O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotning asosiy
masalasi bo`lib O`zbekiston Respublikasida auditorlik tekshiruvlari natijalarini umumlashmasi bo`lgan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish va taqdim etishning nazariy asoslarini o`rganish, ularni jahon amaliyoti bilan taqqoslash va tahlil qilish, auditorlik hisobotlari va xulosalarini tuzish va taqdim etishda yuzaga keladigan muammolarni o`rganish hamda ularni bartaraf etish bo`yicha takliflar ustida ishlash va bunda mahalliy hamda jahon tajribasni o`rgangan holda ilmiy tadqiqot ishini olib borishdan iborat. Tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Auditorlik xulosasi va hisobotini tuzishning ilmiy, nazariy va metodologik asoslarini 6 yoritishda mahalliy iqtisodchi olimlardan K.Ahmadjonov, I.Yakubov 3 , O.Masharipov 4 , Sh.N.Fayziyev, A.A.Karimov 5 , F.R.Islomov, A.Z.Avloqulov 6 darsliklari, Raximov M., Fayziyeva U., Pardaev A., А.Аbdugаniеv, Quziyev I. Do`stmurodov R., А.Kаrimоv, R.Хоlbеkоv, Z.Mаmаtоv, N.Kаrimоv, , B.Xаsаnоv, A.Xoshimov, vа bоshqаlаrning ilmiy ishlаri o`rganildi. Xorijiy olimlardan esa Sheremet D.A, Suyts V.P 7 , Ivashkevich V.Blarning 8 ning ilmiy ishlari bilan tanishib chiqildi. Mazkur adabiyotlarda Shuningdek O`zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to`g`risida”gi qonuni, «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentyabrdagi 365-son qarori, auditorlik faoliyatining 2016-yil 1-dekabrida Adliya Vazirligidan 2844 rahami bilan ro`yxatdan o`tkazilgan 70-sonli “Moliyaviy hisobot to`g`risida auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi” nomli standarti, 700-sonli “Moliyaviy hisobotlar to`g`risida fikr hosil qilish va hisobot (xulosa) berish”, 705-sonli “Mustaqil auditorlar hisoboti(xulosasi) da fikrni modifikatsiyalash”, 706-sonli “Mustaqil auditorlar hisoboti(xulosasi) da tushuntirish paragraflari va boshqa masala paragraflari”, 710-sonli “Qiyosiy axborot-qiyosiy ko`rsatkichlar va qiyosiy moliyaviy hisobotlar” nomli auditorlik faoliyatining xalqaro standartlaridan foydalanildi. Biroq, ularning ilmiy ishlarida auditorlik hisoboti va tuzishdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari yetarlicha yoritilmaganligini ta`kidlash joiz. Shu bois, mazkur dissertatsiya ishida mavjud muammolarni bartaraf qilish yuzasidan tadqiqotlar olib borildi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling