O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti


Iqtisodiy nazariyaning asosiy masalalari va tarkibi


Download 76.2 Kb.
bet6/9
Sana08.11.2023
Hajmi76.2 Kb.
#1754399
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAKROIQTISODIYOTNING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI11111111

Iqtisodiy nazariyaning asosiy masalalari va tarkibi2

Iqtisodiy nazariyaning masalalari

Iqtisodiy nazariyaning bo`limlari

Mikroiqtisodiyot

Iste`molchilar bozordagi talab hajmi va tarkibini qanday belgilaydilar?
Ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab chiqarish hajmi va usullarini qanday aniqlashadi?
Bozor bahosi qanday tashkil topadi?
Milliy daromad qanday taqsimlanadi?
Davlat ishlab chiqarish omillarini tarmoqlararo taqsimlash va milliy daromadni individlararo taqsimlashda ishtirok etishi kerak-mi?

Iste`molchi talabi nazariyasi


Mahsulot ishlab chiqarish va taklif etish nazariyasi
Tarmoq va umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasi
Ishlab chiqarish omillar bahosini shakllantirish nazariyasi
Ijtimoiy farovonlik nazariyasi









Makroiqtisodiyot

Milliy daromad miqdorini nima belgilab beradi?


Pul nima va uning roli qanday?
Baholar darajasi nima va uning dinamikasini qaysi omillar belgilab beradi?
Bandlik darajasini nima belgilab beradi?
Iqtisodiy kon`yuktura o`zgarishlarinni qaysi omillar belgilab beradi?
Barqaror iqtisodiy o`sishning shartlari qanday?
Mamlakatning iqtisodiy kon`yukturasiga tashqi dunyo qanday ta`sir ko`rsatadi?
Davlat barqaror iqtisodiy o`sishga erishishni qanday ta`minlashi mumkin?

Statik makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi


Pul nazariyasi

Inflyatsiya nazariyasi


Ish bilan bandlilik nazariyasi.
Iqtisodiy davrlar nazariyasi
Iqtisodiy o`sish nazariyasi

To`lov balansi va valyuta kursi nazariyasi


Davlatning barqarorlashtirish siyosati nazariyasi





masalalar ro`yxati mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanlari predmetlarini yaxshiroq farqlab olishga yordam beradi. Nisbatan mustaqil bo`lgan bu ikki fanning iqtisodiy hodisalar va qonuniyatlar to`g’risidagi xulosalari bir birini to`ldirib turadi..


Uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub`ektlari hisoblanidilar.
Bu sub`ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda. Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o`sishini ta`minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb hisoblashishsa iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi.
Bugungi kunga kelib ko`pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo`lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa sub`ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta`minlash maqsadida, o`z tasarrufida mavjud bo`lgan vositalar orqali ularni yo`naltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo`jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi.
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish, analiz va sintez, deduktsiya, induktsiya, statistikkuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish usullari kiradi. Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o`ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab ko`rsatkichlarni alohida-alohida o`rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish o`ta qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqit usullaridan foydalaniladi.

Download 76.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling