Muqobil balans tuzish – auditorlik ishining muhim elementidir.
U auditni
boshlashdan oldin sintetik va analitik hisob registrlarining
yoki bosh daftarning
ma’lumotlari bo’yicha tuziladi.
Natijada, auditor tasdiqlanishi lozim bo’lgan
balansga o’xshash, yangi balansga ega bo’ladi. Agar rasmiy va muqobil balanslar
o’rtasida
tafovutlar vujudga kelsa, bu tofovutlar mijoz-korxona
hisobotida bosh
buxgalterning ataylab qilgan chalkashliklarini bildiradi.
Bayon qilinganlarni umumlashtirish asosida ta’kidlash zarurki, auditorlik
tekshiruvlarining samaradorligi ma’-lum darajada auditorlik dalillarni to’plashda
qo’llaniladigan usullarni qanday mahorat bilan qo’llashga ham bog’liq.
Takrorlash uchun savollar:
1. Auditorlik dalillar nima?
2. Auditorlik dalillarning qanday turlari mavjud?
3. Auditorlik dalillarning qanday manbalari mavjud?
4. Auditorlik dalillarni olishning qanday usullari mavjud?
5. Auditorlik tashkilotining ish hujjatlari deganda nimalarni tushunasiz?