O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi
-rasm. Auditorlar, auditorlik tashkilotlar va aksiyadorlik jamiyatlari soni
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi
2-rasm. Auditorlar, auditorlik tashkilotlar va aksiyadorlik jamiyatlari soni
yillar kesimi bo`yicha 14 Yuqoridagi raqamlarni tahlil qiladigan bo`lsak, 5 yil davomida (2012-2016) deyarli o`zgarmagan ko`rsatkich bu auditorlar soni bo`lib, davr oxirida 103 nafarni tashkil qilgan. Auditorlik tashkilotlari sonida esa keskin kamayish yuzaga kelgan. 2012-yilda 713 nafarni tashkil etgan ushbu ko`rsatkichning 2016-yilga kelib 624 tani qayd etganligi ularning 3 ta guruhga ajratilishi va auditorlar malaka sertifikatini olishi uchun kamida «Moliyaviy hisob-1» imtihonini topshirishi lozimligi, auditorlik tashkilotlari esa ikkinchi va uchinchi guruhga mansub bo`lishi uchun kamida 1-2 ta CAP yoki CIPA sertifikatiga ega bo`lgan auditor bo`lishi belgilab qo`yilgani sabab bo`lgan. Natijada ushbu imtihonlarni topshirish va sertifikat olish uchun auditorlar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va 14 www.biznes-daily.uz. “O`zbekistonda xo`jalik yurituvchi subyektlarga egalik qilishda davlatning optimal ishtirokini belgilash masalalari. 30.10.2017. №:10(118)-2017. 12 auditning xalqaro standartlarini bilish, boshqaruv hisobi, moliyaviy menejment kabi sohalarda bilimga ega bo`lishi belgilandi 15 . Shuningdek, 2017 yilning 1-yanvaridan boshlab tadbirkorlik subyektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari bo`yicha bergan murojaatlari asosida faqatgina nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o`tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno bo`lgan holda hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinishi belgilanib qo`yildi 16 . Shu o`rinda aytib o`tish lozimki, ushbu farmon tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga qaratilgan va ilmiy tadqiqot ishi uchun ahamiyat jihatidan yuqori hisoblanmaydi. Biroq mamlakatdagi kichik biznes vakillari ustidan moliyaviy nazorat o`rnatilishida ularga nisbatan yengilliklar yaratilishini ta`minlaydi. Yuqoridagi ma`lumotlarning dissertatsiyaning ushbu bobida keltirilishiga asosiy sabab, ushbu bobda auditorlik hisoboti va xulosasiga bo`lgan zaruriyatdan kelib chiqadi. Auditorlik tekshiruvlari majburiy qilib belgilan aksiyadorlik jamiyatlari sonining ortib borishi esa auditorlik hisoboti va xulosasiga bo`lgan zaruriyatni oshiradi. Auditorlik tekshiruvlarini umumlashtirish auditorlar tomonidan auditorlik hisoboti hamda xulosalarini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi va ushbu harakatni bajarish uchun auditorlar ulardan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini hisobga olishlari lozim. Quyida auditorlik hisoboti va xulosasiga bo`lgan zaruriyatni ifodalovchi omillar batafsil keltirilgan: 15 I.N.Qo`ziyev. “ Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida auditorlik hisobotini tuzish va umumlashtirish metodologiyasini umumlashtirish” nomli doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2017. 15-bet. 16 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoni. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling