O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


 Rivojlangan mamlakatlarda biznesni arkazlashtiril magan holda


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet131/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

12.6. Rivojlangan mamlakatlarda biznesni arkazlashtiril magan holda 
boshqarish tajribasi 
AQSh iqtisodiyotida biznes tarkibini o‗zgartirish amaliyoti XIX asrning 50-
60-yillarida korxonalarda markazlashgan boshqaruvdan foyda, investitsiya kabi 
markazlarning huquq va majburiyatlarini oshirishga o‗tilishi bilan boshlandi. 
Rivojlangan davlatlar tajribasiga ko‗ra, korxonalar o‗rtasidagi raqobat 
kurashining kuchayishi ishlab chiqarishning moslashuvchanligi va samaradorligini 
oshirish, har qanday ichki va tashqi omillar ta‘siriga tayyor turish kabi muhim 
vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi. 


216 
Bunday sharoitda yirik korxonalar oldida vertikal integratsiyalashish 
darajasini 
haqqoniy 
baholash, 
uni 
pasaytirish 
imkoniyatlarini 
izlash, 
bo‗linmalarning xo‗jalik mustaqilligini ta‘minlash kabi vazifalar yuzaga keladi.
G‗arb 
mamlakatlari 
tajribasining 
tasdiqlashicha, 
biznesni 
nomarkazlashtirishda korxona rahbariyati bozorni o‗rganish, ishlab chiqarishni 
boshqarish va nazorat qilish, tovar va xizmatlarni sotish to‗g‗risida yetarlicha 
axborotlar to‗plash borasida dastlabki marketing izlanishlarini amalga oshirmasdan 
iqtisodiy samaradorlikka erishishi qiyin. 
Marketing izlanishlari tovar (ish va xizmat)larni bozorda foydali sotish 
bo‗yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishda asos vazifasini bajaradi. Mazkur 
izlanishlar mahsulotlar sifati va bahosiga ta‘sir etuvchi omillar hamda ishlab 
chiqarish va sotish ko‗rsatkichlari (sotish hajmi va joyi, mol yetkazib beruvchilar, 
vositachilar va h.k.)ni ifoda etadi. 
Biznes tarkibini o‗zgartirish bo‗yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishda 
quyidagilar marketing faoliyatining asosiy yo‗nalishlari hisoblanadi: 
1) korxonaning istiqbolli rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish; 
2) joriy biznes faoliyatiga ta‘sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni tahlil 
qilish; 
3) korxonaning ichki biznes tarkibini tahlil qilish; 
4) korxonaning faoliyat ko‗rsatayotgan tashkiliy tuzilmasining iqtisodiy 
samaradorligini baholash. 
Korxonaning istiqbolli rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilishda uning 
bozorda muayyan faoliyat turi bo‗yicha raqobatlashish darajasi aniqlanadi.
AQSh iqtisodchisi, strategik boshqarish bo‗yicha yetuk iqtisodchi olim 
M.I.Porter korxona biznesining rivojlanishiga olib keluvchi to‗rtta o‗zaro 
raqobatlashadigan iqtisodiy sub‘ektni ajratadi (12.9-rasm). 
Korxonalar o‗z biznes faoliyatini tashkil qilishda mol yetkazib beruvchilar 
to‗g‗risidagi zarur axborotlarni hisobga olishi zarur. Mol yetkazib beruvchilar 
korxonalar faoliyatiga yetkazib beriladigan mahsulotlarni bahosi va sifatining 
maqbulligini ta‘minlash orqali ta‘sir ko‗rsatadi. 


217 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling