O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
UO‘K 336.74.02(075.8) KBK 65.262.2ya73 ISBN 978-9943-13-854-4 © T.I. Bobakulov, U.A. Abdullayev, J.Ya. Isakov, 2019 © «IQTISOD-MOLIYA», 2019 3 KIRISH Monetar siyosat davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning obyekti bo‘lib, pullarga bo‘lgan talab va pullar taklifi hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatda inflyatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodiyotning pul mablag‘lariga bo‘lgan talabini qondirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kredit institutlarining kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy valyuta kurslarining barqarorligini ta’minlashda monetar siyosat muhim o‘rin tutadi. Markaziy banklar tomonidan amalga oshirilayotgan monetar siyosat dunyonng bir qator mamlakatlarida, shu jumladan, taraqqiy etgan mamlakatlarda iqtisodiyotni o‘sish sur’atlari barqarorligini ta’minlashda, eksportni rag‘batlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Xususan, AQSh Federal zaxira tizimi (FZT), Yaponiya, Shveytsariya Markaziy banklari va Yevropa Markaziy banki (EMB) tomonidan “miqdoriy zaiflashtirish” siyosatining qo‘llanilayotganligi makroiqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashda, aholining bandlik darajasini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini takomillashtirish, shuningdek‚ valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida e’tirof etilgan 1 . Bu esa, o‘z navbatida, “Monetar siyosat” fanini o‘qitish sifatini yanada oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2017. – № 6 (766). – 32-b. 4 Mazkur darslikda monetar siyosatning asosiy masalalari – strategik va taktik maqsadlari, instrumentlari va indikatorlaridan foydalanish, inflyatsion targetlash rejimini qo‘llash, monetar siyosatning makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi rolini oshirish masalalari yoritilgan. Fanning predmetida asosiy e’tibor ilg‘or xorij tajribasi tahliliga qaratilgan. Chunki, AQSh FZT, EMB va Yaponiya Markaziy bankida, monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish borasida boy tajriba mavjud. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmada O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan monetar siyosatning zamonaviy holati ham tahlil qilinadi va uning o‘ziga xos xususiyatlariga baho beriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling