O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti


Download 4.27 Mb.
bet26/270
Sana15.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1777195
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   270
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)

Pedagogik ma’noda gender – o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi.
Bugungi kunda o‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy, emotsional, xulq-atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. Ana shu asosdan kelib chiqib, o‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan quyidagi gender xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin:
qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi;
qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda kelishib ketadi; o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z ңuqtai nazarida qolishni afzal ko‘rishadi;
mustaqil hal etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda o‘g‘il bolalar sifati, qiz bolalar esa hajmini hisobga olishadi;
o‘g‘il bolalar ko‘proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig‘iga e’tibor berishadi; qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi;
o‘g‘il bolalar dialog, munozarani afzal ko‘rishadi; qiz bolalar monologlikka moyil, eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi;
o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ratsional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini foydalilik nuqtai nazaridan, ya’ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga qarab amalga oshirishadi;
o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o‘z xohish va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi.
Shaxs ijtimoiylashuvi. Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar jarayonida shaxs ijtimoiylashuviga xos bo‘lgan quyidagi holatlar aniqlangan:
shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi davrga o‘tish jarayonida ro‘y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro omillar, mezo omillar, mikro omillar), voqeliklar hamda ularning ta’siri etakchi o‘rin tutadi;
bolaning kamol topishi, shaxs bo‘lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota-onalar va bola o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘zaro hissiy birligi muhim ahamiyatga ega;
shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida boshqariladi; shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga moslashuvi ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi;
shaxs ijtimoiy ta’sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik madaniyati unsurlarini o‘zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol topadi va axloqiy sifatlarga ega bo‘ladi – mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor jihati hisoblanadi;
shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyat rivojining muayyan davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davri shaxsning ijtimoiylashuvida o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi;
ijtimoiylashuv bolalikkagina xos xususiyat bo‘lmay, shaxs hayotining barcha davrlarini qamrab oladi.
Ma’lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul qilishi va zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy etuklikka erishishi asosida jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o‘zini jamiyatda shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta’lim, o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o‘z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa va ularga erishish yo‘llarini belgilay olganida, o‘z qadr-qimmatini anglab etganida, jamiyatdagi o‘z o‘rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling