2.
|
Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad-bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogika nazariyasi va tarixi asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish. Ilmiy-nazariy asoslari, pedagogika nazariyasi va tarixi tushunchasi, uning kategoriya va tamoyillari, o‘quv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo‘yilgan zamonaviy talablar, ta’lim oluvchilar shaxsi omillari, uning shakllanish taraqqiyoti, yagona o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish, tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan holda o‘quv-tarbiya ishlarini o‘tkazish, ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarini amaliyotda qo‘llash. Pedagogik vaziyatlarni, ta’lim va tarbiya natijalarini tahlil etish, o‘quvchilar jamoalarini o‘rganish, ta’limda orqada qolish sabablarini aniqlash, pedagogika tarixi kishilik jamiyatining taraqqiyot tarixi va hayotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish.
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.1 Fan tarkibiga quyidagi mavzular mazmuni kiradi:
1-semestr
Pedagogika nazariyasi fanining mazmuni, mohiyati va predmeti.
Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogikaning asosiy kategoriya va tushunchalari. Pedagogik fanlarning tuzilishi. Pedagogik fanlar tizimi. Ilmiy- pedagogik tadqiqot metodlariga tavsif.
|