11-ma'ruza: Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlaridan test savollari tuzishning ilmiy-pedagogik asoslari
Download 141.94 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geometrik chizmachilikdan testlar tuzish;
11-ma'ruza: Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlaridan test savollari tuzishning ilmiy-pedagogik asoslari Reja: Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlaridan test savollari tuzishning ilmiy-pedagogik asoslari; Chizma geometriyadan testlar tuzish; Geometrik chizmachilikdan testlar tuzish; Proyeksion chizmachilikdan testlar tuzish; Mashinasozlik chizmachiligidan testlar tuzish. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlaridan test savollari tuzishning ilmiy-pedagogik asoslari Testlardan foydalanish haqida dastlabki ma'lumotlar ingliz olimi J.Fisher «Scolle books» kitobida 1864 yil to‘xtalgan. Shuningdek, Amerika olimi R.Reyskir (1884 y.) orfografiyadan bilimlarni teshirish jadvalida, 1887 yili esa nemis olimi G. Ebbingaueni testlarni bo‘sh qoldirilgan matnlarda keltirgan. XIX asmi dastlabki 30 - yillarida uzlashtirishni aniqlash va olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi testlar Germaniyada, keyinchalik AQShda yaratilib, yanada rivojlangan. Hozirgi kunda esa bunday testlar Buyuk Britaniya, Skandinaviya, Niderlandiya, Turkiya, AQSh, Germaniya va boshqa davlatlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanib kelinmoqda. Sobiq SSSRda 1963 yilda V. Voskerchyanni test metodidan foydalanish haqidagi maqolasi chiqqan. Predmet testlari mazmuni qanday bo‘lishini V.Bespalko o‘zining «Didakticheskie osnovo programmnogo upravlenie protsessom obuchenie» kitobida yozgan. Bunda u predmet testlarini turlarini yaratgan. Bu testlarning turlari, ushbu test qaysi bosqichdagi bilimlarni tekshirayotganligiga bogTiq holda bir - biridan farqlanadi. Bunda test yordamida mavjud bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini va ularni ijodiy qoTlanilishini aniqlash mumkinligi qayd etgan. Chizma geometriya va muxandislik grafikasi yo‘nalishida esa dastlabki testlarni Nizomiy nomidagi TDPU “Chizma geometriya, chizmachilik va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti Ikrom Raxmonov tuzgan. Uning 1994 yil «O‘qituvchi» nashriyotidan chiqqan «Chizmachilikdan test», 1996 yil «Chizma geometriya kursi va texnikaviy grafikadan testlar» kabi kitoblari hozirgi kunda mamlakatimizning barcha oliy o‘quv yurtlarida o‘rganib kelinmoqda. Testlarni chizmachilik darslariga tadbiq qilishga kelsak, talabalar bilimini tekshirishda, mustahkamlashda, baholashjarayonida qanday testlardan foydalanish qulay va samarali chiqishini o‘ylab ko‘rish lozim. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, birinchi kursga qabul qilingan talabalarning ko‘pchiligi kurs boshida o‘tilgan mavzuga oid savol - javob o‘tkazilganda yoki grafik ish chizganda oddiy geometrik elementlarni noto‘g‘ri ifodalaydilar. Masalan: Shrift oTchamlari, qog‘oz bichimlari, oTcham belgilaridan radius, diametr yoki qiyalik va konusliklar belgilarini ifodalsh qoidalari va hokazolar. Bu esa chizma sifatini buzilishiga, talaba bahosini pasayib ketishiga sabab boTadi. Shularni hisobga olib, har bir katta mavzu o‘tib boTingach, shu mavzuni mustahkamlash maqsadida oldingi o‘tilgan mavzular bilan birga qisqa - qisqa test savollarini ishlatish lozim. Lekin qanday test berilishi yuqoridagi muammoni yechishga yordam beradi. Kuzatishlar testlarni quyidagi guruhlarga boTish mumkinligini ko‘rsatdi: aniq voqeylik va oTcham ko‘rsatish talab qiluvchi; bayon matnini matematik ifoda asosida belgilovchi; sxema(grafik, belgi, diagramma)ni izohlovchi; axborotni esda saqlab qolish va qayta tiklashni ta'minlovchi va hakazo. Aniq voqeylik va о ‘Icharn talab qiluvchi testlar:
Download 141.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling