O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti
Eologik tarbiyani tashkil etish shakllari
Download 4.27 Mb.
|
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)
Eologik tarbiyani tashkil etish shakllari
Fuqarolarda ekologik savodxonlik va madaniyat ijtimoiy ta'lim-tarbiya muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, mehnat jamoalari, mahalliy boshqaruv organlari, ichki ishlar xodimlari, prokuratura, sud, ommaviy axborot vositalari singari shakllarda amalga oshiriladi. Fuqarolarga ekologik tarbiya berishda milliy xususiyat va tomonlarga asosiy e'tiborni qaratish foydali. Bular: suv, er, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Ota-bobolarimiz: «Suv – tabiat in'omi, hayot manbai», - deb bejiz aytishmagan. Ma'lumki hozir faqat 500 ming km3 ga yaqin chuchuk suv bor xolos. Ma'lumki, barcha yoshdagi kishilarda tabiatni muhofaza qilish haqida qimmatli hayotiy g'oyalar xalq donishmandligida asoslangan. Masalan, «Soyasidan xalq foydalanib turgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do'zaxga mahkum etur», «Dehqonchilik bilan shug'ullaninglar, dehqonchilik muborak kasbdir. Unga qo'riqchilarni ko'paytiringlar», «Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o'tqazsa, so'ng uning mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekinidan eyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi» va hokazo. Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biridir. 1911-1962 yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqta bo'lib, 53,4 metrni, shu darajalar 1994 yilda 32,5 metrga, suvning hajmi 1064 kub kilometrni (400 kub kilometrni) suvning yuzasi 66 ming kvadrat kilometrni (32,5 ming kvadrat kilometr) va minerallashuvi darajasi bir litr suvda 10-11 gramm (u ikki barobar oshganligining guvohimiz) ga etgan. Orol dengizining qurib borishi munosabati bilan xalqaro, keng ko'lamli ahamiyatga molik bo'lgan ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va desografik muammolarning murakkab majmui vujudga keldi. Dengizning qurib borishi va mintaqaning cho'lga aylanib borishi bilan bog'liq fojea bu havzada yashayotgan barcha xalqlarning ijtimoiy fojeasidir. Maktabda o'quvchilarni ekologik tarbiyalashda bunday ma'lumotlarni berib borish o'qituvchilarning asosiy vazifasi bo'lsog'i darkor. Endilikda atrof-muhitga, tabiat boyliklariga e'tiborsiz bo'lish butun sayyoraga jiddiy zarar etkazishi ma'lumligi aniq bo'lib qoldi. Inson bilan tabiat o'rtasidagi munosabatlar muammolarini echish zaruriyati tug'ildi. O'quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish pedagogika nazariyasi va amaliyotida dolzarb muammoga aylandi. Ayniqsa, umumta'lim maktablarida maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishi zarurligini ko'rsatadi. Tabiatni muhofaza qilish hozirgi zamonning asosiy masalalaridan biri bo'lib qolganligi o'quvchi ongiga singdiriladi. Haqiqatdan ham tabiiy boyliklardan haddan tashqari ko'p darajada foydalanish, yangi erlarni rejasiz o'zlashtirish oqibatida, ekologik muvozanat keskin o'zgardi, atrof-muhit ifloslandi. Ekologik tarbiya insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta'lim-tarbiya maktabda barcha fanlarni o'qitishda amalga oshirilishi ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Bizningcha, umumiy o'rta ta'lim va boshqa muassasalarda ekologik tarbiya berishni tarbiyalashning mazmuni quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak: -atrof-muhit va uning shaxs ma'naviy dunyosiga ta'siri; -tabiat va uning ahamiyatini anglash; -tabiatga muhabbatni shakllantirishda maktab va oilaning hamkorligi; -o'z tumani, shaharini, qishloq va maktab hovlisini ko'kalamzorlashtirishda, hatto sinf xonasidagi o'simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini; -oiladagi, maktabdagi tabiatni, o'simliklar va hayvonot dunyosini e'zozlashga o'rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish; -yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an'ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e'tiborni kuchaytirish. «Avesto»da kishilarni ekologik tarbiyalash bo'yicha quyidagi tadbirlar belgilangan: Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga mahkumdir. Ota-bobolarimiz azal-azaldan tabiatga yuksak mehr ko'rsatishgan. Yurtni obod etishgan, ko'chalarni, haylilarni sarishta qilishgan. Maktab o'quvchilari ekologik tarbiya jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur: -tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi bog'lanish; -tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish; -atrof-muhitni ifloslantirishdan saqlash; -tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish. Umuman umumiy ta'lim maktab o'quvchilarining ekologik ta'lim-tarbiyasi quyidagi tuzilish va tizimda olib borilsa uning samaradorligi ta'minlanadi: ekologik his-tuyg'u, ekologik idrok, ekologik tasavvur, ekologik tushuncha, ekologik bilim, ma'lumot, ko'nikma, malaka, odat, ekologik madaniyat (mahorat) va hokazo. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling