Reja: auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va umumlashtirilgan dasturiy ta’minot sharhi


Download 1.52 Mb.
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1143707
  1   2   3
Bog'liq
Audit Prezentatsiya


AUDITORLIK TANLASH
Это изображение, автор: Неизвестный автор, лицензия: CC BY
REJA:
1. AUDITORLIK DALILLARINI TO’PLASH VOSITASI SIFATIDA TANLASH VA UMUMLASHTIRILGAN DASTURIY TA’MINOT SHARHI
2. AUDITORLIK TANLASHNING MAQSADI VA TANLASH BILAN BOG’LIQ RISKLAR
3. TANLASHNING STATISTIK VA NOSTATISTIK TURLARI
4. ATRIBUT TANLASH VA UNING MOHIYATI
5. MONETAR TANLASH
1. Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va umumlastirilgan dasruriy ta’minot sharhi
Auditda tanlash ichki nazoratni va schyotlar qoldiqlarini hamda ularning tasdiqlanganligini tekshirish uchiun foydalaniladi va tekshirlayotgan hisobot davrida amalga oshirilgan operatsiyalarni barchasini to’liq tekshirish imkoni bo’lmaganda qo’llanadi. Chunki moliyaviy hisoboti tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subyektlarning hajman kattaligi va ularda sodir bo’lgan muammolarning murakkabligi hamda ko’pligidan, mazkur muammolarni ytekshirish iqtisodiy jihatdan imkonsiz hisoblanadi. Auditor hujjatlarni tekshirish, hisob – kitoblarini takror bajarish yoki tasdiqlarni jo’natish kabi amallarni bajarganda tanlash usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuningdek, shuni ta’kidlash lozimki auditorlik amallaridan, jumladan so’rov, kuzatish va ko’pchilik tahliliy amallaridan foydalanishda tanlashdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi.
Auditning umumlashtirilgan dasturiy ta’minoti (AUDT). Bu dasturiy ta’minotlar aynan auditorlar uchun ishlab chiqilgan. AUDTdan 100% muvofiq bosh to’plamni testlashni soddalashtirish va avtomatlashtirish uchun foydalanish mumkin, u shuningdek, auditorni risk yuqori bo’lgan ma’lum oshalarga yoki operatsiyalar toifasiga e’tiborni qaratishga yordam beradi. AUDT dasturiy ta’minoti ma’lumotlarni o’qish, ishlov berish va yozish uchun yaratilgan. Auditorlar AUDTdan mijozning kompyuterlashtirilgan ma’lumotlarini yuklab olishda foydalanishlari mumkin: shundan keyin dasturiy ta’minot ma’lumotlarga nisbatan ko’p yo’llar orqali ulanishi mumkin. Masalan, ma’lumotlar ko’rib chiqilishi, ajratilishi, umumlashtirilishi, stratifikatsiyalanishi, tahlil qilinishi va tanlab olish uchun foydalanishi mumkin. Auditolarni qiziqtiradigan AUDTning boshqa funksiyalari tarkibiga dublikat elementlari, jumladan dublikat schyot-fakturalar, sanalr orasida uzilishlar va chek nushalari ma’lumotlaridagi uzilishlarni aniqlashni o’z ischiga oladi.
2. Auditorlik tanlashning maqsadi va tanlash bilan bog’liq risklar
Tanlash birliklariga tekshiriladigan alohida elementlar kiritiladi. Tanlash birliklari umumiy to’plamni tashkil etadi. Umumiy to’plam auditor nazorat protseduralari samaradorligi yoki schyotdagi buzib yozishlar kabi ayrim xususiyatlarni baholamoqchi bo’lganida, schyotlar saldosiga tashkil etuvchi operatsiyalar yoki elementlar guruhidir. Tanlash birligiga daromadni tan olishga ta’luqli bo’lgan yil davomida sotilgan buyurtmalar bo’lishi mumkin edi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling