O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton texnologiyasi 1 qism
5. 1-rasm. Talab еtiladigan beton R
b mustaxkamligi va qo’llanilayotgan R ts sement markasiga bog’liq xolda S/TS nisbatini tayinlash grafigi 5. 3-formulani R b < 2AR ts bo’lganda ishlatish kerak. Boshqa hollarda 5. 4- formula ishlatiladi. Beton tarkibini hisoblashda ba’zan uning sovuqqa chidamliligi, suv o’tkazmasligi, cho’zilish va еgilishga chidamliligini ham hisobga olish lozim bo’ladi. Bunday hollarda S/TS qiymati uchun tegishi bog’liqliklar ishlatiladi. Bundan bog’liqlikka misol keyingi bandlarda ko’rsatilgan, biroq beton tarkibini aniqlash asoslari avvalgidek qolaveradi. 2. Dastlabki sinov natijlari asosida yoki taqriban 5. 1-rasmdagi (birinchi qism) bo’yicha, beton harakatchanligiga bo’lgan talabdan kelib chiqkan holda suv sarfi belgilanadi. Bu holda, yirik to’ldiruvchining suvni shimish hususiyati hisobga olinishi kerak agar og’irligi bo’yicha 0, 5 foizdan ko’p bo’lsa, 5. 1-rasm 400 kg/m 3 gacha sement sarflanishi va suvni talab еtishi 7% bo’lgan o’rtacha qum hamda shag’al ishlatilishi nazarda turib tuzilgan. Boshqa to’ldiruvchilar ishlatilgan holatlarda jadvalda ko’rsatilgan izohga kerakli o’zgartirishlarni kiritish lozim bo’ladi. 81 3. Sement sarfi quyidagicha aniqlanadi : S =S : S/TS /5. 5/ Agar 1m 3 betonga sement sarfi QMQda ko’rsatilgandan ko’ra kamroq bo’lsa 5.4-jadvalga qarang/ uni talab еtilgan me’yorgacha ko’tarish yoki maydalab yanchilgan qo’shimcha qo’shish talab еtiladi. So’ngi vosita odatda ushbu markadagi beton uchun sementning faolligi o’ta yuqori bo’lgan hollarda qo’llaniladi. 4. Plastik beton qorishmalari uchun surilish koеffitsiyenti α 5. 5-jadvalga qarab belgilanadi /5. 5-qarang/. 5. Shag’al va tosh sarfi /5. 1/ formula bilan aniqlanadi. 6. Qum sarfi /5. 2/ formula bilan topiladi. 7. Namuna sifatida bajarilgan qorishmalarda beton qorishmasining harakatchanligi /konusning cho’kishi yoki bikirligi/ tekshiriladi, zarur hollarda beton tarkibi hisobiga kerakli o’zgartirishlar kiritiladi. Agar havo tortuvchi qo’shimchalar qo’shiladigan bo’lsa, qum sarfi hisoblanganda jalb еtilgan havoning miqdori hisobga olinadi. Zamonaviy texnologiyalar beton, betonga ishlatiladigan materilalar, uni tayyorlash texnologiyasi va beton qorishmasini joylashtirishga talab nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi. Biroq, bunda har bir holat uchun alohida hisoblash usulini yaratish zarur еmas. Og’ir beton tarkibini aniqlash ko’rib chiqilgan usul bo’yicha amalga oshirilishi kerak. Beton va unga ishlatiladigan materillarga ko’yiladigan alohida talablar tegishli qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish yo’li bilan hisobga olinishi kerak. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling