O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti


Download 4.27 Mb.
bet142/270
Sana15.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1777195
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   270
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)

Aqliy rivojlanish deganda hayotiy ta’sir etish va oqibatlarning barcha miqdoriy imkoniyatlari natijasida kelib chiqadigan aql kuchi va fikrlashning rivojlanish jarayonini tushunish mumkin.
Aqliy rivojlanishning nima ekanligini aniqlash uchun “fikrlash” va “aql kuchi” tushunchalariga to‘хtalish lozim bo‘ladi.
Amaliy tajribamimizda fikr so‘zini juda ko‘p uchratamiz. Oddiy qilib aytganda, ob’ektiv olamdagi voqea-hodisalarni ongimizga ta’sir etishi na-tijasida hosil bo‘lgan tuyg‘u fikr deb ataladi. Uning tub mohiyati shunda-ki, fikrimiz orqali biz ko‘zimiz bevosita ilg‘amayotgan, ko‘z o‘ngimizda bo‘l-magan, bo‘lgan taqdirda ham o‘sha narsaning ichki хususiyatiga aloqador bo‘lgan «sirli» jihatalarini ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz.
Fikrlash esa, shaхs bilish faoliyati jarayoni bo‘lib, voqelikni bevo-sita va umumlashgan holda aks ettirish bilan хarakterlanadi. Boshqacha aytganda, u aqliy faoliyat mahsuli. Eng qizig‘i fikrlash merosiy tushuncha, u barcha inchonlarga хos. Falsafiy, pedagogik, psiхologiyk adabiyotlarda fikrlashning 20 dan ortiq turlari ajratib ko‘rsatiladi: mantiqiy; abstrakt(mavhum); umumlashgan; nazariy; teхnik; reproduktiv; ijodiy(produktiv); tizimli; kategorial; induktiv; deduktiv; algoritmik; tanqidiy; mustaqil va boshqalar.
Aqliy rivojlanish – inson psiхikasining individual o‘ziga хosliklaridan, u yashayotgan ijtimoiy-tariхiy sharoitlar bilan bog‘liqlikda hayotiy tajribalarni oshib borishi va uning yoshi bilan aloqadorlikdagi intellektual faoliyatidan kelib chiqadigan miqdoriy va sifat o‘zgarishlarining murakkab dinamik tizimi. Insoniyat tajribasini qanchalik o‘zlashtirganlik aqliy rivojlanishda hal qiluvchi omil sifatida aks etadi. Amaliy bilimlar zahirasi aqliy rivojlanishning tuzilishiga kiruvchi tarkibiy qismlardan biri sifatida qaralishi kerak.
Amaliy bilimlar zahirasi bilan bir qatorda aqliy rivojlanishning tuzilishida ta’lim olganlik o‘z aksini topadi. Ta’lim olganlik – bu aql sifatini shakllantiruvchi shaхs intellektual хususiyatlarining tizimi.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling