O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «audit» kafedrasi


Download 490.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana21.11.2023
Hajmi490.83 Kb.
#1791892
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
auditorlik tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


64 
Xulosa 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning xilma-xil shakllarining vujudga 
kelishi hamda xo’jalik yuritishning zamonaviy usullarining joriy etilishi auditorlik 
tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish va taqdim etish borasida 
ham ma’lum bir muammolarni vujudga keltirdi. Ushbu bitiruv malakavy ishimizda 
auditorlik tekshiruvlarining natijalarini baholash va umumlashtirish hamda 
auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish bo’yicha taklif va amaliy tavsilar ishlab 
chiqdik quyidagi xulosalar ishlab chiqildi. 
I. Auditorlik hisoboti tuzishda tomonlarning huquqlari va burchlarini tartibga 
solish. Ularning o’zaro mas’uliyati mustaqil tekshirish chog’ida tomonlarning 
huquqlari, burchlari va o’zaro mas’uliyati moliya nazoratida audit uchun xarakterli 
uch xususiyat asosida o’rganildi. Ushbu dissertatsiyada auditorlarning tadbirkorlik 
faoliyati va ular bajaradigan dalolat berish vazifasi natijalarining o’zaro bog’liqligi 
jihatlari bo’yicha zarur aniqliklar ishlab chiqildi. 
Ayni shu sababli, bunday munosabatlarning zarur va qat’iy nazorat 
qilinadigan sharti – bu tashqi auditorning tekshirayotgan iqtisodiy sub’ektning 
ma’muriyatidan mustaqilligidir. Ilmiy ishda bunday mustaqillikning turli 
muammolari umumlashtirildi va tafsillashtirildi. Unda mustaqillikning quyidagi 
jihatlari muhokama qilingan: 
1. Tashkiliy mustaqillik: ta’sischilarning tarkibi bo’yicha; tashkiliy-huquqiy 
shakli bo’yicha; mulkchilik shakli bo’yicha; ishlab chiqarish tuzilishi bo’yicha, 
kadrlar tarkibi bo’yicha (jumladan shaxsiy va oilaviy sifatlar bo’yicha) 
2. Moddiy-texnikaviy mustaqillik: ustav kapitali miqdori etarliligi; muayyan 
moddiy texnika bazasining mavjudligi; zarur hollarda davlatning qo’llab-
quvvatlashi; xodimlarning moddiy ta’minlanishi darajasi. 
Umumiy xulosa shundan iboratki, audit o’tkazish uchun tuzilgan 
shartnomalarning dispozitiv jihatlaridan ayniqsa hozirgi sharoitda xatarlarni 
oqilona taqsimlash uchun mumkin qadar to’la foydalanish lozim. 
II. Auditorlik hisobotini ishonchliligini ta’minlash va xatarni kamaytirish 
uchun dalillar to’plash. Auditorlik xatarini kamaytirishning asosiy yo’llari maxsus 


65 
adabiyotlarida ko’p marta bayon qilingan modeli (DAR=IR

CR

DR) yo’nalishida 
tadqiq etilgan. Auditorlik xatari komponentlari va uning darajasini auditorlik 
dalillarini to’plash orqali komponentlar bo’yicha pasaytirish omillari tahlil qilindi. 
Shu omillar orasida quyidagilar batafsil tadqiq etildi: 
1. Oldingi auditorlik tekshirishlarining natijalari yuzasidan chiqarilgan 
xulosalar (nazorat tizimi samaradorligi baholash uchun asos sifatida); ichki nazorat 
tizimining bo’sh joylari borligi to’g’risida auditorlik dalillarining mavjudligi; 
ma’muriyatga yoziladigan xatda shu bo’sh joylarni ko’rsatish; joriy yilda ichki 
auditorlar yordamida shu bo’sh joylarni o’rganish va mustahkamlash; mustaqil 
auditor yordamida bo’sh joylarni tugatish imkoniyati; nazorat tizimining shu 
uchastkasi o’z holiga tashlab qo’yilgani yoki aksincha – yaqinda tahlili qilingan va 
bu sohada ishlarning ahvoli mustahkamlangani. 
2. Hisobotning o’zi tahlil qilishga auditorlik tadbirlariga, to’plangan dalillarga 
asoslangan xulosalar; foydanilgan usullarni baholashdagi sub’ektivlik darajasi; 
hisobot mijoz firmasini boshqarishda yuz bergan tarkibiy o’zgarishlar; 
operatsiyalarning murakkabligi darajasi; faoliyatning ayrim uchastkalari bo’yicha 
yakunlovchi ko’rsatkichlarning katta xatarga uchrashi mumkinligi, hisob siyosati 
o’zgarishining jiddiy ta’siri; operatsiyalarning ularning turlariga ko’ra 
operatsiyalarni amalga oshirish oralig’i; alohida e’tibor berish talab qiladigan havf-
xatar kuchli zonalarining mavjudligi; qadrlar qo’nimsizligi, ularning professional 
bilimini oshirish omillari; turli dasturlardan foydalanish chog’ida axborotni ishlab 
chiqarish tizimining murakkabligi va boshqalar. 
3. Auditor standart ijobiy xulosa berish chog’idagi aminlik darajasi mutloq 
darajadan kam bqladi - bu fikr oldingi ikki fikrdan mantiqan kelib chiqadi, lekin 
uni aloxida ta’kidlash muhim, chunki O’zbekistonda, xalqaro tajribada ham 
auditorning ijobiy xulosasining vazni ancha yuqoridir. 
4. Auditorlar va foydalanuvchilarning maqsadlaridagi sanab qtilgan 
ziddiyatlar sqzsiz ravishda ularning qrtasida boshqa ziddiyatlarni, jumladan pul 
bilan baholanadigan ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Tajribaning ko’rsatishicha, 
xaqiqiy auditorlik tekshirishi chog’ida nuqsonlarning aniqlanishi deyarli 


66 
muqarrardir. Taraqqiyotning eng maqbul yqlidan ma’lum darajada og’ishining 
paydo bqlishi umuman har qanday xqjalik tizimiga xosdir. Shu sababli auditor har 
gal har bir nuqsonning muhimligini (qilinayotgan hisobot segmentlaridagi 
nuqsonlarni xam) baxolashga, to’plangan jami auditorlik dalillarini kqrib 
chiqishga, ularning buxgalteriya hisobotining tqg’riligiga va ishonchligiga umumiy 
ta’sirini baholashga majbur bo’ladi. 
Ma’muriyat tayyorlagan hisobotda u tasdiqlagan fikrning mohiyatini, 
shuningdek, auditorlik dalillarining mohiyatini, ularni to’plash zarurati va 
usullarini tadqiq etish auditorlar ishining asosiy qismidir. Shunga muvofiq ravishda 
bu axborot xatari, shuningdek auditorlarnig tadbirkorlik xatari darajasini 
pasaytirishning qudratli omili hamdir. 
Bitiruv malakaviy ishda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga 
tadbiq qilinishi auditorlik tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish va 
taqdim etish jarayonini milliy va xalqaro standartlar asosida tashkil etish va
takomillashtirishda o’ziga xos o’rin egallaydi. 


67 

Download 490.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling