O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/83
Sana08.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1757524
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
Bog'liq
Obyektga yo`naltirilgan dasturlash tillari

 
 



 
KIRISH 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyev 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga 
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “Biz ta’lim va tarbiya tizimining 
barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni 
o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”, - deb ta’kidlagan edilar.
Kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgargan xodimlarimiz, 
mutaxassislarimizga ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Yangicha fikrlaydigan, bozor 
sharoitlarida muvaffaqiyatli xo‘jalik yuritadigan, yuksak malakali, chuqur bilimli 
mutaxassislarni tayyorlash davr talabi bo‘lib qoldi. Mamlakatimiz rivojlangan 
davlatlar qatoridan mustaxkam o‘rin egallashi uchun zamonaviy kompyuter 
texnologiyalarini xayotimizning barcha jabxalariga keng joriy etib kelinmoqda. 
Xozirgi vaqtda kompyuter texnologiyalari rivojlanib borayotgan vaqtda asosiy 
e`tibor foydalanuvchilarga emas, dasturchilarga qaratilmoqda. Shuni hisobga olib, 
talabalarda dasturlar tuzish ko‘nikmalarini hosil qilish va ularda kerakli amaliy 
dasturlarni yarata olish imkoniyati shakllantirishga katta e`tibor berilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar Tayyorlash Milliy dasturida ham yosh 
avlodni yangi kompyuter texnologiyalarini egallashi, ularning bilimlarini chet el 
talabalari saviyasiga etkazish dolzarb masala qilib qo‘yilgan. 
So‘ngi yillarda kompyuterning dasturiy ta’minoti rivojlanishi asosiy 
yo‘nalishlaridan biri bu obyektga yo‘naltirilgan dasturlash sohasi bo‘ldi. Obektga 
yo‘naltirilgan operatsion tizimlar (Masalan, Windows), amaliy dasturlar va obyektga 
yo‘naltirilgan dasturlash tizimlari ham ommaviylashdi. 
Birinchi obyektga yo‘naltirilgan dasturlash elementi Simula-67 (1967 y., 
Norvegiya) tili bo‘ldi. Turbo PASCAL ning 5,5 versiyasidan boshlab obyektga 
yo‘naltirilgan dasturlash vositalari paydo bo‘ldi. Turbo PASCAL ning rivoji yakuni 
sifatida BORLAND filmasi tomonidan DELPHI dasturlash tizimi yaratilishi bo‘ldi. 
Ushbu tizim yordamida tez va oson murakkab bo‘lgan grafik interfeysni 


10 
dasturlash imkoniyati mavjud. 1991- yilda Visual BASIC ning I versiyasidan 
boshlab bu til to‘laligicha obyektga yo‘naltirildi (1997- yil).
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan yana biri 1995- yilda Jeyms 
Gosling boshchiligida Sun Microsystems kompaniyasida yaratilgan JAVA tilidir. 
Uni ishlab chiqishda maxsus o‘rganish talab qilmaydigan, sodda tilni maqsad 
qilingan.
JAVA tili maksimal darajada C ++ tiliga o‘xshash bo‘lishi uchun yaratilgan.
JAVA Internet uchun dasturlar tayyorlashning ideal vositasidir. So‘ngi yillarda
Microsoft kompaniyasi tomonidan C++ davomchisi sifatida C # (Ci sharp) tili 
yaratildi.
1985- yilda Bell Labs (AQSh) laboratoriyasi C++ dasturlash tili 
yaratilganligini xabarini berdi. Bugungi kunda bu til obyektga yo‘naltirilgan
dasturlash tillari orasida mashhurdir. Bu til yordamida istalgan mashina uchun – 
shaxsiydan to superkompyuterlargacha dasturlar yozish mumkin. Bu tilning asoschisi 
Born Straustrupdir. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling