O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti


Download 4.27 Mb.
bet30/270
Sana15.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1777195
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   270
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)

4-MAVZU: YAXLIT PEDAGOGIK JARAYON.
Reja:

  1. Pedagogik tizimlar va ularning shakllari haqida tushuncha.

  2. Ta’lim tizimlariga umumiy tavsif.

  3. Yaxlit pedagogik jarayonning mohiyati.

  4. Pedagogik jarayon yaxlit hodisa sifatida.

  5. Pedagogik jarayonni yaratish shart- sharoitlari.

Pedagogik jarayon - bu shaxsni o‘z-o‘zini namoyon qilishi va to‘liq rivojlanishini, subyektlarning ijodkorligi va hamkorligini hamda birgalikdagi faoliyatlarini, ta'lim va tarbiyani birligi va aloqadorligini xarakterlovchi yaxlit o‘quv-tarbiyaviy jarayon. Demak, pedagogik jarayon pedagogik tizim sharoitida ta'lim va tarbiya maqsadlarini o‘zaro aloqadorlikda amalga oshirishga qaratilgan yaxlit jarayon hisoblanib, uning mohiyati jarayon ishtirokchilarini rivojlanishiga ta'sir etuvchi tashqi omillarni tanlash va tarbiyaviy munosabatlarni tashkil etish bilan xarakterlanadi.


An'anaviy pedagogik ta'limotda ta'lim-tarbiya birligi, ya'ni yaxlit pedagogik jarayon g‘oyasi XIX asr boshlarida paydo bo‘ldi. Nemis olimi

  1. F.Gerbart pedagogika nazariyasini tarbiyalovchi ta'lim tushunchasi bilan boyitdi. Rus pedagoglari K.D. Ushinskiy, P.F. Kapterev, A.P. Pinkevich, P.P. Blonskiylar tomonidan yaxlit pedagogik jarayon nazariyasi ishlab chiqildi. Biroq sobiq ittifoq davrida yosh avlod tarbiyasi davlat siyosati mafkurasi ruhida tarbiyalash, ta'lim va tarbiya masalalari nazariya va amaliyotda ajralib qoldi.

XX asrning o‘rtalarida sobiq sho‘ro pedagogikasida yaxlit pedagogik jarayonda ta'lim va tarbiya aloqadorligi, pedagogik tajribalarda ta'lim va tarbiya birligi ikki aloqador jarayon sifatida namoyon bo‘ldi. Pedagogik jarayon yaxlitligi deganda, biz pedagogik jarayonni tashqi muhit hodisalari bilan aloqadorligini, pedagogik jarayonning barcha o‘zaro aoqador subyektlari o‘rtasidagi hosil bo‘ladigan yaxlit jarayonni tushunamiz. Sobiq ittifoq davrida yaxlit pedagogik jarayon nazariyasining rivojlanishi V.A.Slastyonin ilmiy maktabi bilan bog‘liq. Yaxlit pedagogik jarayon- pedagogik jarayon rivojlanishining oliy darajasi bo‘lib, uning barcha komponentlarining aloqadorligini va birligini ifodalaydi. Yaxlitlik pedagogik jarayonning sintetik xarakteristikasi hisoblanib, ta'lim va tarbiyaning ajralmasligida namoyon bo‘ldi.
Yaxlit pedagogik jarayonning tuzilmaviy komponentlariga: maqsad, mazmun, shakllar, pedagog faoliyati, metod va vositalar hamda o‘quvchilar faoliyati, birgalikdagi faoliyat natijasi kiradi.
Pedagog faoliyati - mutaxassisning maxsus tayyorlangan faoliyati bo‘lib, tarbiyachining kasbiy onggi va ijtimoiy buyurtmadan kelib chiqadigan maqsad va vazifalardan aniqlanadi. Shuning uchun o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan metod va vositalar maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchilar yoki bolalar jamoasi faoliyati ham anglangan va anglanmagan maqsad va motivga ko‘ra aniqlanadi. Bu yerda jamoaning har bir a'zosining shaxsiy maqsadi jamoa yoki o‘qituvchining maqsadi bilan har doim ham mos kelavermaydi.
Yaxlim pedagogik jarayon quyidagi funksiyalarni bajaradi: Yaxlit pedagogik jarayonning tarbiyaviy funksiyasi o‘quv tarbiyaviy jarayonda qo‘llaniladigan o‘quv reja va dasturlarda, metod va vositalarda, tarbiyachilar shaxsi va kasbiy mahoratida umuman tarbiya makonida namoyon bo‘ladi. Yaxlit pedagogik jara- yonining ta'limiy funksiyasi asosan ta'lim jarayonida, barcha sinfdan tashqari ish- lardagi ijodiy faoliyat va munosabat tajribasi, bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘in- disi sifatida umuminsoniy madaniyat elementlarini o‘zlashtirilishi bilan xarakter- lanadi. Yaxlit pedagogik jarayonining rivojlantiruvchi funksiyasi har qanday o‘quv tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishida amalga oshiriladi, ammo rivojlanish tezligi bilim, ko‘nikma, malakalarga yoki o‘quvchilarni bilish yoki motivni shakllantirish sohalariga e'tibor qaratilganligiga bog‘liq. Pedagogik jarayonning ijtimoiylash- tirish funksiyasi barcha ta'lim muassasalarida namoyon bo‘ladi. Har qanday ta'lim muassasasida tarbiyalanuvchi o‘zi uchun yangi munosabatlarga kirishadi.
Pedagogik jarayon qonuniyatlari va prinsiplari
Pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi.
1. Peda­gogik jarayonni dinamikligi qonuniyati. Pedagogik jarayon o‘zgaruvchan xarak- terda bo‘lib, jarayonning boshlanishidan yakuniy bosqichgacha pedagog va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro hamkorliklarida ham bu hol sezilib turadi.

  1. Pedagogik jarayonda shaxsni rivojlanishi qonuniyati. Shaxs rivojla- nishi tempi va erishilganlik darajasi irsiyatga, tarbiyaviy va o‘quv muhitiga, o‘quv- tarbiyaviy faoliyatga kirishuviga, pedagogik ta'sir ko‘rsatishning metod va vositalariga bog‘liq.

  2. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni boshqarish qonuniyati. Pedagogik ta'sir samara- dorligi pedagog va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi teskari aloqalarning tezligiga hamda tarbiyalanuvchilarga ta'sir etishning asoslanganligiga va xarakteriga bog‘liq.

  3. Pedagogik jarayonda stimullashtirish qonuniyati. Pedagogik jarayon mahsuldorligi o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning ichki stimul va motivlariga hamda tashqi ( ijtimoiy, pedagogik, axloqiy, moddiy) stimullarning tezligi va xarakteriga bog‘liq.

  4. Pedagogik jarayonda amaliyot, mantiq va hissiyot birligi qonuni­yati. Pedagogik jarayon samaradorligi hissiy bilish tezligi va sifatiga, mantiqiy fikrlar va o‘zlashtirilgan materialni amaliyotda qo‘llanilishiga bog‘liq.

  5. Tashqi ( pedagogik) va ichki(bilish) faoliyat birligi qonuniyati. Pedagogik jarayon samaradorligi pedagogik faoliyat va tarbiyalanuvchilarning shaxsiy o‘quv- tarbiyaviy faoliyati sifatiga bog‘liq.

  6. Pedagogik jarayonning bog‘liqligi qonuniyati. Pedagogik jarayonni borishi va natijasi jamiyat va shaxs ehtiyojlariga, jamiyatning (moddiy-texnik, iqtisodiy) imkoniyatlariga, jarayonning (axloqiy-psixologik, sanitar-gigiyenik, estetik) shart sharoitlariga bog‘liq.

Nazorat uchun savollar

  1. Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasiga izoh bering?

  2. Yaxlit pedagogik jarayon tuzilishini asoslang?

  3. Pedagogik jarayon qonuniyatlari va prinsiplari mazmun mohiyatini yoriting?




Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling