O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi
III BOB. XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA AUDITORLIK HISOBOTI VA
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi
III BOB. XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA AUDITORLIK HISOBOTI VA
XULOSASI TARKIBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 3.1 Auditorlik xulosasi va auditorlik hisobotini tuzish bo`yicha xorijiy tashkilotlar amaliyoti Iqtisodiyotning jahon miqyosidagi integratsiyalashuvi va davlatlarning yalpi daromadidagi xorij mamlakatlari investitsiyalarining oshib borayotganligi investorlar uchun qulay sharoitlarni yaratish va bevosita ularga taqdim etiladigan axborotning ishonchli bo`lishi kerakligini taqozo etadi. Ishonchli moliyaviy axborot esa auditorlik tashkilotlari va o`z-o`zidan ular tomonidan tuziladigan auditorlik hisoboti hamda xulosalarida o`z aksini topadi. Demak, xalqaro iqtisodiy integratsiya xalqaro audit normalarini yaratish va takomillashtirishga bo`lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi. Xalqaro auditni unifikatsiyalangan holda tashkil qilish uchun, avvalo, buxgalteriya hisobining baynalmilallashuviga e’tibor qaratish lozim. Milliy hisob va audit tizimlarini xalqaro miqyosda uyg’unlashtirish maqsadida 1966 yilda Xalqaro tadqiqot guruhi tuzilgan edi. Ushbu tadqiqot guruhiga AQShning buxgalter-auditorlari, shuningdek Kanada, Angliya, Uels, Shotlandiya, Irlandiya davlatlarining maxsus mutaxassislari kiritilgan. Mazkur tashkilot jahonning ko’pgina davlatlarida tadqiqot o’tkazib, milliy hisob va audit tizimlari o’rtasidagi tafovutlar xususida hisobot tayyorlagan. Hisobot ma’lumotlari natijalariga ko’ra buxgalteriya hisobi va audit standartlari bo’yicha maxsus xalqaro tashkilot tuzishga qaror qilingan. Natijada xalqaro hisob va audit standartlarini ishlab chiquvchi Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita (IASC) va Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) tuzilgan. 1973 yil 29 iyunda Avstraliya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Irlandiya hamda AQSh buxgalterlar tashkilotlari o’rtasidagi kelishuv natijasi sifatida tuzilgan Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari qo’mitasi (International Accounting Standarts Committie - IASC) bugungi kunda xalqaro auditorlik faoliyatida ulkan nufuzga ega. Hozirgi vaqtda uning tarkibida jahonning 103 mamlakatidan 142 ta vakillar qatnashmoqda. 65 Yevropada buxgalterlar va auditorlarning ikkita professional tashkiloti salmoqli o’rin egallaydi. Bu buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha xalqaro komitet – BHSXK (International Accounting Standarts Committie – IASC) va Evropa ekspert buxgalterlarining federatsiyasi EEBF (Federation des Experts Somptables Europeen - FEE). FEE 1987 yil 1 yanvarda tashkil topgan va shtab- kvartirasi Bryusselda joylashgan. Auditorlik faoliyatining rivojlanishi yirik transmilliy kompaniyalarning vujudga kelishiga olib keldi. Bunday auditorlik kompaniyalari ichida eng yiriklari quyidagilar: Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling