O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi urganch davlat universiteti
Mavzu: O`ZBEKISTON SANOATI VA QISHLOQ XO`JALIGI GEOGRAFIYASI
Download 148.74 Kb.
|
O`zbekiston sanoati va qishloq xo`jaligi geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. O`ZBEKISTONNI BIRGA QURAMIZ 2.1. Sanoatda olib borayotgan tadqiqotlar 2.2. Qishloq xo`jaligi geografiyasi Xulosa
Mavzu: O`ZBEKISTON SANOATI VA QISHLOQ XO`JALIGI GEOGRAFIYASI.
Reja: Ⅰ.BOB O`ZBEKISTON SANOATI VA QISHLOQ XO`JALIGI GEOGRAFIYASI SHAKILLANISHI. O`zbekistonning qishloq xoʻjaligi geografiyasi O`zbekiston sanoati va geografiyasi II.BOB. O`ZBEKISTONNI BIRGA QURAMIZ 2.1. Sanoatda olib borayotgan tadqiqotlar 2.2. Qishloq xo`jaligi geografiyasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. Kirish Mavzuning muhumligi — qishloq xoʻjaligini hududiy tashkil etish va rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan sohasi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tarmogʻi. turli mamlakat va rayonlar qishloq xoʻjaligini majmuali oʻrganish va bashorat qilish, tabiiy sharoit va resurslarni qishloq xoʻjaligi nuqtai nazaridan baholashga doir tadqiqotlar olib boradi. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning tarmogʻi sifatida aholining qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga, sanoatning xom ashyoga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan farq qilib, qishloq xoʻjaligi joyning agroiqlimiy resurslari bilan chambarchas bogʻliq, shuningdek, yer qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida mehnat vositasi hamda predmeti hamdir. Qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining joylashuvi va rivojlanishiga joyning tabiiy sharoiti (asosan, relyefi va iqlimi), resurslari (yer, suv, hayvon va oʻsimliklari), ijtimoiy-iqtisodiy, transport, ekologik va boshqa omillar bevosita taʼsir koʻrsatadi. Qishloq xoʻjaligida olib boradigan tadqiqotlar yer fondi va undan foydalanish hamda xaritalashtirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining tarqalishi, agroiqtisodiy tarmoqlari va ularning korxonalarini hududiy tashkil etish, rivojlantirish, qishloq xoʻjaligini rayonlashtirish masalalarini oʻz ichiga oladi. Sanoat asosan ishlab beruvchi va undiruvchi (tog’-kon) tarmoqlardan iborat. Tarmoqlar paydo bo’lish davriga ko’ra, 3 guruhga bo’linadi: -eski tarmoqlar (ko‟mir, metallurgiya, to‟qimachilik, oziq-ovqat, kemasozlik, kimyo sanoatining ayrim tarmoqlari); -yangi tarmoqlar (avtomobil, aviatsiya, neft, o‟rmon, kimyo, alyuminiy ishlab chiqarish, plastmassa, sintetik kauchuk, sun‟iy tolalar ishlab chiqarish va boshqalar); -eng yangi tarmoqlar (robotsozlik, aerokosmika, organik sintez, mikrobiologiya sanoati va boshqalar). O’zbekiston sanoati ham o’z taraqqiyoti jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o’tgan. Eng avvalo, uy sanoati (“ona qornidagi sanoat“), so’ngra, hunarmandchilik, ya’ni xonaki sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika, zavod kabi shakllari yuzaga kelgan. Bu erda hunarmandchilikning juda ko’p turlari, ya’ni kulolchilik, duradgorchilik, toshtarashlik, binokorlik, o’ymakorlik, kashtado’zlik, ko’nchilik, to’quvchilik va tikuvchilik, temirchilik, misgarlik va zargarlik, degrezlik (cho’yanni eritib undan turli buyumlar ishlab chiqarish), rixtagarlik (quymoq-rangli metallardan turli buyumlar quyish-masalan mis, bronza va hokazolar), zardo’zlik, bo’yoqchilik, tunukasozlik va boshqalar keng tarqalgan. Bu erda hunarmandchilik (“xonaki sanoat“) bronza asrida dehqonchilikdan ajralib chiqqan. Milodning dastlabki asrlarida hozirgi O’zbekiston hududida anchagina hunarmandchilik markazlari tashkil topgan. IX-X asrlarda ip, mato, gilam bo’yicha Xiva va Shosh, mis va temirdan aslaha, pichoq tayyorlash bo’yicha Farg’ona, shoyi matolar, shisha mahsulotlar tayyorlash bo’yicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII-XIII asrlarda rivojlanish pasayib, Temuriylar davlatining vujudga kelishi bilan hunarmandchilik yana rivoj topgan. Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, Shahrisabz kabi shaharlarning ishlab chiqarish munosabatlarida hunarmandchilik alohida ahamiyat kasb etgan. XIX asr oxiriga kelib, O’zbekistonda hunarmandchilikning 30 ga yaqin turi rivoj topgan. XX asr boshlarida esa hunarmandchilikning asosiy qismi artellarga, keyinchalik Davlatlar ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan, ishlab chiqarish tarmoqlari-transport, sanoat va qishloq xo’jaligi, har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishi holatini ko’rsatib beruvchi asosiy ko’rsatkichlar bo’lib hisoblanadi. Ushbu tarmoqlarni biron bir mintaqada joylashtirish uchun avvalo, ularning o’ziga xos xususiyatlarini, ularning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniq bilish talab etiladi. Mazkur darslikda transport, sanoat va qishloq xo’jaligining shakllanishi, rivojlanishi, hududiy joylashuvi xususiyatlari va qonuniyatlari, asosiy muammolari kabi masalalar ham qamrab olingan. Farovon hayotimizning “Yo’l xaritasi” hisoblangan, O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning Harakatlar strategiyasini uchinchi ustuvor yo’nalishida-(Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish)-qo’yilgan vazifalar asosida Respublikamiz transport, sanoat va qishloq xo’jaligini ustuvor rivojlantirish dolzarb ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu jarayon natijalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil Oliy majlisga murojaatnomasida ham chuqur ko’rib chiqilgan. Ushbu doirada, Respublikamizning bu tarmoqlaridagi o’zgarishlar o’rganilib, dunyo davlatlaridagi mavjud tarmoqlar bilan qisman solishtirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllanish va rivojlanish bosqichlari, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllari, ishlab chiqarishni joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar, zamonaviy transport tarmoqlari, sanoatni rivojlantirish asoslari, qishloq xo’jaligi rayonlari tiplari o’ziga xos misollar asosida berilgan. Jumladan, transport, sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarining xususiyatlari, tarmoqlarning joylashtirish va rivojlantirishda zarur bo’lgan omillar va qonuniyatlar, tarmoqlarning geografiyasi, kelib chiqish va shakllanish xususiyatlari, hududlar bo’ylab tarqalishi, rayonlashtirish tamoyillari, tarmoqlarning iqtisodiyotdagi ahamiyati va ulushi, tarmoqlarda fan-texnika taraqqqiyoti natijasida vujudga kelayotgan o’zgarishlar, tarmoqlar ishlab chiqarishi 5 va ekologik muammolar masalasi, tarmoqlarni bozor ta’moyillari asosida shakllantirish, joylashtirish va rivojlantirish mexanizmi o‟rganilgan. Transport, sanoat va qishloq xo’jaligi geografiyasi ham jamiyat haqidagi fandir. Hamma fanlardagi kabi bu fanda ham, har bir voqea va hodisalarni o’rganishda unga avvalo falsafiy nuqtai nazar bilan yondashish kerak. Bu fan ham shu metodga tayanadi. Shuningdek, mazkur fan iqtisodiy-ijtimoiy geografiya, tabiiy geografiya, iqtisodiyot nazariyasi, mintaqaviy iqtisodiyot, ekologiya, demografiya, matematika, tarix, siyosatshunoslik, kartografiya fanlari bilan bir qator yo„nalishlarda hamkorlik qilayotganligi misollar asosida yoritilgan. Umuman, o’rganilayotgan xo’jalik tarmoqlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning eng asosiy mavzusi hisoblanadi. Mazkur darslikda ba’zi juziy kamchiliklar, munozarali qarashlar va atamalar uchrashi mumkin. Shunga ko’ra darslik haqidagi fikr-mulohazalarini bildirgan hamkasblarga mualliflar o’z minnatdorchiliklarini bildirgan. Biror hudud sanoatini o’rganish, avvalo, ushbu viloyat yoki rayonning iqtisodiy geografik o’rni, mamlakat sanoat ishlab chiqarishi va milliy iqtisodiyotida tutgan mavqeini ko’rsatishdan boshlanadi. Mamlakat mehnat taqsimotida sanoatning qaysi tarmoqlarga ixtisoslashganligini aytib o’tiladi. Buning asosida biz doimo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga suyanamiz. Albatta, sanoat ishlab chiqarish uchun mineral xom ashyo sifatida turli xil konlar va ularning hududiy birikmalari yetakchi ahamiyatga ega. Buning asosida geologiya fani yutuqlari asosiy omil sifatida qaralishi lozim. Tarix yoki tarixiy geografiya fani yutuqlari asosida, davlat yoki rayonning asosiy sanoat tarmoqlari va uning yetakchi korxonalari qachon va nima uchun aynan shu joyda joylashganligini o’rganish mumkin. Shu bilan birga statistika fani asosida-maxsus statistik hisob-kitoblar va jadvallar tuzilib, sanoat ishlab chiqarishning rivojlanish jarayoni, o’sish va ko’payish sur’atlari ko’rib chiqilishi mumkin. Tadqiqotlar ob’ekti sanoat tarmoqlaridan tashqari, alohida sanoat korxonalarini ham o’rganish mumkin. Bunda asosiy e’tibor mazkur korxonaning nima uchun aynan shu joyda qurilishi, uning xomashyo va tayyor mahsulotni tarqatish geografiyasiga qaratiladi. Shuningdek, korxonaning kadrlar bo’limidagi ma’lumotlariga asoslanib, uning ishchi xodimlarini shakllanishi, ularning ijtimoiydemografik tarkibi tahlil etiladi. Buning asosida sanoat iqtisodiyoti, korxona iqtisodiyoti fanlari yutuqlaridan foydalanish lozim bo’ladi. Xulosa qilib aytganda transport, sanoat va qishloq xo’jaligi geografiyasi fani ham o’z ob’ektini yuksak darajada tadqiq qilishda, boshqa fanlar yutuqlariga tayanadi va ulardan foydalanadi. Download 148.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling