O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti


Mehnat faoliyatining ijodiy xususiyat kasb etishi


Download 4.27 Mb.
bet149/270
Sana15.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1777195
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   270
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)

Mehnat faoliyatining ijodiy xususiyat kasb etishi. Mazkur talab ham muhim pedagogik talab sanaladi. O’quvchilar mehnat fao­liyatining qaysi turiga jalb etilmasin, unda aqliy va jismoniy meh­natning uyg’unlashuviga erishish uchun, unga nisbatan ijodiy yon-dashish uchun keng sharoit yaratilmog’i lozim. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida uning har bir bosqichida o’quvchiga yo’l-yo’riq ko’rsatish, maslahat berish to’g’ri emas. Aksincha, topshi-riqni berish chog’ida uni qanday bajarilishini tushuntirish, lozim bo’lsa bajarib ko’rsatish, mehnat jarayonida esa o’quvchining mus-taqil fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish uchun imkon yaratib berish lozim. O’quvchi mehnati orttirilgan tajriba asosida, shuning-dek, tadqiqotchilik vazifalarini hal etish asosida bajarilganda ijodiy xususiyat kasb etadi. Aynan shu holatda o’quvchida qiziqish uyg’otadi, unda mehnatga nisbatan muhabbat ijodiy munosabatni qaror toptiradi.
O’quvchilarni ijodiy mehnatga yo’naltirishda maktab va mak­tabdan tashqari ta’lim-tarbiya muassasalarida tashkil etiladigan tex-nika, qishloq xo’jaligi to’garaklari alohida ahamiyatga ega. Bunday to’garaklar faoliyati o’quvchilar ahlini, texnika va qishloq xo’jaligi sohasidagi ijodkorligini o’stiradi. O’quvchilar mehnat faoliyatini tashkil etishga qo’yilayotgan talablar bir-biri bilan o’zaro bogliq holda qoilansa, ijobiy natijalar beradi.
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllari: mehnat bayrami, o‘quvchilar yasagan buyumlar ko‘rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo‘q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko‘rsatiluvchi insonparvarlik yordami; ko‘kalamzorlashtirish; ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo‘llar» to‘garagi faoliyati.


25-MAVZU: IQTISODIY TARBIYA.
Reja:

  1. Iqtisodiy tarbiya mehnat tarbiyasining tarkibiy qismi sifatida.

  2. Iqtisodiy tarbiyasi maqsad va vazifalari.

  3. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni va metodlari.

  4. Iqtisodiy tarbiya pedagogik tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida.

Bozoriqtisodiyotigao'tilayotganbirpaytdayoshlardaiqtisodiytafakkurnitarbiyalashayniqsajudamuhim. Avvalo o'quvchilar iqtisodiy tarbiya haqida mukammal, to'la tushunchaga ega bo'lmog'i darkor. Iqtisodiy tarbiya o'quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni vaqtda shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan asosli boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Suso Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o'rin tutishini alohida ta'kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o'z ishiga pishiq bo'lishi kerak. Shunda u o'z mehnatining natijalarini o'lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.


Barkamol inson avvalo iqtisodiy tarbiya olmog'i shart. Chunki iqtisodiy tarbiyasiz, unga bog'liq ko'nikmalarsiz, odatlarsiz haqiqiy mukamml inson bo'lishi mumkin emas. U eng avvalo o'z mehnati va boshqalar mehnatini qadrlaydigan, uni hayotda tadbiq qilishning ta'limiy asoslarini ilmiy bilmog'i zarurdir. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta'lim negizida quriladi. Tarbiya esa kundalik turmushda yuqoridagi sifatlarni qo'llash jarayonida o'z ifodasini topadi. Bu muammo esa boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'ziga xos tarzda, ya'ni sodda shaklda tashkil etiladi. Chunki kichik o'quvchilarda iqtisodiy ma'lumotni, madaniyatni, ongni, ko'nikma va odatlarni birdaniga tarkib toptirish mumkin emas. Shuning uchun kichik o'quvchilarda dastlab iqtisod haqida tasavvur, tushuncha va ularni turmushda qo'llash bilan bog'liq ko'nikmalarni tarkib toptirish muhim vazifa hisoblanadi.
Iqtisodiy ong, madaniyat birdaniga tarkib toptirilmaydi. O'quvchilarning bu sohadagi tasavvurlari bevosita ta'lim jarayonida tarkib toptirilib borishni talab etadi. Bunday mas'uliyat boshlang'ich sinf o'qituvchisi zimmasiga to'g'ri keladi. Bu ish boshlang'ich ta'limning to'rt yilli davrida amalga oshiriladi.
Tejamkorlik. Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishish haqida» asarida shunday yozadi: «Inson o'z mablag'ini to'g'ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg'anchiqlik qilish, xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka etaklaydi». Ko'rinib turibdiki Sharq mutafakkirlari maktab va oila sharoitida bolalarning iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni tejamkorlikka, tashabbuskorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga o'rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga asosiy e'tiborni qaratganlar.
«Eyfarzand, o'zingni mol jam etmoqdan g'ofil tutmag'il valekin har narsani etmak tilasang jahd qilg'il, toki halollik bilan jam bo'lsin va hamisha senga boqiy hamda yoqimli bo'lsun. Agar moling ko'p bo'lsa, uni taqdir va tadbir bila ishga yaratg'il. Nedinkim, taqdir va tadbir bila yaratgan ozgina mol taqdirsiz va tadbirsiz ko'p moldin yaxshidur. Agar mol oz bo'lsa, ham yaxshi saqlamoqni vojib bilg'ilki, har kishi oz narsani saqlay olmasa, ko'p narsani ham saqlay olmag'uvsidir. Har narsa qo'lingga tushsa, bir tangadin ikki hissani qarilig' va ojizlig' vaqtining zaruriy ishlariga ehtiyoj uchun ehtiyot qilib qo'yg'il, va undin ko'z yumib aslo unga qo'l urmag'il. Qolgan ikki hissani o'zingning ziynat va asbobingga sarf etgil» (Qobusnoma. 70-72 bet).
Xalq ongiga singib ketgan «Iqtisod bilan ishlagan kishilar faqir bo'lmaslar» degan hadis bor, unga quyidagicha izoh berish mumkin: «Kirimiga qarab chiqimini tuta bilmagan kishi bor davlatini bitirib, oxiri xo'rlikka tushgani holda, kirimiga qarab chiqimini tuta bilgan kishi boy bo'lmasada, o'zini faqirlikdan saqlay oladi». (Yuz bir hadis. T., «Mehnat», 1991 y, 38-bet).

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling