Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi: kundalik faoliyat an’analari; bayram an’analari.
Kundalik faoliyat an’analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam turlari), va mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi.
Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bog‘liq sanalar (хususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navro‘z bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
«Jamoa» va «o‘quvchilar jamoasi» tushunchalariga izoh bering.
O‘quvchilar jamoasining o‘ziga xosliklarini sanab bering.
O‘quvchilar jamoasini shakllantirish bosqichlarini izohlang.
O‘quvchilar jamoasini shakllantirish darajalariga doir ma’lumotlarni topib o‘qing.
O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlariga tavsif yozing.
MUSTAQIL TA’LIM
Topshiriq shakli: XULOSA JADVALINI TUZISH
Mustaqil ishning maqsadi: tushunchalar yoki mavzuning alohida bo‘limlari o‘rtasidagi munosabatni jadval tuzish orqali o‘zlashtirish. Xulosa (umumlashtiruvchi) jadval - o‘zgaruvchilar ko‘rinishida ifodalangan o‘rganilayotgan hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarning konsentrlangan tasviri.
Jadvalni tuzish qoidalari: 1) jadval ifodali va ixcham bo‘lishi kerak, tadqiqot vazifasiga javob beradigan bir nechta kichik, lekin ko‘rgazmali jadvallarni tuzish yaxshidir; 2) jadval sarlavhasi, ustunlar va satrlar sarlavhalari aniq va ixcham shakllantirilishi kerak; 3) jadvalda albatta o‘rganilayotgan ob’ekt va o‘lchov birliklari ko‘rsatilishi kerak; 4) jadvalda biron bir ma’lumot bo‘lmasa, ellips qo‘ying yoki "Ma’lumot yo‘q" deb yozing, agar biron bir hodisa ro‘y bermagan bo‘lsa, chiziqcha qo‘ying; 5) bir xil ko‘rsatkichlarning qiymatlari jadvalda bir xil aniqlik darajasida berilgan; 6) jadvalda guruhlar, kichik guruhlar va umuman olganda jami bo‘lishi kerak; 7) agar ma’lumotlarni yig‘ish imkoni bo‘lmasa, bu ustunga ko‘paytirish belgisi qo‘yiladi; 8) katta jadvallarda har besh satrdan keyin o‘qish va tahlil qilish qulayligi uchun bo‘sh joy qo‘yiladi.
Mustaqil ishning rejalashtirilgan natijalari: - tadqiqot muammolarini original hal qilish uchun talabalarning individual ijodiy qobiliyatlaridan foydalanishga tayyorligi; - tushunchalar yoki mavzuning alohida bo‘limlari o‘rtasidagi munosabatni o‘zlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |