosalarga asoslangan qarorlar qabul qilishga 
imkon beradigan darajasi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, bu auditorlik 
dalillar qanchalik ishonchga sazovar va haqiqatga yaqin ekanligini tavsiflaydi. 
Audit jarayonida olingan dalillarning ishonchliligi mustaqillik va manba 
kompetentligi, ichki nazorat tizimining samaradorligi kabi omillarga bog’liq. 
Auditorning o’zi mustaqil manbalardan olgan dalillarning ishonchlilik darajasi 
xo’jalik yurituvchi subektdan olingan dalillarga qaraganda yuqoriroq. Barcha 
dalillar yig’indisini faqat so’ngilari etarli bo’lganidagina ishonchli deb hisoblash 
mumkin.
Dalillarning etarliligi ularning miqdori va sifati bilan belgilanadi. U tanlash 
ko’lami va to’plamdagi muayyan elementlarning tavsifi bilan bog’liq. 
Axborotlarning samaradorligi esa tanlash elementlarining reprezentativligi (bosh 
to’plamning o’rganilayotgan belgilar bo’yicha xususiyatlari tanlama to’plamda 
namoyon bo’lishi)ga bog’liq, ya’ni reprezentativlik qancha yuqori bo’lsa, 
auditorlik riski shuncha past bo’ladi. Auditorlik risklarini pasaytiruvchi dalillarning 
etarliligi to’g’risida auditor ichki nazorat tizimini baholash va auditorlik riskining 
hajmiga asoslanib xulosa qilishi mumkin. Ichki nazorat tizimi qanchalik ishonchli 
va auditorlik riski qanchalik past bo’lsa, auditordan shunchalik kam dalil-isbotlar 
to’plash talab etiladi.
Dalillarning etarliligini aniqlashda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur: 
mustaqil manbalar (uchinchi shaxslar)dan olingan dalillarning mijoz-korxona 
xodimlaridan olingan dalillarga nisbatan ishonchliroq ekanligi; auditorlik 
tashkilotining mustaqil tekshiruvi yoki tahlili natijasida olingan ma’lumotlarning 
uchinchi shaxslardan olingan ma’lumotlarga qaraganda ishonchliroq ekanligi; 
hujjatlar va yozma ko’rsatmalar shaklidagi auditorlik dalillarining og’zaki 
ko’rsatmalarga qaraganda ishonchliroq ekanligi. Nihoyat, turli manbalardan 
olingan dalillardan foydalanish natijasida qilingan xulosalarni taqqoslash 
imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Amaldagi standartlarga muvofiq auditorlik baholash uchun zarur ma’lumotlar 
miqdori qat’iy chegaralab qo’yilmagan. Shu boisdan auditor o’zining professional 
fikriga tayangan holda xo’jalik yurituvchi subekt moliyaviy hisoboti-ning 
ishonchliligi to’g’risida xulosa tuzish uchun zarur bo’ladigan ma’lumotlarning 
miqdori haqida mustaqil qaror qabul qilishi lozim. Auditorlik dalillarining o’z 
vaqtida to’planishiga alohida e’tibor berish zarur. Aks holda ular oshiqcha va 
keraksiz bo’lib qoladi. O’z vaqtidalik har bir auditorlik dalilining tekshirilayotgan 
davrga bevosita taalluqliligi yoki mijoz-korxona faoliyatining hisobot tuzilganidan 
so’ng, ammo auditorlik xulosasi tuzilishidan oldin sodir bo’lgan ma’lum bir jiddiy 
hodisalariga taalluqli ekanligidan ham iboratdir. To’plangan dalillar 
tekshirilayotgan hisobot tuzilgan sanaga qanchalik yaqin bo’lsa, ular shunchalik 
ishonarli bo’ladi.


Agar xatolar va noaniqliklar to’g’risidagi dalillar mijoz korxona ma’muriyatiga 
auditorlik xulosasi soliq organiga topshirilmasdan oldin taqdim etilgan bo’lsa, u 
holda buxgalteriyada hisobotlarga zarur tuzatishlarni kiritish imkoni bo’ladi. Agar 
hisobot soliq organiga topshirilganidan so’ng audit o’tkazilsa, tuzatish kiritish 
imkoni yo’q, lekin joriy davrda aniqlangan xato kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish 
mumkin.
Auditorlik tekshiruvlarining asosi auditorlik dalillarini topishdan iborat. U 
ma’lumotlarni 
to’plash, 
moliyaviy 
hisobotning 
ishonchliligi 
(yoki 
ishonchsizligi)ni, 
moliya-xo’jalik 
muomalalarining buxgalteriya hisobini 
yuritishga oid belgilangan qoidalar va nizomlarga muvofiqligi-ni va shu bilan birga 
auditorlik xulosasi tuzish uchun auditorning shaxsiy fikrini shakllantirish 
maqsadida ularni umumlashtirish va baholashni nazarda tutadi.
Auditorlik tekshiruvlar jarayonida to’planadigan dalillar turli-tuman bo’lib, 
ular turi, manbasi va olinish usullariga ko’ra turkumlanadi.
Yozma ravishda olingan dalillar (hujjatlar va yozma tushuntirishlar) og’zaki 
shakldagi dalillarga qaraganda ishonchliroq bo’lishi mumkin.
Auditorlik dalillar olinish manbasiga ko’ra ichki, tashqi va aralash dalillarga 
bo’linishi mumkin. Ichki auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma 
yoki og’zaki ko’rinishda olingan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Tashqi auditorlik dalillar uchinchi tomonlardan yozma ko’rinishda (odatda 
auditorlik tashkilotining yozma so’rovi bo’yicha) olingan ma’lumotlardan iborat.
Aralash auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki 
ko’rinishda olingan va uchinchi tomon yozma ravishda tasdiqlagan ma’lumotlarni 
o’z ichiga oladi.
Auditorlik dallillar olinish usuliga ko’ra quyidagicha turkumlanadi: a) faktlarni 
tasdiqlash yo’li bilan olingan dalillar; b) hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash yo’li 
bilan olingan dalillar; v) maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida aniqlangan dalillar.
Faktlarni tasdiqlash mulklar va majburiyatlar muayyan turlarining mavjudligini 
aniqlashdan iborat. Bu xo’jalik faoliyatidagi faktlar bo’lib, ularni fakt-vaziyatlar 
deb hisoblash mumkin; ular zamonaviy auditning ajralmas qismi hisoblangan 
inventarizatsiya yo’li bilan aniqlanadi.
Hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash moliyaviy hisobotni va hisob registrlarini 
to’ldirish uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlarni tekshirish yo’li bilan amalga 
oshiriladi. Bularga tannarxni asossiz ravishda oshirib yuborish yoki tovarsiz 
operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq operatsiyalar misol bo’lishi mumkin. 
Shuningdek, bitta hujjatning turli nusxalaridagi yozuvlarining bir-birlariga mos 
kelmaslik holatlari.
Maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida faktlarni aniqlash hujjatlarda keltirilgan 
ma’lumotlarni mantiqiy joylashtirish va matematik hisob-kitob qilish yo’li bilan 
amalga oshiriladi. Bunday argumentlash ratsional deb nomlanadi va u audit 
jarayonida salmoqli o’rin tutadi. Masalan: 1) 2910-«Omborlardagi tovarlar» 
schetida korxona mulki hisoblangan tovarlar hisobga olinishi lozim; 2) auditor 
ushbu tovarlar uchun korxonaning mulkiy huquqi mavjudligini aniqlashi zarur; 3) 
taqdim etilgan hujjatlar (shartnomalar, tovarlar hisoboti, bank ko’chirmalari) va 
mulkiy huquqning korxonaga o’tgan paytini aniqlash asosida auditor tovarlarning 


egasi haqida xulosa qiladi.
Auditor fikriga birinchi argument ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Haqiqatda 2910-
«Omborlardagi tovarlar» schetida qoldiq sifatida ko’rsatilgan tovarlar yo’q bo’lsa, 
hech qanday fikr-mulohazaga o’rin qolmaydi. So’ngra uchinchi va to’rtinchi 
argumentlarni ahamiyatliligi bo’yicha ko’rsatish mumkin.

Download 274.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling