O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «audit» kafedrasi


-chizma. Qo’shimcha izohsiz standart auditorlik xulosasining ko’rinishi


Download 490.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana21.11.2023
Hajmi490.83 Kb.
#1791892
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
auditorlik tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish

 
6-chizma. Qo’shimcha izohsiz standart auditorlik xulosasining ko’rinishi 
Auditorlik dalolatnomasi korxona rahbari, bosh buxgalteri va auditor 
tomonidan imzolanadi.
Agar qayd etilgan kamchiliklar buxgalteriya hisobotiga muhim tarzda ta’sir 
etmasa, auditor auditorlik xulosasini tuzishga kirishishi mumkin. Aks holda auditor 
hisobning to’g’riligini tasdiqlash va hisobotga baho berishdan bosh tortishi kerak. 
Faqat kamchiliklar bartaraf etilgach tekshiruvchi ishini davom ettirib, xulosa 
- Auditorlik kompaniyasining nomi va manzili 
2 - Hisobotning nomlanishi 
3 - Hisobotni oluvchilar 
4 - Kirish - 1 xat boshidan 2-xat boshigacha bo’lgan tekst - “Haqiqiy tasdiq” 
5 - Chegara - 2 xat boshidan 3-xat boshigacha bo’lgan tekst – “Haqiqiy tasdiq” 
6 - Fikr - 3 xat boshidan 4-xat boshigacha bo’lgan tekst – “Xulosa” 
7 - Auditorlik kompaniyasining nomi va xolis auditorlar imzosi 
8 - Audit xulosasi imzolangan sana 
9 - Ob’ektda audit tugatilgan sana 


50 
beradi»
1

Yuqorida aytilgandek, umumiy audit natijalarini ma’lum qilish auditning 
umumiy qabul qilingan andozalarida o’z aksini topgan. Albatta, bu xulosalar 
shartli auditorlik xulosalari bo’lishi mumkin.
Hisobotning mazmunidan qat’iy nazar 9 ta bo’g’in o’zgarishsiz qoladi. Ular 
quyidagilardir:
1. Auditorlik kompaniyasining nomi va manzili. 
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida auditorlik firmasi Adliya 
Vazirligidan ro’yxatga olinishi uchun qat’iy ofisi joylashgan manzil va ofisda ish 
sharoitlari mavjudligi haqida ma’lumotnoma berishi kerak. Bu yuridik manzil 
kerakli hujjatlarda aks ettiriladi va doimo auditorlik firmasini qidirib topish 
mumkin.
2. Hisobotning nomlanishi. Audit andozalari qo’ygan talabga ko’ra auditorlik 
xulosasi, albatta, nomlanishi va nomlanishda «mustaqil» yoki «xolis» degan so’z 
bo’lishi shart. Masalan: «Mustaqil auditorlar xulosasi» yoki «xolis buxgalter fikri». 
Bu talab foydalanuvchilarga audit hamma jabhalari bo’yicha ob’ektiv 
o’tkazilganligini ko’rsatib turadi.
3. Hisobotni oluvchilar. Hisobotni oluvchi kompaniya, uning aktsionerlari 
yoki direktorlar kengashi bo’lishi mumkin. Umuman olganda hisobotni oluvchilar 
aktsionerlar bo’lmog’i lozim, chunki audit kompaniyaga ham, uning direktorlar 
kengashiga ham tobe emas. 
4. Kirish: 1-xat boshidan 2-xat boshigacha bo’lgan tekst. Bu qismda uchta 
funktsiya bajariladi: Birinchidan, auditorlik firmasi tomonidan audit o’tkazganligi 
qayd etiladi. Negaki bajarilgan ish bu umumiy kuzatish yoki tasdiqlash xizmatlari 
emasligini ko’rsatish kerak. Ikkinchidan, bu erda auditdan o’tkazilgan hisobotlar 
sanab o’tilgan va bu hisobotlarni qaysi sanaga tuzilganligi keltirilgan. 
Uchinchidan, bu erda moliyaviy hisobot uchun javobgarlik ma’muriyat zimmasida 
ekanligi, auditorlar esa faqat hisobot yuzasidagi fikrlari uchun javobgarligi 
keltirilgan. Bu jumlalarni yozishdan maqsad, zarur buxgalteriya asoslarini 
1
Danilevskiy Yu.A. Audit: organizatsiya i metodika provedeniya// Moskva: «Buxgalterskiy uchet»-2010.- 79 bet. 


51 
tanlashda va bu asoslar bo’yicha qarorlar qabul qilishda kompaniya 
ma’muriyatining javobgar ekanligini ko’rsatishdir. Bundan tashqari, bu jumla 
kompaniya ma’muriyati va auditorlar o’rtasidagi vazifalarni aniqlashtirib beradi.
5. Chegara. 2-xat boshidan 3-xat boshigacha bo’lgan tekst. Bu erda audit 
davomida auditorning bajargan ishlari keltirilgan. Avvalambor, bu tekstda auditor 
umumiy qabul qilingan andozalarga asoslanib, ish ko’rilganligi qayd etilgan. So’ng 
auditning asosiy jihatlari ko’rsatilgan.
Bu abzatsda o’tkazilgan audit chegaralari yoritilib, unda hisobot muhim 
xatodan holi bo’lishiga etarli darajada ishonch hosil qilish auditning maqsadi 
ekanligi ko’rsatilgan. «Muhim» degan so’zning ko’rsatilishi auditor faqat muhim, 
ahamiyatli xatolarni ko’rsatishga javobgarligini anglatadi. «Etarli darajada 
ishonch» degan so’zlar auditorni mutlaq xatolarni aniqlab topadi, degan ma’noni 
anglash xato ekanligini ko’rsatib, ahamiyatli xatolar, me’yorlardan chetlash 
ehtimoli bo’lishi mumkinligidan dalolat beradi. Boshqacha qilib aytilsa, audit 
yuqori darajada ishonchni ta’minlaydi, lekin mutlaq kafolat bermaydi.
Auditor yig’gan ma’lumotlar fikr berish uchun etarli ekanligini va dalillarni 
yig’ish tanlab olish yo’li bilan o’tkazilganligini qayd etadi. Agar kirish qismida 
auditor moliyaviy hisobotni tayyorlash va mazmuni uchun ma’muriyat javob 
berishini tasdiqlagan bo’lsa, bu abzatsda u qo’llanilgan buxgalteriya asoslari va 
taqdim qilish tartibining baholanganligini bildiradi. Yuqoridagilar asosida audit 
davomida fikr berish uchun etarli muolajalar qilinganligidan dalolat berish 
ta’kidlanadi.
6. Fikr - 3-xat boshidan 4-xat boshigacha bo’lgan tekst. Qo’shimcha 
tushuntirish berilmagan shartsiz xulosaning so’nggi qismida auditorning xulosasi 
keltiriladi. Bu qism shunchalik muhimki, ko’pincha auditorlik xulosasi «auditor 
fikri» deb yuritiladi. Umuman «bizning fikrimizcha» degan so’zlar mutlaq ishonch 
hosil qilish mumkinligini rad etadi, ya’ni xulosalar mutaxassisning fikrlashi 
mahsuli ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari auditdan o’tgan hisobotda 
doimo ma’lumot tavakkalchiligi mavjud ekanligini qayd etish kerak.
Fikrni ma’lum qilish abzatsi birinchi va to’rtinchi umumiy qabul qilingan 
audit andozalari bilan bevosita bog’liq. Auditorning oldiga qo’yilayotgan talab 


52 
shundan iboratki, u moliyaviy hisobot bo’yicha to’la fikr berishi va 
tekshirilayotgan kompaniya umumiy qabul qilingan buxgalteriya asoslariga rioya 
qilishini aniqlashi kerak.
Auditorlik xulosasining ziddiyatli tomonlaridan biri - bu «to’g’ri aks ettirgan» 
degan so’zlardir. Agar kompaniya umumiy qabul qilingan buxgalteriya uslublariga 
to’la rioya qilgan bo’lsa, uning moliyaviy hisoboti har doim ham to’g’ri, haqqoniy 
bo’ladimi? yoki bu so’zlar ko’proq va chuqurroq ma’noni anglatadimi? Shuni qayd 
etish kerakki, rivojlangan mamlakatlarda audit natijalari bo’yicha sudlashilganda 
sudlar ko’pincha auditorlarni umumiy qabul qilingan buxgalteriya uslublaridan 
chuqurroq tekshirish olib borishadi, degan xulosaga keladi. Ko’pchilik auditorlar 
esa moliyaviy hisobot umumiy qabul qilingan buxgalteriya uslublariga mos bo’lsa, 
u korxona ish faoliyatini to’g’ri aks ettiradi, deb hisoblashadi. Ma’lumotda xato 
yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun, bizning fikrimizcha, chuqurroq xo’jalik 
muomalalarini tekshirish, uning mazmuniga e’tibor berish kerak, deb hisoblaymiz.
7. Auditorlik kompaniyasining nomi va xolis auditorlar imzosi. Bu erda 
auditorlik firmasining nomini keltirish muhimdir, chunki audit uchun kasbiy va 
yuridik javobgarlik auditorlik firmasi zimmasidadir.
8. Audit xulosasi imzolangan sana va
9. Ob’ektda audit tugatilgan sana ko’p hollarda ma’lum bir kun bo’ladi. Bu 
sananing muhimligi shundaki, shu kungacha auditor javobgar bo’ladi. Masalan, 
balans 31 dekabr 200X yil bilan tugatilgan bo’lsa va auditorlik xulosasi 20 fevral 
200Y yil bilan imzolangan bo’lsa, auditor 20 fevral 200Y yilga qadar tekshirish 
o’tkazishga harakat qilinganligini anglatadi.
Shunday qilib, audit natijasi bo’yicha beriladigan xulosaning qismlarini 
bo’g’inlarga ajratib, tahlil qilishni va qisqa shaklda katta mazmun berishni audit 
natijalari bo’yicha to’la hisobotni oshkor etib bo’lmasligi, ya’ni audit 
ma’lumotlarining konfidentsialligi taqozo etadi.
O’zbekiston iqtisodining hisob va hisobot tizimida, auditorlik faoliyatida, 
hozirgi kunda yuqorida keltirilgan takliflar asosida ish yuritish va xulosa 
tayyorlash o’ta muhim, deb hisoblaymiz. 


53 

Download 490.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling