Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus ta'lim vazirligi Urganch davlat Pedogogika instituti


Download 15.19 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi15.19 Kb.
#1831698
1   2
Bog'liq
8.Glossariy

Innovatsion texnologiya – ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish,turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo’llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari.Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida o’qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik,o’zgartirishlar kiritish bo’lib,interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi.Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga,erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi.Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg’ulotga aylanadi.
Ma’lumki,hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo’lib,ularning aksariyati tajriba-sinovdan o’tib,yaxshi natija bergan.Keng qo’llaniladigan usullar – “Klaster”,“Aqliy hujum”,“Davom ettir”,“Taqdimot”,“Blits-so’rov”,“Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib,darsda samarali natijalarga erishish mumkin.Darsning o’tilgan mavzuni so’rash qismida “Sinkveyn”,“Teskari test”,“Aql charxi” metodlarini,yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”,“Pinbord”,“Zinama-zina”,“Bumerang” texnologiyalarini,mavzuni mustahkamlash qismida “Venn diagrammasi”,“Baliq skeleti”,“Nima uchun?”,“Qanday?”,“Konseptual jadval”,“Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”,“T-jadval”,“Rezyume”,“Kungaboqar”,“Charxpalak” metodlarini,uyga vazifa berishda “FSMU”,“Klaster”,“BBXB” metodlarini qo’llash dars samaradorligini ta’minlab,o’quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi.
Charxpalak”.Ushbu texnologiya o’quvchilarni o’tilgan mavzularni esga olish,mantiqan fikrlab,berilgan savollarga mustaqil ravishda to’g’ri javob berish va o’z-o’zini baholashga o’rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o’qituvchi tomonidan barcha o’quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan.Bu usulni qo’llashdan maqsad o’quvchilarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash,o’z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish,o’zlarini baholash,yakka va guruhlarda ishlash,boshqalar fikriga hurmat bilan qarash,ko’p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o’rgatishdir.Ushbu texnologiya ona tili va adabiyot darslarining boshlanishi va oxirida yoki biron-bir bo’lim tugallanganda o’tilgan mavzuning o’quvchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganlik darajasini baholash,takrorlash,mustahkamlash uchun mo’ljallangan.
Klaster metodi deganda - ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi,ta'lim jarayonining markazida bo'lgan ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.Ta'lim oluvchi o'qitish jarayoni davomida faol ishtirok etadi.Ushbu jarayonda ta'lim oluvchilar o'qib-o'rganishni yuqori darajada bo'lishini,egallagan bilimlarni maqsad va ehtiyojlariga muvofiqlashtirishda tashabbuskorligi va mas'uliyat,qo'llab-quvvatlash amalda bajarish orqali fikr-mulohazalar qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
O'qitish jarayonida klaster metodlardan foydalanish o'ziga hos hususiyatga ega.Ta'lim amaliyotida foydalanilayotgan klaster metodi talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to'g'ri yechimini topishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.Klaster metodi orqali talabalarning bilim,ko'nikma,malakalari,ijodkorligini va faolligi nazariy va amaliy mu'ammolarga bo'lgan qarashlari rivojlanadi.


Download 15.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling