O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi
-rasm. Auditorlik hisoboti va xulosasidan foydalanuvchilar
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi
2.12-rasm. Auditorlik hisoboti va xulosasidan foydalanuvchilar
52 Rasmdan ko`rinib turibdiki, auditorlik tekshiruvlari natijalarining barcha foydalanuvchilarga birdek foydali bo`la olmasligi ularni tuzish va taqdim etish bilan bog`liq muammolarni umumlashtirishga yordam beradi. 1-toifa 52 Muallif tomonidan tuzilgan. 60 foydalanuvchilar bilan bog`liq muammolar quyidagilardan iborat: auditorlik hisobotida tahlil amallarining kamligi, umuman yo`qligi yoki diagramma, jadval ko`rinishida aks ettirilmaganligi sababli tushunmovchilikka olib kelishi; matn ko`rinishidagi axborotning o`rganish uchun ko`p vaqt talab etishi; auditorlar aniqlagan kamchiliklar yoki muammolarni bartaraf etish bo`yicha boshqa korxonalar tomonidan amalga oshirilgan tadbirlarning taqqoslama ko`rsatkichlari yo`qligi; barcha aksionerlarning iqtisodiy terminlar bilan tanish emasligi sababli hisobot va xulosalaridagi ayrim ma`lumotlarni o`zlashtira olmasligi; xalqaro amaliyotdan farqli ravishda auditorlik xulosasida audit jarayonidagi eng muhim deb topilgan masalaning ko`ndalang qo`yilmaganligi va ushbu masalani yechish bo`yicha qanday amallar bajarilganligining yoritilmaganligi; mahalliy va xorijiy auditorlik tashkilotlari tomonidan auditning milliy va xalqaro standartlari asosida tuzilgan auditorlik hisoboti va xulosasi o`rtasidagi tafovutlar hisobiga yuzaga kelgan tushunmovchiliklar va ho.k. 2-toifa fodalanuvchilarida faqat auditorlik xulosalaridan foydalanish huquqi bo`lgani sababli undagi juda qisqa ma`lumot foydalanuvchi uchun juda kam ma`lumot berishi mumkinligi muammosini keltirib chiqaradi. 3-toifa bilan ham xuddi shu holatni kuzatish mumkin, biroq ularning orasida korxonaga sarmoya kiritishi mumkin bo`lgan investorning auditorlik xulosasidagi ma`lumotlardan qoniqmasligi korxona uchun riskli bo`lishi mumkin. 4-toifa foydalanuvchilari davlat manfaatlarini himoya qilganligi sababli ular tomonidan seziladigan muammo hisobot va xulosaning tahliliy ko`rsatkichlari bilangina bo`gliq bo`lishi mumkin. Auditorlik hisobotlarini tuzish va taqdim etishni amalga oshiradigan auditorlik tashkilotlari ushbu masalada eng ko`p muammolarga duch kelishi 61 mumkin va ular quyidagilardan iborat: mamlakat miqyosida moliyaviy hisobotlarni yuritish xalqaro talab darajasiga o`tkazilmaganligi sababli moliyaviy hisobot to`g`risidagi auditorlik hisoboti va xulosasini xalqaro standartlar asosida tuzish va taqdim etish jarayoni tartibga solinmaganligi hamda yagona me`yor yaratilmaganligi; xo`jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat sohasi va tarmoqlari bo`yicha ixtisoslashtirilgan auditorlik hisoboti va xulosalarining namunalari hamda audit natijalarini umumlashtirish bo`yicha xalqaro yagona dastur ishlab chiqarilmaganligi; aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalining o'zgarishi auditorlik hisobotida kapital va aktivlarni shakllantirishni tekshirish jarayonlariga ta'sir qilib, ish hajmini oshiradi va o`z-o`zidan aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy soni qisqargani bilan tashqi auditni amalga oshirish bo'yicha ish hajmining ko'payishi hisobiga auditorlik tashkiloti bilan aktsiyadorlik jamiyatlari o'rtasida tuziladigan shartnoma summalari oshishi; auditorlik faoliyatining milliy standartlarida ayrim xalqaro standartlarning analogi yo`qligi bir vaqtning o`zida ikki xil standartni qo`llash va chalkashliklarga olib kelishi mumkinligi; auditorlik xulosasida faqat matn emas, balki ko`rsatkichlar bilan ifodalangan ma`lumotlarning ifoda etish me`yorlari keltirilmaganligi va ho.k. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling