O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti


Oligofrenopedagogikaning hozirgi paytdagi vazifalari


Download 4.27 Mb.
bet118/270
Sana15.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1777195
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   270
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)

Oligofrenopedagogikaning hozirgi paytdagi vazifalari
Aqli zaif o‘quvchilarni rivojlantirish va tarbiyalash, o‘quv tarbiya jarayonida takomillashtirishning katta potentsial imkoniyatlari mavjuddir. Ana shu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish yo‘llari va metodlarini tushuntirib berish aqli zaif o‘quvchilarni o‘qitish nazariyasining muammolaridan biri hisoblanadi.
Aqli zaif o‘quvchilarda shaxs ma’naviy va irodaviy fazilatlarini shakllantirishga, mehnatsevarlikni, o‘qish istagini tarbiyalashga, bilish faolligini va mustaqilligini shakllantirishga, shaxsni takomillashtirishga, o‘qitishning tarbiyaviy ta’siri, o‘quv materialining izchilligi, sistemaliligi didaktikani rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridir.
Oligofrenopedagogikaning vazifalaridan biri aqli zaif o‘quvchilarning umumiy rivojlanishini aktivlashtirishdan, rivojlanishning umumiy ta’lim darajasini oshirish uchun maxsus shart – sharoitlar yaratishdan iboratdir. Bu o‘rinda tabiat, hodisalarini bevosita kuzatish, bolalarning shaxsiy tajribasiga tayanish, o‘quv materialini tanlash va bayon etishning izchil mantiqqa egaligi katta ahamiyat kasb etadi. Boshqa bir vazifa aqli zaif o‘quvchilarda abstrakt tafakkur hosil qilish imkoniyatlarini qidirishdan iboratdir.
Ba’zi pedagog va psixologlar o‘qv materialini muvoffaqiyatli o‘zlashtirish uchun aqliy harakterlarni bosqichma – bosqich egallash nazariyasi (P.Ya.Galperin, N.F.Talizina va boshqalar) qo‘llanishini tavsiya etishadi. Eng avvalo, aqli zaif o‘qvchilar fikrlash vazifasini aniq va ravshan anglab olishlari kerak. So‘nggi predmetli harakat bosqichi, ya’ni fikrlash faoliyati asosan maxsus tanlangan predmetlar yoki ularning o‘rnini bosadigan rasmlar, sxemalar, chizmalar va shu kabilar (masalan bola sanash bilan bir vaqtda kubiklarni ham ko‘radigan bo‘lsa) yordamida keladigan bosqich keladi.
Bundan keyingi bosqichda yordamchi maktab o‘quvchilarining aqliy xarakatlari nazariy tarzda, ammo, muqarrar tarzda tashqi vaziyatga tayangan holda yuz beradi. masalan, aqli o‘qvchi materialni o‘qiyotib, o‘z fikrini bildirishda o‘zicha so‘zlab yoki ovoz chiqarib turadi. U, shuningdek, nazariy jihatdan mulohaza qilarkan, ko‘rgazmali qurollarga, tekstlarga va boshqa moddiy o‘quv ob’ektlarga murojaat qilishi mumkin.
Aqliy rivojlanish va o‘qitishning osonligiga erishish imkoniyatlarining ro‘yobga chiqishi o‘quv jarayonining mazmuni va metodlari bilan bolaning hissiy tajribasi, hissiy bilish mexanizmi o‘rtasidagi aloqadan iboratdir (L.Vigotskiy, S.P.Baranov va boshqalar).

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling