O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi


 Kichik biznesni xalqaro kredit tashkilotlari liniyalari orqali kreditlash


Download 394.35 Kb.
bet18/35
Sana03.12.2023
Hajmi394.35 Kb.
#1799448
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik-fayllar.org

2.3Kichik biznesni xalqaro kredit tashkilotlari liniyalari orqali kreditlash 


mexanizmining tahlili 

Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va uning 


natijalarini aks ettiruvchi ko`rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori
bo`lishiga ham bog`liq ekanligi shubhasizdir. 
Kam xarajat hisobiga yangi ish o`rinlari yaratish imkoniyati, yirik biznes kirib
bora olmaydigan bozor sigmentlarini egallay olish qobiliyati, ayniqsa, xizmat 
ko`ratish sohasida va uncha katta bo`lmagan mahalliy resurs bazalarini
o`zlashtirishda juda qulay tashkiliy shakl ekanligi kichik biznesni rivojlantirishning 
ahamiyati beqiyosligini ko`rsatadi. Shu sababli ham kichik biznesni jadal
rivojlantirish masalasi mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, xizmat 
ko`rsatish sohasini rivojlantirish va shuningdek, mamlakatning eksport salohiyatini
oshirish masalalari bilan chambarchas bog`langan. Kichik biznes subyektlarini 
moliyaviy qo`llab-quvvatlashning manbalaridan biri bu - xalqaro moliya
tashkilotlari va chet el banklari tomonidan ajratilayotgan mablag`lar hisobidan 
ochilayotgan kredit liniyalari hisoblanadi. Respublikamiz iqtisodiyotida amalga
oshirilayotgan tarkibiy o`zgarishlar yirik sarmoyalarni talab qiladi.
Hozirgi kunda O`zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda, kichik biznes
korxonalarida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirishda xorijiy kredit 
liniyalari katta ahamiyatga ega. Xorijiy kredit liniyalari hisobidan kreditlar, kichik
biznes subyektlariga eksportga mo`ljallangan va import o`rnini bosuvchi 
mahsulotlar, qishloq xo`jalik mahsulotlarini va boshqa xom ashyo resurslarimi
qayta ishlashni hamda boshqa kundalik ehtiyojdagi xalq ite'moli tovarlarini ishlab 
chiqarishni nazarda tutadigan investitsion loyihalargsa beriladi. Chunki eksportbop
mahsulotlar ishlab chuqarish uchun kichik biznes korxonalari ishlab chiqarishga 
eng yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishi zarur.
Tijorat banklari tomonidan xorijiy kredit liniyalarini ushbu jabhaga jalb 

49
etilishi orqali, investitsion loyihalarni moliyalashtirish tezlashtirilmoqda. 


Xorijiy kredit liniyalari asosan Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Bank,


Asakabank, Agrobank, Ipak Yo`li banki, Mikrokreditbank, Ipoteka bank va boshqa 
banklar tomonidan jalb qilingan va o`zlashtirilmoqda. Yuqoridagi banklar
tomonidan hozirgi kuda Yevropa Taraqqiyot va tiklanish banki, Xalqaro moliya 
korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniyaning tiklanish va taraqqiyot
banki, OPEK fondi hamda Italiyaning "Nationale de lavoro" banklari kredit 
liniyalari jalb qilingan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirish 
uchun 2017 yilda ajratilgan xorijiy kredit liniyalari va kreditlash shartlari:


Download 394.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling