Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
Ta’lim mazmuni deb nimaga aytiladi?
Ta’lim mazmunini belgilashga doir qanday yondashuvlar mavjud?
Kompetentsiyaviy yondashuv deganda nima tushiniladi?
Ta’lim mazmunini loyihalash tamoyillariga izoh bering.
Ta’lim mazmunini loyihalashda qanday mezonlarga asoslanish lozim?
Davlat ta’lim standarti nima va u qanday komponentlardan iborat?
Tayanch o‘quv rejasiga izoh bering.
O‘quv dasturida qanday masalalar o‘z aksini topadi?
O‘quv-metodik majmua nima va u o‘z ichiga nimalarni qamrab oladi?
MUSTAQIL TA'LIM
Topshiriq shakli: HISOBOT TAYYORLASH
Mustaqil ishning maqsadi: ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, nazariy tadqiqot usullarini o‘zlashtirish, talaba tafakkurining mustaqilligini rivojlantirish.
Hisobot - ma’lumotni o‘z ichiga olgan va ushbu vaziyat bilan bog‘liq masala yoki tadqiqotning mohiyatini aks ettiruvchi ommaviy xabar yoki hujjat.
Hisobot turlari: Yozma hisobot: - qisqacha (20 betgacha) - o‘rganish davomida olingan eng muhim ma’lumotlarni umumlashtiradi; - batafsil (60 betgacha) - nafaqat sarlavhalar bilan matn tuzilishini, balki diagrammalar, jadvallar, rasmlar, fotosuratlar, ilovalar, izohlar, havolalar, giperhavolalarni ham o‘z ichiga oladi.
Mustaqil ishning rejalashtirilgan natijalari: - talabalarning ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil qilish va ularni aniq o‘quv va tadqiqot muammolarini hal qilishda qo‘llash qobiliyati; - tadqiqot muammolarini original hal qilish uchun individual ijodiy qobiliyatlardan foydalanishga tayyorlik; - axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda va axborot xavfsizligining asosiy talablarini hisobga olgan holda axborot-bibliografik madaniyat asosida kasbiy faoliyatning standart vazifalarini hal qilish qobiliyati.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi): O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani ta ’lim sohasi bakalavriat yo‘nalishi uchun darslik/ M.X. Toxtaxodjayeva, S. Nishonova, J. Hasanboyev, M.Usmonboyeva, S. Madiyarova, A. Qoldibekova, N. Nishonova, N. Sayidahmedov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. - Toshkent: «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010. - 400 b.
2. Yo‘ldoshev O‘.J. tahriri ostida. Umumiy pedagogika. – T.: «Fan va texnologiya», 2017. - 376 b.
3. Mavlonova R.A., Rahmonqulova N.H., Matnazarova K.O., Shirinov M.K., Hafizov S. Umumiy pedagogika. – T.: “Fan va texnologiya”, 2018. –528 b.
4. Hashimov Komiljon. Pedagogika tarixi: Darslik. Q2/K.Hashimov, S.Nishonova. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2005. – 304 b.
5. Hasanboyeva O. va boshq. Pedagogika tarixi. Darslik. Mualliflar: O.Hasanboyeva, J.Hasanboyev, H.Homidov. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2004. 312 b.
6. Ibragimov X.I., Abdullaeva Sh.A. Pedagogika (darslik). – T., «Fan va texnologiyalar», 2007. - 288 b.
7. Xodjaev B.X. Umumiy pedagogika. Darslik. – T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017. - 416 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |