Sirtqi bo’limi geografiya yo’nalishi 22-03 guruh talabasi Olimova Ziyodaning Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya fanidan


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana30.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1407346
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TIZIMLI YONDASHUV VA IJTIMOIY GEOGRAFIYADA MATEMATIK USULLARNING



Ferghana – 2023
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY 
VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT 
UNIVERSITETI
 
SIRTQI BO’LIMI
Geografiya yo’nalishi 
 22-03 guruh talabasi 
Olimova Ziyodaning 
Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya 
fanidan
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
 
 
 
 
 


Mavzu TIZIMLI YONDASHUV VA IJTIMOIY GEOGRAFIYADA
MATEMATIK USULLARNING TARQALISHI.
Reja:
1.
Fanning tuzilishi, maqsadi, kutilayotgan natijalar.
2.
Ijtimoiy ishning faoliyat turi sifatida yuzaga kelishining tarixiy ildizlari.
3.
Ijtimoiy ishning G‘arbiy Yevropa va Amerikada kasb sifatida yuzaga
kelishi.
4.
XX asrda ijtimoiy ishning rivojlanishi. AQShda ijtimoiy himoya tizimi.
5.
Yevropa ijtimoiy ta'minot tizimi.
6.
Rossiyada ijtimoiy ish.
7.
O‘zbekistonda ijtimoiy ish.


Tayanch iboralar:
Ijtimoiy ish, reablitatsiya, statsionar, xayriya, ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy ko`
mak, ijtimoiy dastur, filontropiya, ijtimoiy xodim.
Fanning tuzilishi, maqsadi, kutilayotgan natijalar.
Fanning maqsadi, vazifasi va tuzilishi: Fanning asosiy maqsadi – ijtimoiy ish,
uning qimmati, tadqiqot metodlari va u bilan bog`liq yangiliklar haqidagi
bilimni shakllantirish orqali professional kompententlik (chuqur bilimga ega
bo`lish) va tenglikni talabalar ongida rivojlantirish.
Fanning vazifasi:
1. Ijtimoiy ishga kirish qimmati va prinsplarini talabalarda shakllantirishi va
ularni amaliyotda qo`llay bilishga imkon yaratish;
2. Ijtimoiy ishning ahamiyatini faoliyatning asosiy turi sifatida ijtimoiy
ta’minot va ijtimoiy ishni rivojlanishining qisqacha tarixini qamrab olgan
holatda o`zlashtirish;
3. Ijtimoiy ishning asosiy nazariyalarini ijtimoiy ishchi (amaliy sohadagi
ishchi) amaliy faoliyati orqali ko`rib chiqish;
4. Ijtimoiy ish nazariyalarini amaliyotda qo`llash orqali yangilikka erishish;
5. Dalillarga asoslangan amaliyotning ahamiyatini, ijtimoiy ishdagi asosiy
tadqiqot metodlarini ko`rib chiqish va tadqiqot yangiliklarini tinglovchilarda
rivojlanishiga yordam berishdan iborat.
«Ijtimoiy ishga kirish» ijtimoiy ish bo`yicha mutaxasissning umumkasbiy
tartib-intizomi hisoblanadi va bo`ljak mutaxassisda kasbiy madaniyatni
shakklantirishga uni tarixiy, nazariy bilimlar, ijtimoiy ta’minot va kishi
himoyasi dunyo amaliyoti jarayonida vujudga kelgan gumanistik qadriyatlar
bilan boyitishga yo`naltirilgan.
Ijtimoiy ta’minot: tushunchasi va maqsadi
1
. Ijtimoiy ish - ijtimoiy
ta’minotning, ijtimoiy ko`makka va madadga muhtojlarga ijtimoiy yordam
berish bilan amaliyotidagi shakli hisoblanadi. U samarali bo`lishi uchun
ijtimoiy ishchi odamarning muammolarini tushuna olishi va shu bilan
birgalikda ularni texnogen qo`llay olishi kerak.


Bizning industrial, murakkab va tez o`zgruvchan jamiyatimizda sarflangan
moddiy mablag`lar, kishilarning muxtojliklardan xolos bo`lishi, ijtimoiy
yordam ko`rsatish tomonidan qaralganda ijtimoiy ta’minot sohasidagi
faoliyati muhim funksiyaga aylanadi.
2
Ijtimoiy ishning nisbatan umumiyroq ta’rifi – bu individ, guruh yoki jamoa
hayotida pozitiv o`zgarishlarni amalga oshiruvchi, ijtimoiy ko`makni amalga
oshirish faoliyati.
Ijtimoiy ko`mak nima? Keng ma’noda aytganda ijtimoiy ta’minot
tushunchasi aholini xotirjamligini ta’minlashga yo`naltirilgan barcha
tashkiliy muammolarni o`z ichiga oluvchi faoiyat. U o`z ichga ta’lim,
sog`liqni saqlash, reablitatsiya, kattalar va bolalarga ijtimoiy himoya,
ijtimoiy ko`mak, ijtimoiy sug`urta, kishilarga moddiy yoki ma’naviy xizmat
ko`rsatish, psixoterapiya, konsultatsiya va aholini xotirjamligini ta’minlovchi
boshqa barcha sohalarni oladi. Bu holatda ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minot
tushunchalari turlicha ma’nolarni anglatadi
3
.
Ijtimoiy ish ensiklopediyasida P.Nelson Reyd (Reid 1995) ijtimoiy ta’minotni
inson faoliyati va borlig`i, muxtojlik va tajovuzkorlikda aqliy xavfsizlikni
ta’minlab berish uchun kerak bo`ladigan jamiyat deb ta’riflaydi. Individual
xizmatlarni adolatlilik bilan baholaydigan jamiyat iqtisodiy samarador va
stabil hisoblanadi. Ijtimoiy ta’imot g`oyasi kishilik jamiyati shakllanishi va
boshqarilishi, ishlab chiqarishi va xizmat ko`rsatishi mumkinligiga asoslanadi,
shuning uchun bu maqsadga yo`naltirilgan va ma’nan boyitilgan jamiyatni
rivojlantirishni oxirigacha olib borish kerak.
4
Avrora Universiteti Jorj Uilyams Kolledji (AQSH Viskonsin shtati) professori
Charlz Zastrov yozishiga ko`ra: «Ijtimoiy ish odamlarning kishilar, ularning
oilalari, guruhlari, tashkilotlari va birlashmalariga yordam berish jarayonida
ularning shaxsiy, umuminsoniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy potensialini
ularning hayot faoliyatidagi sharoitlarini yaxshilash hisobiga huquq va
imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Ijtimoiy ishchilar mijozlarni sharoitini tushunish, tanlov qilish, o`z tanloviga
javobgarlikni zimmasiga olish va ularning hayotiga tashkilot va targ`ibot
ko`rinishida ularga ta’sir qilish uchun potensialini kuchaytirishga intiladilar.
Ijtimoiy ishchilar shuningdek, jamiyatdagi turli guruhlar orasida resurslar va
kuchlarni adolatli taqsimlay olishga intiladilar. Bu kabi ijtimoiy odillikka
berilgan urg`u ijtimoiy ish kasbining farqli jihatlaridan biri hisoblanadi. Ayni
ushbu ishda asosiy e’tiborga olingan kishilar huquqi konsepsiyasiga


qaratilgan katta e’tibor ijtimoiy ishning asosiy urg`usi bo`lib sahnaga
chiqmoqda».
5
Farqli tomoni shundaki, ijtimoiy ish – bu, kasb, fan va ta’lim beruvchi alohida
fan sohasi, ijtimoiy ta’minot esa – keksalikda, kasal bo`lganda, mehnatga
layoqadlilikni to`liq yoki qisman yo`qotganda, boquvchisini yo`qotganda,
shuningdek “farzand”li oilali fuqarolarga moddiy ta’minot va xizmat
ko`rsatish sistemasi sifatida qaraladi.
Ijtimoiy ta’minotning maqsadi shundan iboratki u jamiyatdagi barcha
kishilarning ijtimoiy, iqtisodiy, sog`liqni saqlash va boshqa ta’minlanmagan
ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Ijtimoiy ta’minot barcha yoshdagi
guruhlarni, boy va kambag`allarni ijtimoiy faoliyat yuritishini kengaytirishga
yo`naladi. Bizning jamiyatimizda ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish va
ijtimoiy ta’minotni faoliyatini boshqarish zarur ijtimoiy institut sifatida
qaraladi, bilamizki bozor iqtisodiyoti va oilani shakllantirish hozirgi kunda
kishilar va kishilar guruhining aosiy ehtiyojlarini qondirishga yo`naltiradi.
Bizning jadal o`zgarib borayotgan jamiyatimiz – ijtimoiy nochorlikni va
uysizlar soni, jinoyat darjasini ortishi, davriy energetik tanqislik, terrorizm,
biz yashab turgan muhitni buzilishi kabi yangi muammolarni keltirib
chiqarmaslik kerak.
Ijtimoiy ta’minot sohasidagi faoliyat bu:

Farzandli ota-onalarni uy joy bilan ta’minlash;

Alkogol yoki narkotik moddalarga ruju qo`ygan bemorlarni
reablitatsiya qilish;

Emotsional qiyinchilikka ega bo`lgan odamlar bilan ishlash;

Ko`pgina keksa odamlar uchun yashash sifatini yaxshilash;

Jismoniy yoki aqliy layoqatsiz kishilarni reablitatsiya qilish maqsadida
professional-texnik xizmat ko`rsatish;

Kambag`allarning moddiy ehtiyojini ta’minlash;

Jinoiy ish sodir qilgan o`smirlar va kattalarni reablitatsiya qilish;



Tahqirlash va zulm o`tkazishning barcha ko`rinishlarini yo`qotish.
Ijtimoiy ta’minot tashkilot ham alohida o`rganiladigan soha sifatida.
Ijtimoiy ta’minot atamasi bir qator ma’nolarga ega. Xususan u tashkilot
sifatida va akademik alohida o`rganiladigan soha ko`rinishida namoyon
bo`ladi. Ijtimoiy ishchilar Milliy Assotsiatsiyasi (AQSh dagi ijtimoiy ishchilar
uchun asosiy professional tashkilot) ijtimoiy ta’minotga tashkilot sifatida
quyidagicha ta’rif beradi: imtiyozli dasturlar va kishilarga ijtimoiy, iqtisodiy,
ta’lim va tibboyotga ehtiyojlari yuzaga kelgan vaqtda yordam berib xizmat
ko`rsatadigan, jamiyatga xizmat ko`rsatish uchun asos bola oladigan milliy
sistema
6
.
Jenevada bo`lib o`tgan 2002-yil iyul oyidagi ijtimoiy ishchilarning Xalqaro
Federatsiyasining yillik uchrashuvida quyidagilar qabul qilindi:
Ijtimoiy ish kasbi ijtimoiy o`zgarishlar, kishilar orasidagi munosabatlardagi
muammolarni hal etish, kishilar va guruhlarni ularning xotirjamligi uchun
safarbar qilish va ozod etish kabi vazifalarni bajaradi. Odamlar xulqi va
ijtimoiy sistemalar haqida nazariyalar qabul qilinganda ijtimoiy ish
odamlarning atrof muhit bilan munosabatlariga albatta aralashadi. Ijtimoiy
ishning fundamental asosi inson huquqlari va ijtimoiy odillik tamoyillari
hisoblanadi.
Ijtimoiy ishning eng umumiy maqsadi – o`z mijozlarini ehtiyojini qondirish.
Unga mijozlarning erkinlik darajasini oshirish, kelib chiqqan muammolarni hal
etish qobiliatini kengaytirish, mijozlarni ularga qonunan tegishli bo`lgan
barcha narsalarga erishishga sharoit yaratish. Bundan tashqari kishilarni
jamiyatda mijozning ijtimoiy ishchi ko`magiga muxtojlik kamayishi natijasida
adaptatsiya yoki readaptatsiyalanishiga yordam berish ham shu
maqsadlardan biri qatoriga kiritiladi.
Ijtimoiy dasturlar va xizmatlarga misollar – asrab olingan oilada
tarbiyalanish, o`g`il qilib boqib olish, kunduzgi qarov, imtiyozlar, sinovli va
ma’lum vaqtga ozod qilish, kam oylik oluvchi ota-onalarga va ularning
farzandlariga moddiy yordam berish dasturi, uysizlarga xizmat ko`rsatish,
sog`liqni saqlash xizmati, seksual terapiya, o`z joniga qasd qilishda
ko`rasatiladigan yordam, Boy, Scouts va YWCA kabi ko`ngil ochar dasturlar,
veteranlarga xizmat ko`rsatish, maktabga ijtimoiy ta’minot, tibbiyot
xizmatlari va kambag’allarga yuridik xizmat ko`rsatish, oilani
tashkillashtirishga k`omak berish, g`ildirakli tushlik, shaxsiy davolanish
xizmati, bolalar bilan qo`pol munosabatda bo`lishni cheklash va uarni


asrash, tasdiqlovchi ta’lim dasturlari, guruhlar bilan uchrashmoq va
sezuvchanlikka o`rgatmoq, umuiy yashash binolari proyektini tuzish, oilaviy
maslahatlar, anonym alkogoliklar, uzluksiz xizmatlar, rivojlanmay qolgan
kishilarga xizmat k`orsatish va qayta tiklash xizmatlari.
Shu tariqa, shaxsning ijtimoiy mavqeini qayta tiklash, jamiyatda ijtimoiy
adaptatsiyani ta’minlash, moddiy erkinlikka erishish ijtimoiy ishning maqsadi
hisoblanadi. Bu maqsadga subyektning barcha faoliyatlari bo`ysunadi,
shunga mos ravishda mazmunan taxlam vujudga keladi,
boshqaruvchanlik tashkillashtiriladi, vosita tanlanadi, ish shakli va usullari
ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy ish: faoliyatning asosiy ko`rinishi. Ijtimoiy ish – ijtimoiy ta’minot –
muxtojlarga, hayotdagi muammolarini mustaqil hal eta olmaydigan,
ko`pgina holatlarda mustaqil yashay olmaydigan kishilarga ko`mak berish
prinsiplarini amalga oshirishga yo`naltirilgan faoliyatning asosiy ko`rinishi.
Ijtimoiy zaif kishilar guruhi – keksalar, nogironlar, ijtimoiy zaif oilalar, qiyin
hayotiy holatda turgan kishilar, shu o`rinda bolalar bilan ishlashning jahon
amaliyotida mavjud holat ijtimoiy ishchilar, ya’ni mutaxasisslar tomonidan
tashkillashtiriladi va amalga oshiriladi.
Ijtimoiy ish o`zining amaliy faoliyatida boshqariladigan ijtimoiy ta’minot
prinsplari asosida tashkil etiladi. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi
1948-yilda ijtimoiy ta’minotning asosiy prinsplarini qabul qildi – ular, har bir
jamiyat a’zosining ijtimoiy ta’minotga huquqliligi, shuningdek, ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy sohalarda shaxs rivojlanishi va yetilishining kerakli shart
sharoitlarini yaratish.
Ijtimoiy ish jamaot birlashmasi sifatida keng ma’noda jamiyatda ma’lum
tarixiy davr asosida amalga oshadigan, ijtimoiy, siyosiy va madaniy
rivojlanish o`ziga xosligi bilan ajralib turadigan ijtimoiy ko`makning o`ziga
xos modeli ko`rinishida namoyon bo`ladi. Qisqacha qilib aytganda ijtimoiy
ish odamlarga yordam beradigan, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy muammolarni
va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengib o`tishda ko`maklashishga yo`naltirilgan
ijtimoiy-zarur faoliyat turi hisoblanadi. “Ijtimoiy ish” – butun dunyoda qabul
qilingan tushuncha bo’lib, inson - inson odamiylik munosabatlarini aks
ettiradigan tushuncha, insonning jamiyatga muvoffaqqiyatsiz ko`nikma hosil
qilishini yengillashtirishga yo`naltirilgan faoliyat turi hisoblanadi.
Ijtimoiy ish filontropiya, muhtolarga yordam ko`rsatish va nafaqat kundalik
muammolarni hal qilish. Balki, qiyinchiliklarni yengib o`tish va o`z o`ziga
yordam ko`rsatish yangiliklarini rivojlantirish texnikasini ishlab chiquvchi
sohalardan farqlanadi. Uni kishilarning istalgan hayotiy hoaltladagi kelib


chiqqan muammolarni faol hal etishga o`rgatadigan faoliyat turi deb qarash
mumkin.
Uyushmagan yakkachiliklardan ko`ra, professional davlat va xususiy
korxonalar tomonidan ko`rsatiladigan yordam nisbatan samaraliroq
hisoblanadi. Ijtimoiy ish rivojlanishining boshlang`ich bosqichlaridan u bilan
filantropik uyushmalar shug`ullangan, ular asosan XIX-asrda yevropa
malakatlarida kelib chiqqan sanoatlashuv va urbanizatsiya (jamiyat rivojida
shaharlar rolning ortishi) oqibatida kelib chiqadigan ijtimoiy muammolarning
qo`zg`alishidan xavfsiragan.
Sanoat kapitalizmining rivojlanishi o`zining oritdan G`arb jamoat
tuzilmalarini keng ravishda o`zgrishga uchrashiga inson va jamiyat orasidagi
yangi munosabatlarni vujudga kelishiga olib keldi. G`arbda yangi intellectual
yo`nalishlar vakilari shakllandi ularning qarashlari, davlatning shaxs oldidagi
ma’suliyati va majburiyatlari haqidagi tushunchalarni shakllanishiga olib
keldi. Ijtimoiy muammolarning qayta qo`zg`olishi stabillik va tartibning izdan
chiqishiga olib keladigan xatar sifatida qaraladigan qashshoqlik
muammosining shakllanishiga olib keldi.
Va bu holat oqibatda, aholini turli qatlamlarini o`rganib chiqishning empirik
holatiga zaruriyat yaratdi va ijtimoiy reformlarning o`tkazilishini asosiga
aylandi, ijtimoiy reformatorlarning shakllanishi zamirida esa turli shakldagi
ijtimoiy ishchilarning tayyorlanishiga zarurat yaratildi. Yangi harakatlarning
intensiv rivojlanishi natijasida, maxsus xizmatlar rashkilotlari ijtimoiy ish
nisbatan samarali modeli ustida izlanish olib borilishiga zamin yaratdi, bu
ijtimoiy ish nafaqat tez yordam ko`rsatshga, balki profilaktik yoki
ogohlantiruvchi xarakterdagi yordam ko`rsatishni shakllanishiga ham olib
keldi
7
.
Ijtimoiy ishchilar keng ko`lamli muammolarga duch kelishadi. Bular
alkogolizm, xususiy mulk huquqlarining buzilishi, bolalar bilan yomon
munosabatda bo`lish, er-xotin orasidagi janjallar, pisixik va jismoniy
kasalliklar, darbadarlik, jamiyatdan ajrab qolish. Bularning barchasi maxsus
tayyorgarlikni talab etadi. Ushbu turdagi ishlar havaskorona yondashuvni
ko`tarmaydi, ya’ni ijtimoiy ishchilar nafaqat mos bilim va ko`nikmalarga ega
bo`lishi, balki professional etik normalar va prinsplarga amal qila olishni
shakllantirishni ham talab etadi.
Ijtimoiy ish kasb sifatida inson huquqlarini davlat, mutaxassis va tashkilot
tomonidan rioya qilinishi, bilimlar va o`z davlatining ijtimoiy qonunchiligini
ta’minlash, mijozlar qiziqishlari asosida va jamiyat rivojiga xizmat qilishi
kerak. Ijtimoiy ish turli shakllarda faoliyat ko`rsatadi, ular ko`paspektli,


mijozlarning va ularni o`rab turga atrof muhitni kompleks ta’sirlari asosida
faoliyat ko`rsatadi. Ijtimoiy ishning vazifasi odamlar o`z potensialini
ko`rsata olish qobilyatiga ega bo`lishlari, ijtimoiy munosabatlar
disfunkisiyasini keltirib chiqarmaslik maqsadida to`liq, nokemtik hayot shakli
yuritishi bilan bog`liq hisoblanadi. Professional ijtimoiy ishchilar xizmat
ko`rsatadigan jamiyatda umumiy va alohida individlar, oilalar va hamkorliklar
ichidagi o`zgarishlar agenti hisoblanadi. Ushbu kasb tizimli qiymat, nazariya
va amaliyotga bog`liq bo`lib, insonparvarlik va demokratik tamoyillar
aosisda shakllanganligi sababli, professional etik kodeks tenglik va
insonparvarlik tamoyillarini hurmat qilishga asoslanadi. Yevropa va Janubiy
Amerika mamlakatlarida bir necha yuz yilliklar ilgari paydo bo`lib,
professional ijtimoiy ish amaliyoti ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish va har bir
subyektning munosib hayot kechirishi uchun odamlar potensialini
rivojlantirishni qo`riqlash bilan yuritilgan. Ijtimoiy ishchi kishilar huquqini
himoya qilish va ijtimoiy odillik o`rnatish uchun faoiyat yuritadi. Aholini
ijtimoiy zaif va qisman himoyalangan qatlami bulan birlashib, ushbu kasb
qashshoqlikni kamaytirish va chiqarib tashlash, ijtimoiy qo`shimchalar
prinsiplariga rioya qiladigan, ularga qaram va ruhiy tushkunlikka tushgan
qatlamlarga qarshi kurash olib boradi.
Bularning barchasi va bundan tashqari kelgusi ijtimoiy ishchilarni oliy va
o`rta maxsus o`quv yurtlarida tayyorlashning uzluksiz jarayonida kerak
bo`ladigan ko`pgina boshqa narsalarni o`z ichiga oladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling