O`zbekiston respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki
Download 44.52 Kb.
|
1353939013 40253
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston Respublikasi - xalqaro moliya munosabatlarning faol ishtirokchisi
www.arxiv.uz Reja: 1.O`zbekiston Respublikasi - xalqaro moliya munosabatlarning faol ishtirokchlsi 2. Xalqaro moliya munosabatlarini erkinlashtirishning huquqiy asoslari O`zbekiston Respublikasi - xalqaro moliya munosabatlarning faol ishtirokchisi O`zbekiston Respublikasini jahon xo`jaligiga kirib borishida, uning hududiy va global darajadagi raqobatbardoshligi bo`yicha ustunligi, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan ko`p jihatdan bog`liq. Amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar bo`yicha kizgin munozaralarning mavjudligiga qaramasdan, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda, hukumat, mamlakatning geografik, ishlab chiqarish va texnologik hamda mehnat resurslaridan foydalanish samarasini inobatga olmoqda. Xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi, xalqaro xo`jalik ishtirokchilaridan yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni talab etadi. Shu jihatdan, jahon xo`jaligida O`zbekiston kushni MDH mamlakatlaridan o`zining quyidagi xalqaro ustuvorliklari bilan ajralib turadi: Qadimiy boy madaniyat, tarixiy va diniy yodgorliklari xalqaro turizm sonoatini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarni yuzaga keltiradi; Qulay tabiiy iklim va tabiiy boyliklar, ishlab chiqarish, qurilish va qishloq xo`jaligi sohasida raqobatbardosh muhitni shakllantiradi; Buyuk ipak yo`lida joylashganligi xalqaro integratsiyada Yevropa bilan Osiyoni bog`lovchi «kuprik» vazifasini bajarishga yetarlicha imkoniyatni vujudga keltiradi. O`zbekiston Respublikasi yetarli darajada malakali mutaxassislar bilan ta`minlangan. Zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo qilish, ushbu sohadagi imkoniyatlarni kengaytiradi. Mamlakat hukumati tomonidan ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish va eksportni rag`batlantirish siyosatini yuritilishi. O`zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokida, xalqaro Moliya institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni inobatga olib, 1992 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 633-XII sonli «O`zbekiston Respublikasini Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash bo`yicha ko`p tomonlama agentlikka a`zo bo`lishi to`g`risida»gi qarori qabul qilindi. XVF va Jahon banki kabi tashkilotlar bilan hamkorlikning yo`lga qo`yilishi, nafaqat respublikani jahon bozoriga integratsiyasini tezlashtirdi, balki amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash samarasini oshirdi. Xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarning salmoqli qismi xalqaro kreditlar va qarzlar masalasi bilan bog`liq. Ushbu munosabatlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari sifatida O`zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to`g`risida»gi, «Tashqi qarzdorlik to`g`risida»gi qonunlari va boshqa me`yoriy aktlar ishlab chiqildi. Mustakillikning dastlabki yillarida olingan kreditlar va qarzlar, asosan, qisqa muddatli bo`lib, ichki bozorni iste`mol tovarlar bilan to`ldirishga qaratilgan bo`lsa, keyingi yillarda hukumat mazkur qarzlami jalb qilish sohasini tarkibiy qayta qurish bo`yicha ma`lum ishlami olib bormoqda. Olinadigan qarzlar va jalb qilinadigan uzoq muddatli kreditlarning asosiy yo`nalishlari sifatida: eksport potentsialini kengaytirish, import umini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish sohalari tanlandi. Mineral xom-ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni ishlab chiqarish va qayta ishlash, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mashinasozlikni rivojlantirish, telekommunikatsiya sohasini zamonaviylashtirish hamda kichik va o`rta biznesni rivojlantirish - xorijiy investitsiyalar jalb qilinadigan ustuvor yo`nalishlar sifatida qaralmoqda. Xorijiy investitsiyalar sonining amaldagi ortishi va sifat darajasi, amalga oshirilayotgan davlat investitsiya dasturi haqida ma`lumot beradi. Uning maqsadi - milliy va xorijiy investorlaming investitsion faoliyatini optimal darajada huquqiy tartibga solishdan iborat. Xorijiy kapital oqimini rag`batlantirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga xizmat ko`rsatuvchi moliya-valyuta infratuzilmasini tashkil etishga bog`liq. Moliya-valyuta infratuzilmasi xo`jalik sub`ektlari bilan jahon pul-kapital bozori o`rtasidagi aloqalarni ta`minlashga xizmat qiladi. Ushbu infratuzilmalarni tashkil etish, quyidagi yo`nalishlami qamrab oldi: bank tizimini takomillashtirish; ichki sug`urta xizmatlari sohasini rivojlantirish; ichki valyuta bozorini faoliyatini yaxshilash; lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish; audit va maslahat xizmatlari bozorini rivojlantirish; milliy tovarlarni xalqaro bozorlar tomon harakatini tashkil etish va h.k. O`zbekiston Respublikasini xalqaro hamkorligi va iqtisodiy siyosatining ustuvor yo`nalishlari belgilandi va u mamlakatni xalqaro bozorga qo`shilishining asosini tashkil etadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy rivojlanish tamoyillari. O`zbekiston sobiq Ittifoqda yirik respublikalardan hisoblanib, aholisining soni bo`yicha 3-urinni va yalpi milliy mahsulot hajmi bo`yicha 5-urinni egallab kelgan. Respublika tabiiy resurslarga boy, sanoatda va qishloq xo`jaligida yetarli darajada rivojlangan ayrim ishlab chiqarishlarga ega. Masalan, O`zbekiston tabiiy gaz qazib olishda dunyoda 9-o`rinda, oltin kazishda 7-o`rinda, oltingugurt kislotasi va mineral ugitlar ishlab chiqarishda hamda pilla etishtirishda 7-o`rinda turadi. Yuqoridagi tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, respublikaning xalqaro moliya munosabatlari va jahon xo`jaligiga integratsiyasi majmui aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport buginini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o`rinni egallashini ta`minlovchi buginlarni aniqlash; Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport buginida davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash usulidan keng foydalanish; Bu usullar quyidagilardir: Eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo`yicha ko`p muddatli kreditlar ajratish, mo`ljallangan investitsiyalarni sug`urtalash; Eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab chiqarishi xarajatlari o`rtasidagi farqni qoplash; Davlat tomonidan respublikaga ilg`or texnologiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishi uchun subsidiyalar ajratish; Eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish; Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltirilgan xom-ashyo va materiallar, asbob-uskunalar va jixozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar. Shu bilan birga, xalqaro moliya sohasidagi siyosat milliy valyutani mustahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta`minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning me`yoriy-huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi. O`zbekiston uchun asosiy strategik maqsadlar quyidagilardan iborat: O`zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimi integratsiyasiga kushilib borishini ta`minlash; Eksport potentsialini rivojlantirish; Import va import o`rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish; Investitsiya siyosatini takomillashtirish; Chet el sarmoyalarini jalb qilish; 6. Eksport mahsulotlari ishlab chiqarish zonalari va erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish; 7. Tashqi iqtisodiy faoliyat infratuzilmasini rivojlantirish. Mamlakattiing jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining muhim tarkibiy qismi - davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari hamda xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O`zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, EHXT, NATO, EKO, OIK va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. Bular orasida Yevropa Ittifoqi alohida o`rin tutadi. 1996 yilda Yevropa Ittifoqi bilan O`zbekiston o`rtasidagi munosabatlami rivojlantirishda bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi. Download 44.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling